Salma Agha (; Karachi, 25-oktabr, 1956-yil, Sindh, Pokistonda tugʻilgan) — 1980-yillar va 1990-yillarning boshlarida Pokiston va Hindiston filmlarida faoliyat yuritgan britaniyalik qoʻshiqchi va aktrisa.
Salma Karachi shahrida tugʻilgan hamda Londonda oʻsib ulgʻaygan. Aktrisaga ushbu shaharda hind rejissorlaridan bir nechta filmlar uchun takliflar kelib tushgan. Uning birinchi filmi Nikaah (1982) romantik kartinasi boʻlib, aktrisa ushbu filmda ayol bosh rolni ijro etgan va filmning bir nechta qoʻshiqlarini oʻzi kuylagan.
U oʻsha yili Filmfare mukofotiga „Eng yaxshi ayol roli“ va "Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi " nominatsiyasi uchun nomzod boʻlgan. Aynan ushbu filmdagi qoʻshigʻi uchun Salma Filmfare eng yaxshi ayol ijrosi mukofotini qoʻlga kiritdi. U, shuningdek, Mithun Chakraborty ishtirok etgan Kasam Paida Karne Wale Ki (1984) filmidagi roli va oʻsha filmdagi „Come Closer“ qoʻshigʻi bilan tanilgan.
Shaxsiy hayoti Salma Agha Pokistonning Sindh viloyati Karachi shahrida Liaqat Gul Agha va uning rafiqasi Nasreen Agha oilasida tugʻilib oʻsgan. Liaqat Gul Agha gilam sotuvchi savdogar boʻlib, Sharqiy Panjob shtatining Amritsar shahrida joylashgan urdu tilida soʻzlashuvchi Pathan musulmon oilasiga mansub edi. U oʻzining „Aagha“ familiyasining kelib chiqishini shunday izohlaydi: „Otam (Liaqat Gul Tajik) Eronda qimmatbaho toshlar va antiqa buyumlar bilan savdo qilardi. U yerda unga Aagha unvoni berishgan, yaʼni, obroʻli tadbirkorga berilgan ritsarlik unvoni“.
Uning onasi Nasreen (tugʻilgan paytda: Zarina Ghaznavi) pushtun musiqachisi Rafiq Ghaznavi va uning rafiqasi Anwari Bai Begumning qizi boʻlib, u hind kinosining ilk aktrisalaridan biri sifatida Heer Ranjha (1932) filmida bosh rol oʻynagan.
Anwari va Rafiq Ghaznavi Nasrin tugʻilgandan keyin ajralishadi. Keyin Anwari hindistonlik Jugal Kishore Mehra ismli boy hind tadbirkoriga turmushga chiqadi va uning eri Islomni qabul qilib, Ahmad Salmon ismini oladi. Jugal Kishore Mehra Bollywood aktyorlari Raj Kapoor, Shammi Kapoor va Shashi Kapoorning birinchi amakivachchasi edi, chunki ularning onasi Ramsarni Kapur (nisi Mehra) otasining singlisi boʻlgan. alt=Salma Agha looks directly to the camera|right|thumb|250x250px| Agha 2010-yilda Dadasaheb Phalke mukofoti taqdirlash marosimida
Filmografiyasi YearTitleRoleNotes1982NikaahNilofarGʻalaba—Filmfare Award for Best Female Playback SingerNominatsiya—Filmfare Award for Best Actress1984Kasam Paida Karne Wale KiLeenaNominatsiya—Filmfare Award for Best Female Playback Singer1985SalmaSalma Banarasi1985Oonche LogPoonam Singh1986Bhabi Dian ChoorianAamna1988Jungle Ki BetiBela1988Paanch FauladiJulie1988MahaveeraDonʼs dancer1988KanwarlalItem girl1990Pati Patni Aur TawaifGauri1991Meet Mere Man KeJyoti1991CobraPanjob tilida, Pokiston filmi1992Jethaa1996Gehra RaazVasundhara2010Bachao — Inside Bhoot Hai…2016HijratFerihaPakistani film
Diskografiyasi AshulaFilmIjrochi (lar)"Dil Ke Armaan"NikaahYakka"Dil Ki Yeh Arzoo Thi"NikaahMahendra Kapoor"Chehra Chupa Liya Hai"NikaahAsha Bhosle, Mahendra Kapoor"Faza Bhi Hai Jawaan Jawaan"NikaahYakka"Zara Zara Tu Pyaar kar"Maine Jeena Seekh LiyaSalma Agha"Maa hoon na Suhagan hoon"Kanoon Meri Mutthi MeinSalma Agha"Tu Mera Kya Lage"Oonche LogKishore Kumar"Shah-E-Madina"SalmaYakka"Tarasti Hain Deedar Ko"SalmaAnwar"Zindagi Tere Dar Pe"SalmaYakka"Kehna Na Tum Yeh Kisise"Pati Patni Aur TawaifMohammed Aziz"Mujhe Log Kehte Hain"Pati Patni Aur TawaifYakka"Teri Mohhabbat Meri Jawani"Pati Patni Aur TawaifMohammed Aziz"Mera Naam Salma"Aap Ke SaathYakka"Chumma Chumma"Pataal BhairaviSolo"Ae Mere Mehboob"SalmaShabbir Kumar"Kaahe Baithe Ho"SalmaPenaz Masani"Come Closer"Kasam Paida Karne Wale KiSolo"Dance Dance"Kasam Paida Karne Wale KiBappi Lahiri"Jeena Bhi Kya Hai Jeena"Kasam Paida Karne Wale KiBappi Lahiri"Pyar Ek Nasha Hai"KanwarlalSolo"Pehla Pehla Pyaar Na Bhoole"MazdoorSolo"Aaina Haseen Hua Hai"Dunno Y2… Life Is A MomentSolo" Meet mere Man ke (Title Track)"Meet Mere Man ke 1991Solo"Chale Aao"Meet Mere Man ke 1991Salma Agha & Manhar Udas"Shama Hoon Main Jalna"Meet Mere Man ke 1991Salma Agha (Solo)"Jahan Aaj Hum Mile Hain"Bobby 1984 (Urdu)Salma Agha (Solo)"Ek Baar Milo Humse"Bobby 1984 (Urdu)Salma Agha (Solo & Sajjad Ali)
Manbalar
Havolalar
FilmfareAwards Salma Agha hind xokkeyi uchun mablagʻ toʻplaydi — Times Of India
Turkum:1956-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar