Georgiy Zabirov (1974-yil 1-iyun; Chirchiq, Oʻzbekiston) — oʻzbek futbolchisi, darvozabon. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasini eng koʻp oʻyin oʻtkazgan posbonlaridan biri (204 ta oʻyin).

Futbolchilik faoliyati Professional faoliyatini 1991-yilda Chirchiq jamoasi tarkibida boshlagan. 1992—1994-yillarda Toshkentning „MHSK“ jamoasi safida toʻp surgangan. 1995-yilgi mavsumda yana „Chirchiq“ safida oʻynagan. 1996-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtadi. Georgiy Zabirov 2004-yilgacha „Neftchilar“ tarkibida oʻynagan. Bu vaqt ichida Zabirov jamoa yetakchilaridan biriga aylandi va 2000-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga 2000-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun chaqirildi. U Oʻzbekiston terma jamoasi safida oltita oʻyin oʻtkazgan. Zabirov „Neftchi“ safida 204 ta oʻyinda maydonga tushgan. Zabirov bu koʻrsatkich bilan fargʻonaliklarning eng yaxshi posbonlaridan biri hisoblanadi. 2005—2006-yillarda Namanganning „Navbahor“ va „Andijon“ jamoalarida toʻp surgan. 2006-yilda Georgiy Zabirov professional faoliyatini yakunladi.

Yutuqlari Oʻzbekiston chempioni: 2001 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1996

Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 1997,1998, 2001, 2002

Manbalar

Havolalar Profil na sayte FootballFacts.ru

Footballzz Profile

Turkum:1-iyunda tugʻilganlar Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Chirchiqda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chirchiq kishilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2000 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar