Burak Özdemir — (1995-yil 24-martda tugʻilgan) — CZN Burak turk oshpazi. "CZN" Burak Özdemirning taxallusi. Otasining Lalelidagi toʻqimachilik doʻkonining nomi Cinzano boʻlgan va bu soʻzning tez-tez notoʻgʻri talaffuz qilinishidan "CZN" kelib chiqqan. Oilada 5 kishi boʻlgan. Otasi İsmail Özdemir, onasi Didem Bozbura, singillari Uğur va Aylin.

Ish faoliyati Burak Özdemir 2010-yildan 2014-yilgacha Dogus Holding kompaniyasida menejer boʻlib ishlagan. Burak 2015-yil sentyabrdaTurkiyadagi Hilton Garden restoranida ovqatlar va ichimliklar menejeri sifatida faoliyat yuritgan. Hozirda u CZN Burak, Chef Burak Gurme singari restoran tarmoqlarining yuzi sifatida faoliyat yuriadi. Bu restoranlar tarmogʻi: Vadi Istanbul, Dubay va Tojikistonda mavjud. CZN Burak Gurme restoran tarmogʻi Oʻzbekistonda ilk bor, global tarmoqning toʻqqizinchi franshizasi sifatida 21-oktyabr 2024 da Toshkentda ochildi.

Mashhurligi Uning deyarli har doim kameraga tabassum qilgan holda koʻrishimiz mumkin. Turk taomlarini tayyorlashi va ularni mehmonlarga taqdim etishi Burak Özdemirni Instagram va TikTok kabi platformalarda Internet yulduziga aylantirdi. Burakni instagram sahifasida 37.6 million kuzatuvchilari bor. Uni yana mashhur qilib turadigan narsalardan biri bu muhtojlarga yordam qoʻlini choʻzishi. Burak Özdemir daromadi $2-$3 million dollar atrofida.

Sogʻligi 2022-yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda „Burak uchun duo“ postlari tarqaldi, chunki Burak Özdemir miya shishi bilan kasallangani haqida mish-mishlar tarqaldi Turkish celebrity chef CZN Burak hospitalized MM News. Buning sababi, Burak Özdemir Instagramda kasalxona karavotida tushgan suratini joylashtirdi, u operatsiya holatida tekshiruvga kirgani haqida edi. Unda oʻsimta borligi haqidagi mish-mishni Burak Özdemirga yaqin manbalar ham, oʻzi ham inkor etdi Famous Turkish Chef Burak Rumored to Have Brain Tumor by By Darlene Regis from Qatarday.com.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar