Joseph Adam Jonas (; 1989-yil 15-avgustda tugʻilgan) Joe Jonas () sifatida maʼlum boʻgan amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktyordir. Aka-ukalari — Kevin va Nick bilan birga tuzgan Jonas Brothers pop guruhi aʼzosi sifatida shuhrat qozongan. Guruh Columbia leybli bilan shartnoma imzolab, 2006-yilda It's About Time nomli ilk albomini chiqaradi, ammo uning savdosi chaqqon boʻlmadi. Hollywood Records leybli bilan shartnoma imzolagandan soʻng, guruh 2007-yilda Jonas Brothers albomini omma eʼtiboriga havola etadi. Albom ularning mashhurlikka erishlarida katta hissa qoʻshadi. Bundan tashqari, guruh Disney Channel telekanalida efirga uzatilgan Camp Rock (2008) va uning davomi — Camp Rock 2: The Final Jam (2010) musiqiy telefilmlarida suratga tushdi va buning ortidan ham ancha-muncha mashhurlikka erishishdi.

Manbalar

Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Amerikalik erkak ovoz aktyorlari Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqnavislar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar