Electronic Arts ( qisqartmasi: EA) – kompyuter oʻyinlarini tarqatish va chiqarish bilan shugʻullanadigan Amerika ommaviy transmilliy korporatsiyasi. 2020-yil may holatiga koʻra, EA Amerika va Yevropadagi Activision Blizzarddan keyin daromad va bozor kapitallashuvi boʻyicha ikkinchi yirik oʻyin kompaniyasi boʻlib, Take-Two Interactive va Ubisoftni ortda qoldirdi.
EA keyingi hafdanoq Saudiya Arabistoniga oʻtadi kompaniya 55 mlrd AQSh dollariga sotildi.
Hozir EA Battlefield, Need for Speed, The Sims, Medal of Honor, Command & Conquer, Dead Space, Mass Effect, Dragon Age, Titanfall va Star Wars kabi allaqachon maʼlum franshizalar, shuningdek, EA Sports – FIFA, Madden NFL, NBA Live, NHL va EA Sports UFC kabi oʻyinlarni ishlab chiqadi va ishlab chiqaradi. Kompyuter oʻyinlari Valvedan Steam va Epic Gamesdan Epic Games Storening toʻgʻridan-toʻgʻri raqobatchisi boʻlgan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan Origin raqamli tarqatish platformasida chiqariladi. EA shuningdek, Orlandodagi EA Orlando, Barnabydagi EA Vancouver, Buxarestdagi EA Romania, Stokgolm va Los-Anjelesdagi DICE, Edmonton va Ostindagi BioWare hamda Los-Anjeles va Vankuverdagi Respawn Entertainment kabi yirik oʻyin studiyalariga egalik qiladi va boshqaradi. Adabiyotlar Developer Lookback: Electronic Arts (ingl.) // Retro Gamer : journal. – 2008. – No. 46. – P. 52—57. Manbalar
Havolalar
Turkum:Kompaniyalar