Leroy Aziz Sané (1996-yil, 11-yanvarda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing „Bavariya“ klubi va Germaniya terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi.

Sane 2014-yilda "Shalke 04" safida professional debyut qilgan va 2016-yilda 37 million funt sterling evaziga „Manchester Siti“ga transfer qilinadi. U 2017-18- yillarda PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi va „Manchester Siti“ga Premer-liga va EFL kubogini yutishda yordam berdi va ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi nemis futbolchisi bo‘ldi.

Sane 2015-yilning noyabr oyida Germaniya terma jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi va terma jamoa bilan UEFA Evro-2016 yarim finaliga chiqdi.

Yoshlik Sane 1996-yil, 11-yanvarda Germaniyaning Essen shahrida tugʻilgan va Lohrheidestadion, Wattenscheid yaqinida oʻsgan, U sobiq germaniyalik badiiy gimnastikachi, 1984-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori Regina Veber hamda sobiq futbolchi, senegallik Souleymane Sanening oʻgʻli. U otasining sobiq bosh murabbiyi Klod Le Roy sharafiga unga Leroy ismini qoʻyishadi. Otasi SG Wattenscheid 09 jamoasi uchun oʻynaydi. Souleymane Sane Fransiyada oʻsgan; Fransiya armiyasidagi xizmati orqali Germaniyaga koʻchib oʻtadi. Sanening ikki ukasi Kim va Sidi Germaniyaning yirik futbol klublarining yoshlar jamoasida oʻynashgan. 

Faoliyatini boshlanishi Sane 2001-yilda SG Wattenscheid 09 yoshlar jamoasida futbol oʻynashni boshlagan. 2005-yilda u „Shalke 04“ga oʻtadi. Uch yil oʻtgach u 2011-yilda „Shalke“ yoshlar akademiyasiga (Nachwuchsleistungszentrum) qaytishdan oldin Leverkuzenning „Bayer“ klubiga qoʻshiladi.  thumb| Sane 2016-yilda "Shalke 04" da oʻynagan 2014-yilning 21-martida Sané „Shalke“ bilan 2017-yilning 30-iyuniga qadar uch yillik professional shartnoma imzoladi. U Bundesligadagi debyutini 2014-yilning 20-aprelida VfB Shtutgartga qarshi oʻtkazdi. U mavsumdagi ilk golini uy uchrashuvida FC Kyoln jamoasiga qarshi oʻyinda urdi. 2015-yilning 11-martida „Shalke“ UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk o‘yinida "Real Madrid" ustidan javob uchrashuvida 4:3 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, umumiy 5:4 hisobi qayt etildi Sanéning jamoasi musobaqadan chiqib ketdi.

Manchester Siti

2016-17: debyut mavsumi 2016-yil 2-avgustda Sane Premer-liganing „Manchester Siti“ klubiga 37 funt sterling evaziga transfer qilindi va besh yillik shartnoma imzoladi. Bonuslar bilan transfer toʻlovi 46,5 funt sterlingni tashkil qildi. U 10-sentabr kuni "Manchester Yunayted "ga qarshi Manchester derbisida g‘alaba qozongan holda debyut qildi. Uning „Siti“ safidagi ilk goli 18-dekabr kuni APL doirasida "Arsenal" ga qarshi oʻyinda sodir boʻldi. Jarohati tufayli safdan chiqqan Sane „Tottenxem“ga qarshi o‘yinda jarohatidan tikklanib maydonga qaytdi va 2017-yilning 21-yanvarida "Etihad Stadium" da bo‘lib o‘tgan o‘yinda gol urdi. thumb| Sane 2017-yilda "Manchester Siti" da oʻynaydi thumb|275x275px| Sane 2022-yilda "Bavariya" bilan

Milliy terma jamoa safida +Terma jamoa safida yil boʻyicha assist va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Germaniya 2015-yil 1 0 2016-yil 3 0 2017-yil 5 0 2018-yil 8 2 2019-yil 4 3 2020-yil 4 1 2021-yil 15 5 2022-yil 5 0 Jami 45 11

Yutuqlar Manchester Siti

Premer-liga: 2017-18, 2018-19 Angliya kubogi: 2018-19 EFL kubogi: 2017-18, 2018-19 FA hamjamiyat qalqoni: 2018 , 2019

"Bavariya"

Bundesliga: 2020-21, 2021-22 DFL-Superkubogi: 2021 UEFA Superkubogi: 2020 FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2020

Germaniya

FIFA Konfederatsiyalar kubogi: 2017

Shaxsiy sovrinlar

PFA Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2017-18 Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2017-yil oktyabr VDV mavsumning yangi futbolchisi: 2014-15  UEFA Chempionlar Ligasi Fantastik futbol boʻyicha mavsumning eng yaxshi jamoasi: 2021-22

Manbalar

Havolalar

Profile at the Galatasaray S.K. website Profile at the FC Bayern Munich website

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari

Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Germaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Germaniya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Germaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari