Qantas Airways Limited () – Avstraliyaning eng yirik aviakompaniyasi. „Uchar Kenguru“ („The Flying Kangaroo“) laqabini olgan. Aviakompaniyaning bosh qarorgohi Mascotda (Sidney chekkasida) joylashgan. 1920-yilda tashkil etilgan, dunyodagi ilk aviakompaniyalar roʻyxatida uchinchi oʻrinda (KLM va Aviancadan keyin) va ingliz tilida soʻzlashuvchi hududlarda tashkil etilganlari orasida esa birinchisidir. Aksiyalari ASX birjasida sotiladigan – ochiq aksiyadorlik jamiyati. Oneworld aviatsiya alyansining asoschi aʼzosidir.
„QANTAS“ning asl nomi „Queensland And Northern Territory Aerial Services“ („Kvinslend va Shimoliy hudud havo transporti“) ning qisqartmasi boʻlib, aviakompaniya faoliyati nimadan boshlanganligi haqida fikrlash imkonini beradi.
Skytrax tadqiqotiga koʻra, 2008-yilda Qantas ovoz berish natijalariga koʻra dunyodagi eng yaxshi aviakompaniyalar roʻyxatida uchinchi oʻrinni egallaganSingapore Airlines Named Airline of the Year in World Airline Awards . Manbalar
Havolalar
Qantas Airways – Qantas veb-sayti Google Finance – Qantas Airways Limited BBCrussian.com saytidagi voqea qaydi
Turkum:Avstraliya aviakompaniyalari