„Spokoynaya noch“ (, yaʼni „Xayrli tun“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1988-yil eʼlon qilingan „Gruppa krovi“ studiyaviy albomiga toʻrtinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Shuningdek, qoʻshiq „Posledniy geroy“ (1989) va „Istroiya etogo mira“ (2000) terma albomlariga hamda „Akusticheskiy konsert“ (1996) diskiga kiritilgan. Qoʻshiqni bir necha xonanda va guruh, jumladan, „Alisa“ guruhi hamda xonanda Rikoshet kaver qilgan.
Tarona matnini va kuyini guruh solisti Viktor Soy yozgan, guruh gitarachisi Yuriy Kasparyan esa uning solosini bastalagan. „Spokoynaya noch“ qoʻshigʻi ilk bor Leningrad rok-klubining 1987-yilda boʻlib oʻtgan IV festivalida ijro etilgan. Ovoz rejissori Aleksey Vishnyaning soʻzlariga koʻra, „Spokoynaya noch“ qoʻshigʻining ilk versiyasi „Neizvestniye pesni“ (1992) albomiga kiritilgan qoʻshiqlar bilan bir qatorda yozib olingan.
Relizlari „Spokoynaya noch“ qoʻshigʻi 1988-yilning 19-yanvarida „Rok“ filmida premyera qilingan. Ilk audioversiyasi 1988-yil „Gruppa krovi“ albomida eʼlon qilingan boʻlib, unda taronaning davomiyligi — 6:08. 1989-yil „Posledniy geroy“ terma albomida yaxshiroq sifatda eʼlon qilingan. Mazkur versiyasining davomiyligi — 6:24.
1996-yil „Moroz Records“ leybli „Akusticheskiy konsert“ diskini chiqargan. Albomdan qoʻshiqning 1987-yil Moskva kvartiralaridan birida yozib olingan versiyasi oʻrin olgan. Ushbu versiyaning davomiyligi — 4:08. 1996-yil „Noch“ albomi qayta nashr qilingan. Unga „Spokoynaya noch“ qoʻshigʻining ikki bandli, davomiyligi atigi 2:46 boʻlgan versiyasi kiritilgan. 2020-yilga kelib ushbu yozuvning toʻliq versiyasi eʼlon qilingan (davomiyligi — 4:31)
Jamoa Viktor Soy — vokal, gitara Yuriy Kasparyan — gitara Georgiy Guryanov — barabanlar Igor Tixomirov — bas gitara Andrey Sigle — klavishalar
Manbalar
Havolalar
Turkum:Kino qoʻshiqlari Turkum:1988-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar