Filippin milliy futbol jamoasi (Filippin/Tagalog talaffuzi: Pambansang koponan ng futbol ng Pilipinas) – Filippin sharafini xalqaro futbolda himoya qiladi. Filippin futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi va 1913-yildan beri xalqaro oʻyinlarda ishtirok etib kelmoqda.

Ikkinchi Jahon urushidan oldin Filippin Uzoq Sharq chempionati oʻyinlarida Yaponiya va Xitoy Respublikasi bilan muntazam ravishda raqobatlashardi. Hozircha terma jamoa hech qachon FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan va faqat bir marta, yaʼni 2019-yilda OFK Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Ular 2014-yilgi OFK Chaqiruv kubogida finalda Falastinga magʻlub boʻlgach, ikkinchi oʻrinni egallagan.

Futbol eng ommabop sport turi boʻlgan Janubi-Sharqiy Osiyoning aksariyat qismidan farqli oʻlaroq, Filippindagi eng mashhur sport turlari basketbol va boks boʻlib, bu amerikancha hayotning taʼsiri hisoblanadi.

Tarixi

1910—1940-yillar: Dastlabki yillar thumbnail|275px|left|Milliy terma jamoa 1930-yil Uzoq Sharq chempionati o'yinlari. Filippin terma jamoasi ilk bor Uzoq Sharq chempionati oʻyinlarining futbol musobaqalarida ishtirok etgan. Birinchi ishtirok 1913-yilda, oxirgisi esa 1934-yilda boʻlib oʻtgan. Milliy terma jamoa oʻyinlarda muntazam ravishda Yaponiya, Xitoy va bir marta Gollandiya Sharqiy Hindistoni bilan toʻqnash keldi. Filippin birinchi turnirda Xitoy ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Paulino Alcantara boshchiligidagi Filippin Yaponiyani 15-2 hisobida magʻlub etdi.

1950—1990-yillar: Futbolning pasayishi 1950-yillarda Filippin bir nechta jamoalar bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazdi, ammo milliy terma jamoa mablagʻ yetishmasligiga duch keldi va ommaviy axborot vositalarda deyarli yoritilmadi. Oʻsha paytda milliy terma jamoaga isteʼdodlar Xitoy-Filipin hamjamiyatidan yordam olgan Manila Futbol Ligasidan jalb qilingan. Milliy terma jamoaning 1958-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida munosib oʻyin koʻrsatishi va u yerda Yaponiyani 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgani yapon matbuoti tomonidan keng yoritildi.

1958-yildan keyin Filippin futbolida pasayish kuzatildi, bir qancha asosiy futbolchilar moliyaviy qiyinchiliklar tufayli terma jamoadan isteʼfoga chiqdi. Milliy terma jamoa futbolchilari Ed Ocampo va Eduardo Pacheko basketbolga oʻtishdi. Filippin Kongressi 3135-sonli Respublika qonunini qabul qildi, unda Filippin Havaskorlar Atletika Federatsiyasi nizomi qayta koʻrib chiqildi. Unda jamoalarda 40 foizdan ortiq xitoylik va chet ellik qoni boʻlgan boshqa oʻyinchilardan iborat boʻlmasligini belgilovchi 60-40 qoidasi mavjud edi.

1962-yili Jakartada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida terma jamoa yirik hisobda magʻlubiyatlarga uchradi. Malayziyadan 15:1 hisobidagi magʻlubiyat oʻsha paytdagi terma jamoaning eng yomon natijasi boʻlgan. Keyinchalik bu rekord 1967-yilda 1968-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari saralashida yangilandi (Yaponiyaga 15:0 hisobida magʻlub boʻlgan).

2000-yillar 2006-yil sentabr oyida mamlakat FIFA Jahon reytingida 195-oʻringa tushib ketdi, bu tarixdagi eng past koʻrsatkichdir. Yil oxiriga kelib, Filippin 2007-yilgi ASEAN futbol chempionati saralash bosqichida yaxshi natija koʻrsatib, umumiy 171-oʻringa koʻtarildi. Ular ketma-ket uchta oʻyinda gʻalaba qozonishdi.

2010-yillar 250px|thumb|Milliy terma jamoa (koʻk libosda) Pxenyandagi Kim Il-Sung Stadiumda Shimoliy Koreyaga (qizil libosda) qarshi oʻyin. 2015-yilning 8-oktabr kuni boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha JCh-2018 saralash oʻyini golsiz durang bilan yakunlandi. thumbnail|250px|alt=Parading Philippine national team players celebrating their win and thanking fans in attendance|Milliy terma jamoa futbolchilari 27-mart kuni Tojikiston ustidan 2:1 hisobidagi gʻalabadan soʻng, 2018 Filippin 2010-yilgi AFF chempionatiga Simon McMenemy boshqaruvida ishtirok etdi va yaxshi natijaga erishdi. Musobaqaga yoʻllanmani qoʻlga kiritishi kerak boʻlgan Laos bilan birga ikki jamoadan biri sifatida asosiy yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Filippin birinchi marta guruh bosqichidan chiqdi, birorta ham magʻlubiyatga uchramadi va amaldagi chempion Vyetnamga qarshi oʻyinda gʻalabaga erishdi. Keyinchalik ushbu oʻyin mahalliy filippinlik muxlislar tomonidan „Xanoy moʻjizasi“ deb atalgan. Pley-off bosqichida ular AFF standartlariga javob beradigan stadion yoʻqligi sababli Jakartada Indoneziyaga qarshi oʻzlarining belgilangan uy va safar oʻyinlarini oʻtkazishlariga toʻgʻri keldi. Filippin ikkala oʻyinda ham magʻlub boʻldi.

2020-yillar Osiyo Kubogidagi nisbatan muvaffaqiyatli debyutidan soʻng, Filippin 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashida oʻz ishtirokini boshladi. Guruh bosqichida Suriya, Xitoy, Guam va Maldiv orollari terma jamoalari bilan oʻyinlar oʻtkazdi. Dastlabki oʻyinda Azkalllar oʻz uyida Suriya bilan toʻqnash keldi va 5:2 hisobida magʻlub boʻldi.

Jamoa imiji

Muxlislar 175px|thumbnail|Milliy terma jamoa muxlislari Germaniyada SV Darmshtadt 98ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida. 2011-yil 24-iyun Baʼzi muxlislar milliy terma jamoani qoʻllab-quvvatlash uchun oʻzlarini fan klublar tashkil qilishdi, ulardan biri 2011-yilda tashkil etilgan Ultras Filipinas.

Ranglar Jamoa formasini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Kompaniya Sana Puma1996 Adidas1996 Mizuno2008-2012 LGR2012 Puma2012-2015 LGR2015-2021 Kelme2021-hozir Anʼanaviy uy libosi Fransiya terma jamoasiga oʻxshaydi; koʻk trikotaj, oq kalta va qizil paypoq. Biroq, soʻnggi paytlarda uy va mehmon liboslari butunlay koʻk, toʻliq qizil yoki oq rangdan foydalanmoqda. Milliy terma jamoaning hozirgi liboslarini yetkazib beruvchi mahalliy firma LGR Sportswear hisoblanadi. Germaniyaning Adidas va Puma kompaniyalari, shuningdek, Yaponiyaning Mizuno kompaniyasi oʻtmishda jamoa uchun liboslar taqdim etgan.

Puma 1996-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida milliy terma jamoaning rasmiy homiysi boʻlgan. Oʻsha yilning oxirida Adidas bu rolni oʻz zimmasiga oldi va 1996-yilgi Tiger Cup musobaqasida qatnashgan jamoani toʻplam bilan taʼminladi.

2008-yil mart oyidan boshlab uch yil davomida Mizuno jamoaning rasmiy liboslarini yetkazib beruvchisi boʻlib xizmat qildi. Shuningdek, u milliy federatsiyaga asosiy rivojlanish dasturida yordam berdi. 2012-yilning 4-iyunida Puma oʻrniga milliy terma jamoa homiyligini Mizuno boʻldi.

Uy stadioni Filippin terma jamoasining dastlabki yillarida ular uy uchrashuvlarini Manila karnaval maydonlarida oʻtkazishgan. 1934-yilga kelib stadion Rizal memorial sport majmuasiga aylandi. Majmua ichida Rizal Memorial Track yoki Rizal Memorial Stadium deb nomlanuvchi 12 000 sigʻimli milliy stadion barpo etildi. Ochilganidan beri u 2015-yil may oyigacha Filippin terma jamoasining uy stadioni boʻlib kelgan, keyinchalik 25 000 oʻrinli Bulakandagi stadion terma jamoaning uyi stadioni boʻlgan.

Milliy jamoa, shuningdek, Sebu Siti shahridagi Sebu Siti Sport markazida va Iloilo shtatidagi Barotac Nuevo Plaza maydonida rasmiy xalqaro oʻyinlar oʻtkazdi.

Filippin milliy futbol jamoasining uy stadionlariTasvirStadionSigʻimJoylashuvOxirgi oʻyin150pxPhilippine Sports Stadium20,000Santa Maria, Bulacanv  (Noyabr 25, 2016; 2016-yil AFF chempionati)150pxRizal Memorial Stadium12,873Manilav  (Mart 27, 2018; AFC Osiyo Kubogi-2019 saralash)150pxPanaad Stadium9,825Bacolodv  (Oktabr 15, 2019; FIFA Jahon chempionati saralash)150pxCebu City Sports CenterCebu Cityv  (Aprel 27, 2014; Oʻrtoqlik uchrashuvi)150pxQuirino Stadium5,000Bantay, Ilocos Surv   Perth Glory FC(Iyun 26, 2016; Oʻrtoqlik uchrashuvi)

Natijalar

Oxirgi 12 oydagi oʻyinlar va kelajakda rejalashtirilgan oʻyinlar

2021

2022

Xodimlar

Hozirgi texnik xodimlar Pozitsiya Ismi-sharif Bosh murabbiy Thomas Dooley Yordamchi murabbiy Nate Burkey Darvozabonlar murabbiyi Scott Bevan Fizioterapevt Joselle Dumlao Massajchi Kevin Versoza Massajchi Manny Ferrer

Menejment Pozitsiya Ism-sharif Delegatsiya rahbari Dan Palami Jamoa menejeri Ernest Nierras Maʼmuriy menejer Anna Katrina Liscano Xavfsizlik xodimi Josef Malinay OAV xodimi Cedelf Tupas Ommaviy axborot vositalari boʻyicha mutaxassis yordamchisi Noel Mikhail Gerard De Guzman Uskunalar menejeri Chester Peliño

Murabbiylik tarixi 175px|thumb|alt=Dionisio Calvo|Dionisio Calvo, jamoaning dastlabki murabbiylaridan biri Terma jamoaning ilk bosh murabbiyi Dionisio Calvo boʻlgan. Milliy terma jamoani amerikalik, argentinalik, ingliz, nemis, shotland, ispan va shved millatiga mansub xorijlik murabbiylar boshqargan. Juan Cutillas jamoani toʻrtta ketma-ket (1969—1978, 1981—1984, 1996—2000 va 2008—2009) yillarda boshqargan. Caretaker managers are listed in italics.

Dionisio Calvo (1930—1954) Luis Javellana (1956) Ramon Echevarria Sr. (1958) Fernando Giménez Álvarez (1962) Alan Rogers (1962—1963) Danny McLennan (1963) Emilio Pacheco (1967) Juan Cutillas (1967—1972) Florentino Broce (1973—1974) Juan Cutillas (1975—1978) Bernhard Zgoll (1980) Juan Cutillas (1981—1984) Alberto Honasan (1987) Carlos Cavagnaro (1989) Eckhard Krautzun (1991—1992) Mariano Araneta (1993) Rodolfo Alicante (1993) Noel Casilao (1993—1996) Juan Cutillas (1996—2000) Rodolfo Alicante (2000) Masataka Imai (2001) Sugao Kambe (2002—2003) Aris Caslib (2004—2007) Norman Fegidero (2008) Juan Cutillas (2008—2009) Aris Caslib (2009) Des Bulpin (2009—2010) Simon McMenemy (2010) Michael Weiß (2011—2014) Thomas Dooley (2014—2018) Marlon Maro (2017) Terry Butcher (2018) Scott Cooper (2018) Anto Gonzales (2018) Sven-Göran Eriksson (2018—2019) Scott Cooper (2019) Goran Milojević (2019)https://www.dugout.ph/vets-youngster-to-flag-azkals Scott Cooper (2019—2021) Stewart Hall (2021—2022) Thomas Dooley (2022-present)

Oʻyinchilar

Oʻyinchilar rekordlari

Eng koʻp ishtirok thumb|200px|right|Phil Younghusband Filippinning eng yaxshi toʻpurari va eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchisi.

DarajaIsm-sharifIshtirokGollarKaryera1Phil Younghusband108522006-20192James Younghusband98122006-20193Patrick Reichelt75122012-hozir4Chieffy Caligdong71162004-20135Neil Etheridge7002008-hozir6Rob Gier6832009-20157Misagh Bahadoran6082011-20188Manny Ott5742010-hozir9Daisuke Sato5432014-hozir10Stephan Schröck5362011-hozir

Eng yaxshi toʻpurarlar DarajaIsm-sharifGollarIshtirokNisbatKaryera1Phil Younghusband521082006-20192Chieffy Caligdong16712004-20133Ángel Guirado13462011-hozir4Patrick Reichelt12752012-hozirJames Younghusband12982006-20196Ian Araneta9492002-20137Mark Hartmann8332011-hozirMisagh Bahadoran8602011-20189Javier Patiño7192013-2019Chris Greatwich7502004-2014

Musobaqalarda ishtirok FIFA Jahon chempionati Filippin hech qachon futbol boʻyicha jahon chempionatiga chiqmagan. Milliy terma jamoa ilk bor 1950-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan, biroq birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan chiqib ketgan.

FIFA Jahon chempionatiYilFIFA Jahon chempionatisaralashBosqichPldGʻDMGFGARoundPldGʻDMGFGA 1930 dan 1938 Ishtirok etmadi Ishtirok etmadi 1950 Chiqib ketdi Chiqib ketdi 1954 to 1962 Ishtirok etmadi Ishtirok etmadi 1966 Kirish qabul qilinmadi Kirish qabul qilinmadi 1970 Ishtirok etmadi Ishtirok etmadi 1974 Chiqib ketdi Chiqib ketdi 1978 dan 1994 Ishtirok etmadi Ishtirok etmadi 1998 Saralashdan oʻta olmadi Round 1 3 0 0 3 0 10 2002 Round 1 6 0 1 5 2 29 2006 va 2010 Ishtirok etmadi Ishtirok etmadi 2014 Saralashdan oʻta olmadi Round 2 4 1 1 2 6 6 2018Round 2 8 3 1 4 8 12 2022Round 2 8 3 2 3 12 11 2026 Saralashdan oʻta olmadi Saralashdan oʻta olmadiJami0/22------ 29 7 5 17 28 68

Manbalar

Havolalar Philippine Football Federation Philippines at FIFA.com Philippines – World football elo ratings at ELOratings.net Turkum:Filippin Turkum:Milliy futbol terma jamoalari Turkum:Osiyo milliy futbol terma jamoalari