Jeyms Merser Langston Xyuz (1901-yil 1-fevral — 1967-yil 22-may) — amerikalik shoir, jamoat arbobi, yozuvchi, dramaturg va kolumnist, Joplin, Missuri . Jazz sheʼriyati deb ataladigan adabiy oqimning novatorlaridan biri Xyuz Garlem Uygʻonish davrining yetakchisi sifatida tanilgan.

Bir qator Oʻrta Gʻarbning shaharlarida bolaligi oʻtgan Xyuz yoshligidanoq sermahsul yozuvchiga aylandi. U oʻsmirligida Nyu-York shahriga koʻchib, oʻz karyerasini boshladi. U Ogayo shtati Klivlend shahrida oʻrta maktabni tugatgach, tez orada Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida oʻqishni boshladi. Oʻqishni tashlab ketgan boʻlsa-da, Nyu-Yorkdagi koʻplab nashriyotlarning, dastlab The Crisis jurnali, soʻngra kitob noshirlarining eʼtiboriga tushdi va Garlemdagi ijodiy hamjamiyatda shuhrat qozondi. U keyinchalik Linkoln universitetini tamomlagan. Sheʼrlar bilan birga Xyuz pyesalar va hikoyalar yozgan. Shuningdek, u bir qancha badiiy boʻlmagan asarlarni nashr ettirgan. 1942-yildan 1962-yilgacha, fuqarolik huquqlari harakati kuchayib borayotgan bir paytda, u qora tanlilarning nufuzli gazetasi The Chicago Defenderda maqolalar yozish bilan shugʻullanadi.

Hayoti

Oila va bolalik Koʻpgina afro-amerikaliklar singari, Xyuzning ham oilasi metistlardan hisoblangan. Xyuzning ikkala buvisi ham afrikalik qul boʻlgan, ikkala bobosi ham Kentukkida oq tanli quldorlar edi. Xyuzning soʻzlariga koʻra, ulardan biri Genri okrugidagi shotland-amerikalik viski distillovchisi Sem Kley boʻlib, davlat arbobi Genri Kleyning qarindoshi boʻlgan. Xyuz tilga olgan yana bir taxminiy ajdodi Silas Kushenberri, Klark okrugidagi qulfurush ediFaith Berry, Langston Hughes, Before and Beyond Harlem, Westport, CT: Lawrence Hill & Co., 1983; reprint, Citadel Press, 1992, p. 1.. Xyuz Kushenberri yahudiy qulfurush boʻlganini yozgan, ammo XIX asrda Kushenberri oilasining genetikasini oʻrganish natijasida uning yahudiylarga aloqasi yoʻqligi aniqlagan. Xyuzning ona tomonda buvisi Meri Patterson afro-amerikalik, fransuz, ingliz va asl amerikalik nasablariga mansub edi. Oberlin kollejida oʻqigan birinchi ayollardan hisoblangan buvisi Lyuis Sheridan Liri ismli xuddi oʻzi kabi aralash nasabli kishiga turmushga chiqadi ammo birinchi turmush oʻrtogʻi 1859-yilda Gʻarbiy Virjiniyada dahshtali darajada yaralanadi.

Oʻn yildan soʻng, 1869-yilda beva Meri Patterson Liri yana elita, siyosiy faol Langston oilasiga turmushga chiqdi. Uning ikkinchi eri afro-amerikalik, yevroamerikalik va toza amerikalik nasablariga ega boʻlgan Charlz Genri Lengston ediRichard B. Sheridan, „Charles Henry Langston and the African American Struggle in Kansas“, Kansas State History, Winter 1999. Retrieved December 15, 2008.Laurie F. Leach, Langston Hughes: A Biography, Greenwood Publishing Group, 2004, pp. 2-4. ,. U va ukasi Jon Merser Langston abolitsionizm harakati jonkuyarlari boʻlgan va 1858-yilda Ogayo shtatidagi qullikka qarshi jamiyat boshqaruviga yordam berishgan.

Turmush qurishganidan soʻng Charlz Langston oilasi bilan Kanzasga koʻchib oʻtdi, u yerda muallim va afro-amerikaliklar huquqlarini himoya qiluvchi jamoat arbobi sifatida faol ishladi. Uning va Merining qizi Karolin (Kerri nomi bilan tanilgan) oʻqituvchilik kasbini tanladi va Jeyms Nataniel Xyuzga (1871—1934) turmushga chiqdi. Ularning ikki farzandi bo;lib, Lengston Xyuz kenjasi edi; (garchi Xyuzning oʻzi tarjimai holida 1902-yilda tugʻilganligini daʼvo qilsa-da) aksariyat manbalarga koʻra u 1901-yilda Missuri shtatining Joplin shahrida tugʻilgan degan maʼlumot uchraydiWilliam and Aimee Lee Cheek, „John Mercer Langston: Principle and Politics“, in Leon F. Litwack and August Meier (eds), Black Leaders of the Nineteenth Century, University of Illinois Press, 1991, pp. 106-111.. thumb| Xyuz 1902-yilda Langston Xyuzning bolaligi Oʻrta Gʻarbning bir qator shaharchalarida oʻtgan. Xyuz tugʻilganidan koʻp oʻtmay otasi oilani tark etadi va Kerri bilan ajrashdi. Katta Xyuz AQShda davom etayotgan irqchilikdan qochish uchun Kubaga, keyin esa Meksikaga sayohat qildiWest, Encyclopedia of the Harlem Renaissance, 2003, p. 160..

Ajrimdan soʻng Xyuzning onasi ish izlab yurdi. Lengston asosan Kanzas shtatining Lourens shahrida ona buvisi Meri Patterson Langston qoʻlida tarbiyalandi. Qora tanli amerikaliklarning ogʻzaki anʼanalari va oʻzi mansub avlodining faol tajribasidan foydalangan holda, Meri Lengston nabirasiga butun umr irqidan gʻururlanish tuygʻusini singdirdiHughes recalled his maternal grandmother’s stories: „Through my grandmother’s stories life always moved, moved heroically toward an end. Nobody ever cried in my grandmother’s stories. They worked, schemed, or fought. But no crying.“ Rampersad, Arnold, & David Roessel (2002). The Collected Poems of Langston Hughes, Knopf, p. 620.The poem „Aunt Sues’s Stories“ (1921) is an oblique tribute to his grandmother and his loving „Auntie“ Mary Reed, a close family friend. Rampersad, vol. 1, 1986, p. 43.. Buvisidan rqdoshlariga koʻmakchi boʻlishni oʻrgangan Xyuz butun umri davomida qarovsiz va ezilgan qora tanlilar bilan tanishdi, oʻz asarlarida ularni ulugʻladiBrooks, Gwendolyn (October 12, 1986), „The Darker Brother“, The New York Times.. U bolaligining koʻp qismini Lourensda oʻtkazdi. 1940-yilgi "The Big Sea" (Katta dengiz) avtobiografiyasida u shunday deb yozgan edi: „Buvim bilan uzoq vaqt yolgʻiz va oʻyin-kulgisiz hayot kechirdim. Keyin hayotimga kitoblar kirib keldi, kitoblar va ularda tasvirlangan ajoyib dunyodan boshqa hech narsaga ishonmaydigan boʻldim — unda odamlar azob cheksa ham, Kanzasdagi kabi qisqa soʻzlar bilan emasArnold Rampersad, The Life of Langston Hughes: Volume II: 1914-1967, I Dream a World, Oxford University Press, p. 11. , goʻzal tilda azob chekishardiArnold Rampersad, The Life of Langston Hughes: Volume II: 1914-1967, I Dream a World, Oxford University Press, p. 11. .

Buvisining vafotidan keyin Xyuz ikki yil davomida oilaviy qarindoshlari Jeyms va xolasi Meri Rid bilan yashaydi. Keyinchalik Xyuz yana onasi Kerri bilan Illinoys shtatining Linkoln shahrida yashashni boshlaydi. Chunki onasi u oʻsmirlik chogʻida qayta turmushga chiqqan edi. Oila Ogayo shtatining Klivlend shahridagi Fairfaks mahallasiga koʻchib oʻtadi, Xyuz shu Markaziy oʻrta maktabda oʻqiydi va ustozi Helen Mariya Chesnuttdan bilim oldi.

Yigitlik Xyuz 1923-yilda SS Malone bortida ekipaj aʼzosi sifatida qisqa muddat xizmat qilish va olti oy davomida Gʻarbiy Afrika va Yvropaga sayohat qilishdan oldin“Poem" or „To F.S.“ first appeared in The Crisis in May 1925, and was reprinted in The Weary Blues and The Dream Keeper. Hughes never publicly identified „F.S.“, but it is conjectured he was Ferdinand Smith, a merchant seaman whom the poet first met in New York in the early 1920s. Nine years older than Hughes, Smith influenced the poet to go to sea. Born in Jamaica in 1893, Smith spent most of his life as a ship steward and political activist at sea—and later in New York as a resident of Harlem. Smith was deported in 1951 to Jamaica for alleged Communist activities and illegal alien status. Hughes corresponded with Smith up until the latter’s death in 1961. Berry, p. 347. turli xil joylarda ishlagan. Xyuz Parijda vaqtincha qolish uchun SS Maloneni tark etdi. xyuz u yerda Oltin qirgʻoqdagi boy oilaga mansub, Britaniyada tahsil olgan afrikalik Anni Mari Kusi bilan uchrashib, ishqiy munosabatda boʻldi; ular keyinchalik ham xat yozishi turishardi, lekin Anni oxir-oqibat Trinidadlik advokat Xyu Vuding bilan oila qurdiLeach, Langston Hughes: A Biography (2004), pp. xvi, 153.Rampersad, Vol. 1, pp. 86-87, 89-90.. Vuding keyinchalik Gʻarbiy Hindiston universiteti rektori boʻlib ishlagan.

1920-yillarning boshlarida Angliyada boʻlgan vaqtlarida Xyuz qora tanlilar hamjamiyatining baʼzosiga aylandi. 1924-yil noyabr oyida u onasi bilan Vashingtonda yashash uchun AQShga qaytib keldi. 1925-yilda afro-amerikaliklarni hayoti va tarixini oʻrganish assotsiatsiyasida tarixchi Karter G. Vudsonning shaxsiy yordamchisi boʻlish kabi obroʻli ishga joylashdi. thumb| Xyuz, 1928-yil. Linkoln universitetida Keyingi yili Xyuz Pensilvaniya shtatining Chester okrugidagi tarixan qora tanlilar universiteti boʻlmish Linkoln universitetiga oʻqishga kirdi. Shuningdek, Omega Psi Phi birodarligiga qoʻshildiIn 1926, Amy Spingarn, wife of Joel Elias Spingarn, who was president of the National Association for the Advancement of Colored People (NAACP), served as patron for Hughes and provided the funds ($300) for him to attend Lincoln University. Rampersad, vol. 1, 1986, pp. 122-23.In November 1927, Charlotte Osgood Mason („Godmother“ as she liked to be called), became Hughes’s major patron. Rampersad. vol. 1, 1986, p. 156..

Xyuz 1929-yilda Linkoln universitetida bakalavr darajasini olgandan soʻng, Nyu-Yorkka qaytib keldi. Sovet Ittifoqi va Karib dengizining baʼzi qismlariga sayohatlarini istisno qiladigan boʻlsak, umrining qolgan qismini asosan Garlemda oʻtkazdi. 1930-yillarda homiysi Sharlotta Osgud Meyson yordami bilan bir muddat Nyu-Jersi shtatining Vestfild shahrida istiqomat qildi„Mule Bone: Langston Hughes and Zora Neale Hurstonʼs Dream Deferred of an African-American Theatre of the Black Word.“, African American Review, March 22, 2001. Retrieved March 7, 2008. „In February 1930, Hurston headed north, settling in Westfield, New Jersey. Godmother Mason (Mrs. Rufus Osgood Mason, their white protector) had selected Westfield, safely removed from the distractions of New York City, as a suitable place for both Hurston and Hughes to work.“"J. L. Hughes Will Depart After Questioning as to Communism", The New York Times, July 25, 1933..

Oʻlim Xyuz 1967-yil 22-mayda Nyu-York shahridagi Stuyvesant poliklinikasida 66 yoshida prostata saratoni bilan bogʻliq qorin boʻshligʻidagi operatsiyadan keyingi asoratlar tufayli vafot etdi. Uning xoki Garlemdagi Shomburg qora tanlilar madaniyatini oʻrganish markazining foyesi oʻrtasida joylashgan pol medalyoni ostiga qoʻyilgan. Bu auditoriyaga kirish ismi uning nomi bilan ataladiWhitaker, Charles, „Langston Hughes: 100th birthday celebration of the poet of Black America“, Ebony, April 2002..

Faoliyat Birinchi marta 1921-yilda Qora tanlilarni rivojlantirish milliy assotsiatsiyasining (NAACP) rasmiy jurnali The Crisisda nashr etilgan — „The Negro Speaks of Rivers“ sheʼri Xyuzning tashrif qogʻoziga aylandi va birinchi sheʼriy toʻplami „The Weary Blues“dan (1926) joy oldi"The Negro Speaks of Rivers": first published in The Crisis (June 1921), p. 17. Included in The New Negro (1925), The Weary Blues, Langston Hughes Reader, and Selected Poems. The poem is dedicated to W. E. B. Du Bois in The Weary Blues, but it is printed without dedication in later versions. — Rampersad & Roessel (2002). In The Collected Poems of Langston Hughes, pp. 23, 620.. Xyuzning birinchi va oxirgi sheʼrlari "The Crisis"da nashr etilgan; umuman, uning sheʼrlari boshqa jurnallarga qaraganda koʻproq "The Crisis" jurnalida chop etilganRampersad & Roessel (2002), The Collected Poems of Langston Hughes, pp. 23, 620.. Xyuzning hayoti va ijodi Zora Neale Hurston, Uolles Turman, Klod Makkey, Countee Kallen, Richard Bryus Nugent va Aaron Duglas kabi zamondoshlari bilan bir qatorda 1920-yillardagi Garlem Renessansiga juda katta taʼsir koʻrsatdi. Makkeydan tashqari, ular yosh negr rassomlariga bagʻishlangan qisqa umr koʻrgan Fire jurnalini yaratishda birga ishladilar!