Metallurg stadioni () – Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi koʻp sport turlariga ixtisoslashtirilgan futbol maydoni. Stadionning uy jamoasi „Metallurg Bekobod“ klubi hisoblanadi.
Tarixi Metallurg stadioni mahalliy „Metallurg“ futbol klubining uy arenasidir. Ushbu arena 15 ming tomoshabinga moʻljallangan. Stadion 2009—2012-yillarda qurilgan va 2012-yilda ochilgan. Stadion qurilishida Bekobod Metallurgiya zavodi bosh boʻlgan.
Ushbu stadion qurilishidan avval „Metallurg“ klubi oʻz uy uchrashuvlarini Bekobod shahridagi Markaziy A.Anoxin nomidagi 5000 dan ortiq tomoshabinni sigʻdira oladigan stadionda oʻtkazgan. „Metallurg“ markaziy stadioni 2012-yilda qurib, foydalanishga topshirilgan. Stadion oʻz bagʻriga 15000 tomoshabinni sigʻdira oladi. Stadionda muxlislar uchun sharoitlar mavjud. Yana qarang
Metallurg (Stadion, Olmaliq)
Manbalar
Havolalar
Metallur stadioni, Bekobod. Google Maps Metallurg Stadion Metallurg stadioni Soccerway saytida Metallurg stadioni Transfermarkt saytida
Turkum:Oʻzbekistondagi futbol stadionlari Turkum:Toshkent Viloyati stadionlari