Bruna Abdullah (1986-yil 24-oktyabrda tugʻilgan) — asosan Bollywood filmlarida suratga tushuvchi braziliyalik kino aktrisasi. U kattalar uchun „Grand Masti“ komediya filmida Maryam rolini va Punit Malxotraning "I Hate Luv Storys " (2010) filmida Jizel rolini ijro etgan. Shuningdek, u 2012-yilda Tamil filmi „Billa II“ va 2014-yilda „Jai Xo“ filmida Anne rolini ijro etgan.

Tarjimai holi Bruna Abdullah Braziliyaning Guayba shahrida tugʻilgan. Otasining kelib chiqishi livanlik, onasining kelib chiqishi italyan-portugan. U Hindistonga sayyoh sifatida kelgan va Bollywoodda aktrisa boʻlib ishlay boshlagan va oʻz karyerasini yoʻlga qoʻyish uchun oʻz faoliyatini Braziliyadan Hindistonning Bombay (Mumbay) shahriga koʻchirgan. U IndusInd Bank, Reebok, Fiama Di Wills va boshqalar uchun bir nechta reklama roliklarida paydo boʻlgan.

Abdullahning birinchi klipdagi roli Shekhar Suman bilan birga „Mere Gham Ke Dayare Mein“ debyut albomida boʻlgan. U Anubhav Sinhaning „Cash“ filmi uchun „Rehem Kare“ qoʻshigʻida rol ijro etgan. Bruna Abdullah 2011-yilda chiqarilgan „Desi Boyz“ filmida raqslar ketma-ketligida paydo boʻlgan.

Bruna Abdullah „Queens Dance“ realiti-shousida, shuningdek, „Khatron Ke Khiladi“ telekoʻrsatuvida ishtirok etgan. U 2009-yil 9-sentyabrda „Fear Factor“ shousidan chetlashtirilgsn, 2009-yil 17-sentyabrda „Wild Card“ kartochkasini qayta olgan va 2009-yil 24-sentyabrda yana chiqarib yuborilgan. Keyin u 2018-yil 5-yanvarda chiqqan „Udanchhoo“ filmida suratga tushgan.

Shaxsiy hayoti Bruna Abdullah 2018-yilning 25-iyulida shotlandiyalik yigiti Allan Freyz bilan unashtirilgan va ular 2019-yilning may oyida turmush qurishdi. Er-xotinning Izabella ismli qiz farzandi bor.

Filmografiyasi

Film YilFilmRolTil2007Cash"Reham Kare" qoʻshigʻidaHind2010I Hate Luv StorysGiselle2011Desi Boyz2012Billa IISameeraTamil2013Grand MastiMaryHind2014Jai HoAnne2015Four Pillars of BasementBruna2016MastizaadeBuntyYea Toh Two Much Ho GayaaTina2018UdanchhooJulia

Televideniye YilQismlarRol2008Dancing QueenOʻzi2009Khatron Ke Khiladi2013Nach Baliye 62014Comedy ClassesNancy

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Braziliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar