Ulugʻbek Abdumajitovich Alimov (1989-yil 6-aprelda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik ogʻir atletikachisi, jahon chempionati sovrindori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi.

Tarjimai hol 1989-yil 6-aprelda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tugʻilgan. Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida bolaligidan jiddiy  shugʻullana boshlagan. Respublika chempionati gʻolibi va sovrindori boʻlish bilan birga, xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi boʻlgan. 2008-yilda Janubiy Koreyada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida uchinchi, 2009-yil Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida ikkinchi, 2013-yilda jahon chempionatida uchinchi, 2014-yilgi Osiyo chempionatida uchinchi oʻrindan joy egallaydi.

Mukofotlar

2001-yilda Toshkent viloyati chempionatida 38 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 1-oʻrinni egalladi 2002-yilda Toshkent viloyati ochiq chempionatida 42 kg gacha boʻlgan  1-oʻrinni qoʻlga kiritdi 2003-yilda Toshkent viloyati chempionatida  42 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻrinni oldi 2005-yilda 1989-1990-yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida ogʻir atletika boʻyicha 51 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻrin sohibi boʻldi 2007-yilda Universiadaning mintaqaviy finalida 69 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻringa munosib deb topildi 2008-yilda Oʻzbekiston kubogi boʻyicha  77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 3-oʻrin nasib qildi 2008-yilda Oʻzbekiston ochiq chempionatida 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 3-oʻringa loyiq deb topildi 2008-yilda Oʻzbekiston chempionati 1988-yilda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida 77 kg.gacha boʻlgan vazn toifasida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi 2009-yilda Osiyo chempionati BAA Dubayda 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻrin oldi 2011-yilda Oʻzbekiston ochiq chempionatida 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻrin nasib qildi 2012-yilda Oʻzbekiston chempionatida 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi 2012-yilda Moʻgʻuliston Ulan-Batordagi   Osiyo kubogi va klublararo ogʻir atletika chempionatida 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻringa loyiq boʻldi. 2012-yilda Koreya Peongtayekdagi    Osiyo chempionatida 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 1-oʻringa egalik qildi 2013-yilda  MHSQ ochiq chempionatida 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 1-oʻringa sazovor boʻldi 2013-yilda Oʻzbekiston chempionatida  77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 1-oʻrinni egalladi 2013-yilda Vrotslavdagi (Polsha) Ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi 2013-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi unvoniga sazovor boʻlgan 2014-yilda Oʻzbekiston kubogi boʻyicha 94 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 1-oʻrinni oldi 2014-yilda Ostonadagi (Qozogʻiston) jahon chempionatida 85 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻringa munosib koʻrildi 2017-yilda Ashxoboddagi (Turkmaniston)  yopiq maydonlardagi Osiyo oʻyinlarida 85 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi 2017-yilda Bakudagi (Ozarbayjon) Osiyo birdamlik oʻyinlarida 85 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻrin berildi

Havolalar

Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi veb-saytidagi profil Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi saytidagi profil Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:6-aprelda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchilar Turkum:Oʻzbekiston ogʻir atletikachilari