"Neizvestnaya" — (baʼzan: Незнакомка) rus rassomi Ivan Kramskoyning (1837-1887) rasmi, 1883-yilda chizilgan. Tretyakov Davlat galereyasi kolleksiyasining bir qismidir. Rasmning oʻlchami 75,5×99 sm.
Ushbu kartina ba’zan „Notanish ayol“ ba’zida esa „Nomaʼlum ayol“ nomi bilan tanilgan.
Tarkibi
1883-yilda chizilgan kartinada Anichkov saroyi pavilyonlari yonida Nevskiy prospekti boʻylab ochiq aravada ketayotgan yosh ayol tasvirlangan. Uning orqasida oʻng tomonda Aleksandrinskiy teatri joylashgan. 1880-yillarning soʻnggi modasida kiyingan ayol patlar bilan bezatilgan baxmal shlyapa, moʻyna va lentalar bilan bezatilgan palto, yupqa charm qoʻlqop kiygan holatda tasvirlangan. Koʻrinish shohona, sirli va biroz gʻamgin.
Nomlanishi "Neizvestnaya" Ivan Kramskoyning eng muhim va mashhur asarlaridan biri hisoblanadi. Tuvalga shunday nom berib, rassom unga sir va intriga aurasini berdi.
2019-yilda neyron tarmogʻi yordamida „Nomaʼlum ayol“ni deyarli jonlantirish mumkin boʻldi. Buning uchun statik tasvir animatsiyasi texnologiyasidan foydalanildi, u videodan inson yuzining niqobini asos qilib, uni tasvirga oʻtkazdiVideo prezentatsiya ojivlenie kartin.
Asar qahramoni "Neizvestnaya" asari hali hamon rassomning siri boʻlib qolmoqda. Nomaʼlum ayol kimligi haqida na maktublarda, na kundaliklarda hech qanday eslatma qoldirmagan.
Shunga qaramay tadqiqotchilar turli versiyalarni taklif qilishadi. Masalan, sanʼatshunos Chijova, „Nomaʼlum“ kartinasi aslida malika Yuryevskaya (Imperator Aleksandr II ning ikkinchi rafiqasi) portreti degan fikrda. Biroq, bu versiya shubhali koʻrinadi. Sababi rasm imperator Aleksandr II vafotidan keyin malika Yuryevskaya chet elga haydab chiqarilgandan ikki yil oʻtgach yaratilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
„Neizvestnaya“ v baze dannix Tretyakovskoy galerei