Sydney Bernice Sweeney (1997-yil 12-sentabrda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa va model. Sweeney Netflixning Everything Sucks! (2018) serialidagi roli tufayli mashhurlikka erishdi. U 2019-yilda HBO telekanalining Euphoria dramatik serialida Cassie Howard rolini, 2021-yilda The White Lotus serialida Olivia Mossbacher rolini oʻynagan. Sweeney shuningdek Once Upon a Time in Hollywood (rejissyori Quentin Tarantino), Anyone but You, Madame Web kabi filmlarda ham rol oʻynagan.
Yoshligi Sydney Bernice Sweeney 1997-yil 12-sentabrda Vashington shtatining Spokan shahrida tugʻilgan, onasi advokat va otasi tibbiyot sohasida ishlaydi. U oilaning ikki farzandining birinchisi. Uning Trent ismli akasi bor. Sweeney Aydaho shtatning shimoli-gʻarbiy qismida Vashington chegarasidagi Panhandle mintaqasida, uning oilasi besh avloddan beri yashab kelayotgan koʻl boʻyidagi qishloq uyida oʻsgan.
Karyerasi Sweeney 90210, Criminal Minds, Grey’s anatomy, In the Vault va Pretty Little Liars kabi teleseriallarda kichik rollar ijro etgan. 2018-yilda Under the Silver Lake nomli triller filmda rol oʻynagan. Along Came the Devil dahshatli filmida esa qahramon rolini oʻynagan. Keyingi yili Sweeney Clementine, Big Time Adolescence va Quentin Tarantino rejissyorligidagi Once Upon a Time in Hollywood filmlarida rollar ijro etgan. 2019-yildan buyon esa Euphoria dramatik serialida Cassie Howard rolini oʻynab kelmoqda.
Shaxsiy hayoti Sweeney MMA jangchisi boʻlib, oʻrta maktabda kurash boʻyicha musobaqalarda qatnashgan.
Sweeney oʻzining har bir qahramoni uchun alohida kitoblar yaratishini aytdi, ular „interfaol kundaliklar/xronologiyalar/xotira kitoblari/qahramon tugʻilganidan boshlab ssenariyning birinchi sahifasigacha boʻlgan butun dunyoning rasmlari“ edi.
2020-yil dekabr oyida The Spokesman-Review nashri Sweeney oʻzining ona shahri Spokan shahridagi turli restoranlarga 12 ming dollar xayriya qilgani, bu mablagʻlarni uysizlar boshpanalarida ovqatlanish uchun ishlatganligi haqida xabar berdi.
Sweeney 2022-yil fevraldan oʻzining uzoq yillik sevgilisi, Chikagodagi restoranchi Jonatan Davino bilan unashtirilgan.
Filmografiyasi
Film Yil Nom Rol Izoh 2009 ZMD: Zombies of Mass Destruction Lisa 2010 The Opium Eater Sarah Detzer Takeo Samantha Wright qisqa metrajli film Night Blind Lost Girl qisqa metrajli film The Ward Yosh Alice 2013 Spiders 3D Emily 2014 Angels in Stardust Annie 2015 Held Lily Woods qisqa metrajli film Love Made Visible Leah qisqa metrajli film The Martial Arts Kid Julia The Unborn Kichkina Janey Hutchins qisqa metrajli film Stolen From Suburbia Emma 2016 Cassidy Way Kelsey Connors The Horde Hailey Summers 2017 Vikes Ida Dead Ant Sam It Happened Again Last Night Yosh Paige qisqa metrajli film 2018 Relentless Ally The Wrong Daughter Samantha Under the Silver Lake Shooting Star Along Came the Devil Ashley 2019 Big Time Adolescence Holly Clementine Lana Once Upon a Time in Hollywood Dianne „Snake“ Lake 2020 Nocturne Juliet Lowe 2021 The Voyeurs Pippa Night Teeth Eva 2023 Reality Reality Winner Americana Penny Jo Poplin Anyone but You Bea 2024 Madame Web Julia Cornwall / Spider-Woman Immaculate Cecilia – Echo Valley Claire Eden –
Televideniye Yil Nom Rol Izoh 2009 Heroes Qiz Epizod: „Chapter Four 'Hysterical Blindness'“ Criminal Minds Dani Forester Epizod: „Outfoxed“ 2010 Chase Kayla Edwards Epizod: „Pilot“ 90210 Qiz Epizod: „How Much Is That Liam in the Window“ 2011 Kickin' It Kelsey Vargas Epizod: „Swords and Magic“ The Bling Ring Izzy Fishman TV film 2014 Grey's Anatomy Erin Weaver Epizod: „Donʼt Letʼs Start“ 2017 Monster School Animation Madeline Rayon Epizod: "Welcome to Monster School " The Middle Talaba Epizod: „The Final Final“ Pretty Little Liars Willa Epizod: „Till Death Do Us Part“ In the Vault Haley Caren 7 epizod 2018 Everything Sucks! Emaline Addario 10 epizod The Handmaid's Tale Eden Spencer 7 epizod Sharp Objects Alice Epizodlar: „Dirt“, „Fix“ Manic Missy 'Paper Girl' TV film The Wrong Daughter Samantha TV film 2019–2022 Euphoria Cassie Howard Bosh rol 2021 The White Lotus Olivia Mossbacher Bosh rolRobot Chicken Barbie, Riley Andersen, Cinema Girl (ovoz bergan)Epizodlar: „May Cause a Whole Lotta Scabs“; „May Cause Immaculate Conception“
Veb-seriallar Yil Sarlavha Rol Izohlar 2020 Day by Day Winnie Chapman (ovoz bergan) Epizod: "Winnie, Betty and… " 2021 Dawnfalls High Scarlett
Klip + Yil Sarlavha Rassom 2019 „Graveyard“ Halsey
Manbalar
Havolalar
Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar