Ashnoor Kaur (2004-yil 3-mayda tugʻilgan) — hind aktrisasi. U Jansi Ki Rani, Yeh Rishta Kya Kehlata Xay va Patiala Babes kabi bir qancha teleseriallardagi ajoyib roli bilan tanilgan. 2018-yilda u Sanju va Manmarziyaan filmlarida ikkinchi darajali rollar bilan Bollywoodda debyut qilgan.

Shaxsiy hayoti 2019-yilda Ashnoor Kaur o‘zining 10-sinf „CBSE“ imtihonlarida 93 % ball to‘pladi. 2021-yilda esa Ashnoor Kaur 12-sinf „HSC“ imtihonlarida 94 % ball toʻplagan.

Faoliyati Ashnoor Kaur oʻz faoliyatini besh yoshida boshlagan, 2009-yilda Jhansi Ki Rani serialida Prachi obrazini ijro etgan. 2010-yilda u Star Plus filmidagi Saath Nibhaana Saathiya filmida Panna rolini oʻynagan. Keyinchalik u Na Bole Tum Na Maine Kuch Kaha va Na Bole Tum Na Maine Kuch Kaha 2 teleserialida Navika Vyas Bhatnagar rolini ijro etgan.

Ashnoor Kaur Bade Achhe Lagte Hain shousida yosh Mayra Kapoor rolini ijro etgan. Ashnoor Kaur CID telekanlida va Devon Ke Dev . Mahadev mifologik seriyasida Ashok Sundari oilasidan uzoqqa qochib ketgan va shaharda joylashib modellik qilishni oshlagan qiz rolini ijro etgan. U Ye Rishta Kya Kehlata Xay filmida yosh Naira Singhaniya rolini oʻynagan. Ashnoor Kaur 2013-yilda Mahabharat teleserialida Dushala rolini oʻynagan va Prithvi Vallabh filmida malika Vilas sifatida ham namoyon boʻlgan.

Kaur Anurag Kashyapning Manmarziyaan filmida Taapsi Pannuning singlisi rolida ishtirok etgan.

2018-yildan 2020-yilgacha Kaur Sony Patiala Babes telekoʻrsatuvida Mini Babita/Khurana rolini ijro etgan.

Filmografiyasi

Televideniyeda YilNomRolManba2009-2010Jhansi Ki RaniPrachi2011-2012Shobha Somnath KiShobha2012-2013Na Bole Tum Na Maine Kuch Kaha"Nanhi" Vyas Bhatnagar2014The Adventures of HatimMayaTum Saath Ho Jab ApneNajma Baig/SiddiquiBhoot Raja Aur Ronnie 2Sheena2015SiyaasatMumtaz Mahal2015-2016Yeh Rishta Kya Kehlata HaiNaira Singhania2018Prithvi VallabhVilasvati2018-2020Patiala BabesMini Khurana/Babita

Onlayn-seriyalari + Yil Sarlavha Rol Izohlar Manba 2021 Pari Hun Main Pari

Manbalar

Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar