Nodirbek Yoqubboev (2002-yil 23-yanvar, Toshkent) — oʻzbekistonlik shaxmatchisi, grossmeyster (2019-yil). Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolibi (2016, 2018, 2020). Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi chempioni. Oʻzbekiston iftixori medali sohibi.

Tarjimai hol 2016-yilda Nodirbek Yoqubboyev 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi va ilk marta shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempioni boʻldich-UZB 2016. 2017-yilda Osiyo chempionatida 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha  gʻolib chiqdiAsian Youth Chess Championship 2017-U16O. 2018-yilda Nodirbek Yoqubboyev  Oʻzbekiston chempionatida   ikkinchi marta shaxmat boʻyicha gʻolib boʻldiUzbekistan Men Championship (Final) 2018, 2020-yilda esa bu muvaffaqiyatni uchinchi marta takrorladiMen Championship (Final) 2020. 2021-yilda Nodirbek Yoqubboyev Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun FIDE hududi turnirida ikkinchi oʻrinni tutdi va shaxmat boʻyicha FIDE Jahon kubogida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdiNodirbek Abdusattorov wins Zone 3.4 Open Championship. 2021-yilda Sochidagi Jahon chempionatida u ikkinchi bosqichga chiqdi va u chexiyalik grossmeyster David Navaraga 0,5:1,5 hisobida yutqazdi.

2018-yilda shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasini himoya qilgan43rd Olympiad Batumi 2018 Open.

2021-yil noyabr oyida Rigada Nodirbek Yoqubboyev „FIDEning katta Shveysariyasi“ turnirida 54-oʻrinni egalladi2021 FIDE Chess.com Grand Swiss.

Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE tomonidan Nodirbek Yoqubboyevga 2017- yilda xalqaro usta (IM) va 2019-yilda xalqaro grossmeyster (GM) unvonlari taqdim etildi.

Nodirbek Yoqubboev Qatar Masters 2023 turnirida 21 yoshli oʻzbekistonlik GM Nodirbek Abdusattorovni blits pley-offda 2:0 hisobida magʻlub etib turnir gʻolibiga aylandi..

Mukofotlari Oʻzbekiston iftixori (2022-yil) Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi (2026-yil 28-sentyabr) — Mamlakatimizda, qadimiy Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, o‘zining yuksak professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini yaqqol namoyon etgani, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuchli shaxmatchi va grossmeysterlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, shuningdek, respublikamizda sportni keng ommalashtirishda shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari uchun.

Manbalar

Havolalar Vistupleniya Nodirbeka Yakubboeva na Vsemirnix yunosheskix olimpiadax Vistupleniya Nodirbeka Yakubboeva na chempionatax mira sredi yuniorov Vistupleniya Nodirbeka Yakubboeva v lichnix chempionatax Azii

Turkum:Oʻzbekiston shaxmatchilari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:23-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar