Farhod Abdualiyevich Magometov (1962-yil 11-yanvar) – oʻzbek futbolchisi, himoyachi. 1992—1996-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida toʻp surgan, 1994-yilgi Osiyo oʻyinlari chempioni. 2008-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Hayoti Mehnat faoliyatini 1970-yillarda Namanganning Tekstilshik jamoasida boshlagan. Keyinchalik Jizzaxning Boʻston, Gulistonning Paxtachi, Toshkentning Paxtakor klublari safida toʻp surgan. 1981—1984-yillarda Samarqandning Dinamo jamoasida 100ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan. 1985—1986-yillarda yana Paxtakor safida oʻynab, 75 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 1987—1988-yillarda Qiziloʻrdaning „Meliorator“ jamoasida oʻynagan. Keyinchalik Jizzaxning „Yoshlik“ (keyinchalik "Soʻgʻdiyona"), yana Toshkentning "Paxtakor" jamoasi tarkibida oʻynagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, "Paxtakor" safida, 1994—1996-yillarda esa Namanganning "Navbahor" klubida faoliyatini davom ettirgan va shu klubda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Oʻzbekiston terma jamoasi safida 20 ta oʻyin oʻtkazgan. 1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan.

2008-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori lavozimida ishlagan.

Yutuqlari Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994 Oʻzbekiston chempioni (2 karra): 1992, 1996 Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori:1993 Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (2 karra): 1994, 1995 Oʻzbekiston kubogi gʻolibi (2 karra): 1993, 1995

Davlat mukofotlari „Shuhrat“ medali sohibi.

Manbalar

Havolalar

Farhod Magometov Transfermarkt saytida

Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari

Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:FC Kaisar jamoasi futbolchilari Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Osiyo Kubogi 1996 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1994 futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar