Karim David Adeyemi ( 2002-yil 18-yanvar, Myunxen, Germaniya) — nemis futbolchisi, Dortmundning „Borussiya“ klubi va Germaniya terma jamoasi hujumchisi .
Klubdagi faoliyati left|thumb|295x295px| Adami Red Bull Salzburg tarkibida Adeyemi Germaniyaning Forstenried, Bavariya, Unterxaching va Avstriyaning Red Bull klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u Red Bullning zaxira klubida oʻynay boshlagan.2020-yil 20-fevral kuni UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichi doirasida Frankfurt-Maynning " Ayntraxt "iga qarshi o‘yinda Karim asosiy jamoa safida debyut qilgan. 3-iyun kuni poytaxtning " Rapid " klubiga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundesligasida debyut qilgan. Oʻsha yilning 1-iyulida " Shturm "ga qarshi oʻyinda Karim Red Bull uchun birinchi golini urgan.
2022-yil 10-may kuni Dortmundning „Borussiya“ klubi futbolchi bilan 2027-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladigan 30 million yevroga teng bo‘lgan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.
Terma jamoadagi faoliyati 2019-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi bilan Adeyemi Irlandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ispaniya va Avstriya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2021-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Adeyemi Vengriya va Sloveniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibiga aylangan. Turnirda u Daniya, Gollandiya va Portugaliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2021-yil 5-sentyabr kuni Armaniston terma jamoasiga qarshi JCh-2022 saralash bahsida Adeyemi Germaniyaning asosiy terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Karim terma jamoadagi ilk golini urgan.
Terma jamodagi gollari #SanaJoyRaqibHisobNatijaTurnir1.5-sentyabr 2021-yil"Mersedes-Bens Arena", Shtutgart, Germaniya6:06:0JCH 2022 saralash. J Guruhi
Shaxsiy hayoti Karim Germaniyada tugʻilgan. Uning otasi Nigeriyalik va onasi Ruminiyalikdir.
Yutuqlar Red Bull Zalsburg
Avstriya chempioni (3): 2019/20, 2020/21, 2021/22 Avstriya kubogi sohibi (3): 2019/20, 2020/21, 2021/22
Germaniya (21 yoshgacha)
Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi: 2021-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Sportchilar