Markaziy harbiy sport klubi, qisqacha MHSK – Toshkentda joylashgan, Oʻzbekiston sobiq futbol klubi.

Tarix

Jamoa nomlari tarixi 1991—1992 – Umid 1992 – Paxtakor-79 1993 – Binokor-Paxtakor-79 1993—2000 – MHSK Baʼzi manbalarda klub 1945-yilda tashkil topib, Sovet davrida SKA nomi bilan tanilgan „Sverdlovets“ klubining vorisi boʻlgan, degan maʼlumotlarni uchratish mumkin. MHSK 1979-yilda aviahalokatda fojiali ravishda halok boʻlgan „Paxtakor“ jamoasi xotirasiga bagʻishlanib „Paxtakor-79“ nomi bilan 1992-yilda rasman tashkil etilgan.

Ayrim maʼlumotlarga koʻra, MHSK avval Oʻzbekiston Mudofaa vazirligiga, keyinchalik esa Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi tasarrufida boʻlgan.

1993-yil boshida klub nomi „Binokor-Paxtakor-79“ deb oʻzgartiriladi. Keyinchalik esa MHSK nomini oladi. MHSK – Markaziy Armiya Sport Klubi (rus: CSKA) qisqartmasining oʻzbekcha muqobili hisoblanadi.

1992-yildan 1998-yilgacha MHSK Oʻzbekiston oliy ligasining yettita qur’asida ishtirok etgan va dastlabki 8 mavsumni Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻtkazgan 1993 yilda u oʻz nomini „MHSK“ Toshkent deb oʻzgartirdi. Bu vaqt ichida klub 1997-yilda mamlakat chempionatida gʻolib chiqishga muvaffaq boʻldi,http://rsssf.com/tableso/oezalltime.html 1995 yilda milliy chempionatning kumush medali, 1996-yilda bronza medali sovrindori boʻldi. Bundan tashqari, 1995-yilda klub mamlakat kubogi finaliga qadar yetib borgan. Bu davrda klubning bosh homiysi Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi boʻlganhttp://rsssf.com/tableso/oezalltime.html.

1998-yilgi mavsumda Oʻzbekiston chempionatida oxirgidan oldingi 15-oʻrinni egalladi va Birinchi ligaga tushib ketdi. 1999-2000 yilgi mavsumda MHSK Birinchi ligada oʻynadi. 2001-yil Birinchi liga boshlanishi arafasida klub musobaqadan chiqdihttp://rsssf.com/tableso/oez98.html.

2001-yilda jamoa tarqatib yuborildi, ammo 2002-yilda tarqatib yuborilgan klub negizida yangi „SKA-Sibal Toshkent“ futbol klubi tashkil etildi.

Stadioni Klub uy uchrashuvlarini Toshkentdagi 16500 tomoshabinga moʻljallangan MHSK stadionida oʻtkazgan. MHSK stadioni 2009-yilda buzib tashlanib, oʻrniga „Bunyodkor“ stadioni qurilgan.

Yutuqlari Oʻzbekiston chempionati Chempion: 1997. Kumush medal sohibi: 1995. Bronza sohibi: 1996.

Oʻzbekiston kubogi Final ishtirokchisi: 1995.

Oʻyin natijalari MavsumLigaOʻzbekiston KubogiEng yaxshi toʻpurarMurabbiyLigaOʻrinOʻGʻDMUGOʻG+/-OIsmLiga19921113297163858−20251/16 final Nizomiddin Nasriddinov6 Boris Lavrov Vyacheslav Solovyov199383099123850−12271/8 final Nizomiddin Nasriddinov7 Vyacheslav Solovyov Birodar Abduraimov199443016775728 +29391/16 final Nizomiddin Nasriddinov15 Bahrom Hakimov199523023526719 +4874Final Oybek Usmonxo‘jayev22 Bahrom Hakimov Aleksandr Ivankov199633018848041 +3962Yarim final Muxtor Qurbonov Oybek Usmonxo‘jayev15 Grigoriy Seytlin Rustam Mirsodiqov199713025232897−69111/4 final Noʻmon Hasanov27 Rustam Mirsodiqov, Pavlovskiy19981534293210942 +67901/16 final Eduard Sattorov Arslon Tolipov4 Rustam Mirsodiqov, Pavlovskiy19992st1334123194967 −18391/16 final Vitaliy Ni Vitaliy Suyunov20001238166166765 +254Dastlabki bosqich Vitaliy Suyunov

Bosh murabbiylar Mavsum Bosh murabbiy 1992 Boris Lavrov 1992—1993 Vyacheslav Solovyov 1993 Birodar Abduraimov 1994—1995 Bahrom Hakimov 1995 Aleksandr Ivankov 1996 Grigoriy Tseytlin 1996—1998 Rustam Mirsodiqov 1999—2000 Vitaliy Ni, Vitaliy Suyunov

Manbalar

Havolalar Jamoa profili footballfacts.ru Jamoa Profili wildstat.ru MHSK oʻyinlari va natijalari Jahon futbol arxivi

Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Toshkent futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi chempionlari Turkum:1992-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:1992-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Oʻzbekistonda faoliyati tugatilgan futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari