Asqar Jadigerov (; 1980-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Asqar professional futbolchilik faoliyatini 2001-yilgi mavsum Samarqandning „Dinamo“ klubida boshlagan. Samarqand klubi bir yarim mavsum davomida oʻynagan. 2002-yil yoz oyida „Andijon“ jamoasi tarkibiga oʻtgan.
2004-yilgi mavsumda Qozogʻistonning „Yassi Sayram“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2005-yilgi mavsumda Chimkentning „Ordabasi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va ikki mavsum davomida oʻynagan. 2007-yilgi mavsumda Oʻzbekistonga qaytgan va Andijon jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2008-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida „Andijon“ jamoasini tark etgan. Qozogʻistonning „Ayjarik“, keyinchalik esa Belarusning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 2009-yilgi mavsumda „Andijon“ klubiga qaytgan va mavsum soʻngiga qadar oʻynagan.
Asqar 2010-yilgi mavsum avvalida Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2010-yilgi Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etgan.
2010-yil iyul oyida Xitoyning „Nanchan Hengyuan“ jamoasi bilan shartnoma imzolaganHolmatov moves to Iran, Jadigerov to China . Jadigerov Xitoy Superligasida debyut oʻyinini 14-iyul kuni „Lyaoning Vuin“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan南昌外援首秀平淡无奇 乌兹别克国脚疑为水货 . Jamoadagi dastlabki golini 8-avgustda urgan新外援联袂建功 南昌客场爆冷3-1胜申花 . 2011-yilgi mavsumda Oʻzbekistonga qaytgan va Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi tarkibida oʻynagan.
2012-yilgi mavsum ikkinchi yarmini Samarqandning „Dinamo“ jamoasida oʻtkazgan. 2013-yilning fevral oyida „Andijon“ bilan shartnoma imzolagan. 2015-yilgi mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlagan. 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasida Toshkentning „Nurafshon“ jamoasi tarkibida edi.
2019-yilgi mavsumda avvalida ikkinchi bor futbolchilik faoliyatini yakunlagan va Oʻzbekiston futbol federatsiyasi Toshkent shahar boʻlimiga vitse-prezident etib tayinlangan.
Manbalar
Havolalar Asqar Jadigerov Soccerway saytida Asqar Jadigerov Footballfactsru saytida Asqar Jadigerov Footballdatabase saytida Asqar Jadigerov Transfermarkt saytida
Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Ordabasi klubi futbolchilari Turkum:Shanghai Shenxin F.C. futbolchilari Turkum:Buriram United F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:Tailand 1 ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tailanddagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar