Yuriy Vyacheslavovich Sheykin (1963-yil 10-aprel, SSSR — 2011-yil 5-yanvar, Buyuk Novgorod, Rossiya) — sovet va oʻzbek futbolchisi, darvozabon. Biografiyasi Faoliyatini 1983-yilda „Narimanovets“ klubida boshlagan.

Faoliyatining asosiy qismini Toshkentning "Traktor"ida oʻtkazgan. „MHSK“, „Mash’al“, „Zarafshon“ klublarida toʻp surgan.

1994-yilda Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgach Oʻzbekiston terma jamoasiga taklif qilingan. Shaykinning eng yaxshi yutugʻi turnirning yarim finalida, Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda boʻlgan. Raqibning haddan tashqari ustunligiga qaramay, Yuriy oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va Azamat Abduraimovning yagona goli Oʻzbekiston terma jamoasini finalga olib chiqqan.

Koreyaliklar bosh murabbiyi Anatoliy Bishovets ushbu oʻyin haqida quyidagi fikrlarini bildirib oʻtgan:

„Uchrashuvning rasmiy malumotlarini keltiraman: darvozaga 27 ta zarba berdik, ular — 3 ta, biz 20 ta burchak toʻpini amalga oshirdik, ular esa 2 ta. 6-7 ta toʻgʻri vaziyatlardan foydalana olmadik. Darvozabon Sheykin moʻjizalar yaratdi. Hatto himoyachilar ham fidokorona oʻynashdi. Abduraimov 30-35 metrlardan darvozamizga gol urdi. Toʻp yerga tegib, darvozabon qoʻli ostida toʻrga uchib tushdi“Анатолий Бышовец. "Два шока за два дня" // Футбол : еженедельник. — 1994. — № 44..

Final uchrashuvida Oʻzbekiston terma jamoasi Xitoy terma jamoasini 4:2 hisobida magʻlub etib, Osiyo oʻyinlari chempioniga aylangan.

Mavsum yakunida Yuriy Sheykin „Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi“ soʻrovnomasida uchinchi boʻlgan.

2000-yilda Yuriy Sheykin futbolchilik faoliyatini yakunlaydi va doimiy yashash uchun Rossiyaga joʻnab ketadi.

Yuriy Sheykin 2011-yil 5-yanvarda Velikiy Novgorod shahrida vafot etganUshyol iz jizni Yuriy Sheykin.

Yutuqlari Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil

Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 1996-yil Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi soʻrovnomasida uchinchi oʻrin: 1994-yil

Davlat mukofotlari „Shuhrat“ medali sohibi.

Manbalar

Havolalar Statistika futbolistov sbornoy Uzbekistana

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Konchi Angren klubi futbolchilari Turkum:Narimanovets klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari