Bahrom Hakimov (25.02.1955; Qoʻqon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet va oʻzbek futbolchisi, hozir murabbiy.
Faoliyati
Qo‘qon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Hakimov asosan futbolchilik faoliyatini hozir „Qoʻqon 1912“ deb ataladigan „Qoʻqon“ klubi tarkibida oʻtkazgan. 1991-yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan va oʻsha yili Qoʻqonning „Avtomobilchi“ jamoasi bosh murabbiyi yordamchilaridan biriga aylangan. 1992-yil boshida „Temiryoʻlchi“(nomini oʻzgartirgan) Qoʻqon klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 1993-yilning oxirigacha „Temiryoʻlchi“ jamoasini boshqargan. 1994-yilgi mavsum boshida Toshkentning „MHSK“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Bahrom Hakimov boshchiligida „MHSK“ 1995-yilda Oʻzbekiston kubogi finaliga qadar yetib borgan va Oliy ligada ikkinchi oʻrinni egallab, mamlakat chempionati kumush medalini qoʻlga kiritgan.
1996-yil boshida Andijonning „Navroʻz“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanib, mavsum oxirigacha jamoani boshqargan. 1998-yilda yana Qo‘qonning "Temiryoʻlchi" jamoasiga bosh murabbiy boʻlib, ikki mavsum jamoani boshqargan. 2000-yil boshida Qarshining „Nasaf“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan.
Hakimov boshchiligida „Nasaf“ oʻz tarixidagi eng yuqori natijalarga erisha boshlagan. Oʻsha mavsumda klub chempionatda 85 ochko toʻplab, oliy ligada yigirmata jamoa ichida uchinchi oʻrinni egallagan va bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Bu Qarshi klubining oʻz tarixidagi ilk medali boʻlgan. 2001-yilgi mavsumda „Nasaf“ yana bir bor Oliy liganing uchinchi pogʻonasini zabt etgan va 2002-yilda Osiyo chempionlar kubogida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan„Nasaf“ podderjal avtoritet uzbekskogo futbolaBahrom Hakimov „Nasaf“ va „Paxtakor“ oʻyini oldidan. Bahrom Hakimov keyingi mavsumda „Nasaf“ni boshqarmagan. Faqat 2006-yilda kelib klub bosh murabbiyi boʻlgan va yana klub bilan chempionatda bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2015-yil iyul oyida Samarqandning „Dinamo“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlanganBaxrom Xakimov – noviy glavniy trener „Dinamo“ .
Yutuqlari Jamoaviy yutuqlari "MHSK"bilan: Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 1995-yil Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 1995-yil "Nasaf" jamoasi bilan: Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2000-yil Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2001-yil Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2006-yil
Shaxsiy yutuqlari Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbol murabbiyi: 2000-yil Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbol murabbiyi unvoni boʻyicha 2-oʻrin: 2001-yil
Manbalar
Havolalar Profil na baze sayta footballfacts.ru
Turkum:Qoʻqonda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Turon Yaypan futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Qoʻqon 1912 futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Nasaf futbol klubi murabbiylari Turkum:MHSK futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Andijon futbol klubi murabbiylari Turkum:Dinamo Samarqand futbol klubi murabbiylari