thumb|right|Yurakning tashqi topografik va morfologik tasviri|250px Yurak (, sardia) – konussimon shaklidagi ichi boʻsh muskulli organ boʻlib, yurak qon-tomir sistemasining markaziy organi boʻlgan organizmdagi qonni barcha aʼzo va toʻqimalarga haydab berish vazifasini bajaradigan, gistologiyasi jihatidan ancha murakkab tuzilgan organ. U koʻkrak qafasidagi pastki koʻks oraligʻining oʻrta qismida joylashgan. Yurak quyidagi morfologik qismlarga ajratiladi: yuqoriga va birmuncha orqa tomonga yoʻnalgan asosi (basis) hamda oldinga, pastga va chapga yoʻnalgan uchi (apex) farq qilinadi. Yurakning asos qismida uning negizini (ildizini) tashkil etuvchi yirik qon tomirlar joylashgan. Yurakning 3 ta yuza qismi bor: 1) old (toʻsh-qovurgʻa) yuzasi; 2) pastki (diafragmaga qaragan) yuzasi, hamda, 3) orqa (umurtqa yoki o‘pka) yuzasi hisoblanadi. Yurakning hajmi har bir odamda uning mushti kattaligidek boʻladi. Bolalarning yuragi kattalarnikiga qaraganda koʻproq urib turadi va ularning tashqi koʻrinishi sharsimon shaklda, hamda, gorizontal holatda joylashgan boʻladi. Yurakning oldingi yuzasida quyidagi yirik tomirlaming boshlanish qismlari yotadi; oʻngda va biroz orqaroqda yuqori kovak vena, undan oldinroqda va chap tomonda koʻtariluvchi aorta, yana ham chaproqda oʻpka arteriyasining oʻzani joylashgan. Yurak anatomik jihatidan 4 kameradan tuzilgan boʻlib, ikkita boʻlmacha va ikkita qorinchaga boʻlinadi. Chap boʻlmacha va chap qorincha birgalikda „arterial yurak“ ni tashkil qiladi, sababi unda faqat arterial qon oqadi. U orqali oʻtadigan qon tomirlari „arteriya“ tomiri deya nomlanadi. Oʻng qorincha va oʻng boʻlmachada faqat venoz qon oqib oʻtganligi sabab „venoz yurak“ deyiladi. Yurak oʻz ish faoliyatini bajarish vaqtida ritmik ravishda qisqaradi va boʻshashadi. Yurakning qisqarilish holati sistola, boʻshashish holati esa diastola deb ataladi. Yurak bir daqiqada oʻrtacha 70—74 marotoba urib turadi. Tibbiyotda bu koʻrsatgich 60—90 ta deb qabul qilingan.
Yurak toʻrt kamerali boʻlib, arteriya qoni vena qonidan batamon ajralgan. Arteriya va vena qonning batamon ajralishi issiqlikning tanaga va toʻqimalarga bir xilda tarqalishiga sabab boʻladi. Boshqa aʼzolardan farqli ravishda kasalliklar sababli sodir boʻladigan oʻlim holatlarining eng koʻpi yurak patologiyasi sabab sodir boʻladi, yaʼni yurak bilan bogʻliq patologiyalar oʻlim holati boʻyicha dunyo tibbiyotida birinchi oʻrinda turadi. Yurak inson tana aʼzolari ichida organizmga taʼsir qiladigan salbiy omillarga nisbatan nishon aʼzolardan biri hisoblanadi. Yaʼni, agar organizmga tashqi yoki ichki salbiy omillar taʼsir qilsa dastlab bu omillar miya, buyrak, qon-tomirlar va yurak kabi nishon aʼzolarga taʼsir qiladi. Yurak bilan bogʻliq kasalliklar shuningdek turli yoshdagi odamlarda uchrashi boʻyicha ham birinchi oʻrinda turadi. Yurak kasalliklari kattalar bilan barobarida bolalar ham aziyat chekadi. Yurak bilan bogʻliq patologiyalarni davolashda yurakning qaysi funksiyasi buzilishini aniqlagan holda bartaraf etiladi. Yurakda kechadigan patologik oʻchoqlarni aniqlashda ultratovush tekshiruvi, elektrokardiografiya usuli yordamida yurakda sodir boʻladigan elektr, akustik va mexanik hodisalarni aniqlash orqali bartaraf etiladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda uchraydigan kasalliklarning eng koʻpi aynan yurak bilan bogʻliq hisoblanadi.
Yurakning tashqi oʻlchami Insonlarning gavda tuzlishi, yoshi, yashash sharoitiga koʻra yurak shakli ham turlicha boʻladi. Bu yoshi, jinsi, jismoniy harakati, sogʻligʻi va boshqa omillarga bogʻliq hisoblanadi. Soddalashtirilgan baʼzi model va nazariyalarga koʻra yurak morfologiyasi sharsimon, ellipsimon, elliptik paraboloid va uch qirrali ellipsimon shaklga oʻxshash boʻlishi mumkin. Yurakning oʻlchovi uning eng katta boʻylama va koʻndalang chiziqli oʻlchamlarining nisbati bilan belgilanadi. Giperstenik tana tuzilishidagi insonlarda bu nisbat 1 ga yaqin va astenikda – taxminan 1,5 hisoblanadi. Voyaga yetgan odam yuragining uzunligi 10 sm dan 15 sm gacha (odatda 12−13 sm), kengligi 8-11 sm (odatda 9-10 sm) va old-orqa oʻlchami 5-8,5 sm (odatda 6,5-7 sm) boʻladi. Yurakning oʻrtacha ogʻirligi erkaklarda 330 gramm (274 gramdan 385 gramgacha), ayollarda 250 gramm (203 grammdan 302 grammgacha) boʻladi.
Yurakning anatomik tuzilishi thumb|250x250px| 1. Endokard2. Miokard3. Epikard4. Perikard5. Yurak kameralari:6. Oʻng boʻlmacha7. Chap boʻlmacha8. Oʻng qorincha9. Chap qorincha10. Yurak klapanlari:11. Mitral qopqoq12. Aorta qopqogʻi13. Oʻpka qopqogʻi14. Uch tabaqali qopqogʻi15. Aorta16. Oʻpka arteriyasi17. Oʻpka venalari18. Yuqori kovak vena19. Pastki kovak vena
left|link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1d/Muscolopapillare%2Bcordetendinee.jpg/220px-Muscolopapillare%2Bcordetendinee.jpg|thumb|Papillyar mushak tolasi, payli xordadan iborat klapan varaqasining erkin qirralari. Yurakning yalpi klapanlaridan namuna link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/81/Heart_very_near_rot.gif/220px-Heart_very_near_rot.gif|right|thumb|Koʻkrak qafasi va koʻks oraligʻiga nisbatan yurak anatomik topografiyasining 3D chizmasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/fd/Surface_anatomy_of_the_heart.svg/220px-Surface_anatomy_of_the_heart.svg.png|thumb| Yurak, aorta, brakiosefalik magistral tomirlar, yuqori vena kovagining qovurgʻalarga nisbatan anatomik topografiyasini chizilgan tasviri, frontal tekislikda proyeksiya qilingan link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b5/Heart%27s_Ubication.jpg/220px-Heart%27s_Ubication.jpg|right|thumb| Yurak va qoʻshni organlarning anatomik topografiyasini chizmasi: koʻkrak va qorin boʻshligʻi, diafragma
Yurak 3 qavatdan tuzilgan: ichki qavat – Endokard, oʻrta qavati – Miokard, tashqi qavati – Epikard. Yurak devorining tashqi qavati epikard (epicardium) ikki qavatdan iborat boʻlib miokardni ustidan qoplab turuvchi yurak xaltasining visseral varagʻidan iborat. U yupqa biriktiruvchi toʻqima qatlami boʻlib, mezoteliy bilan qoplangan. Epikard yurakka keluvchi va yurakdan chiquvchi yirik qon tomirlarni oʻrab, perikardning pariyetal varagʻiga oʻtib ketadi. Perikardning tashqi qavati Epikard deb nomlanadi. Bu ikkala qavat oʻrtasidagi boʻshliqda suyuqlik mavjud boʻlib, yurakning qisqarish va kengayish harakatlariga ishqalanishni kamaytiradi. 0‘rta qavat miokard (myocardium) yurakning koʻndalang-targʻil mushagidan tuzilgan boʻlib, ularning qisqarishi odam ixtiyoriga bogʻliq emas, shuning uchun skelet mushaklaridan farq qilib turadi. Bu mushak hujayralarining oʻzaklari markazda joylashgan boʻlib, oʻzaro birikib mushak toʻrini hosil qiladi. Boʻlmacha va qorinchalar miokardi oʻzaro tutashmagan. Bu qavat oʻng va chap boʻlmacha hamda, qorinchalar orasidagi teshikni oʻragan oʻng va chap fibroz halqalardan boshlanadi. Boʻlamachalar miokardi ikki qavatdan tuzilgan. Yuza qavati ikkala boʻlmacha uchun umumiy koʻndalang tolalardan iborat. Chuqur qavati har bir boʻlmacha uchun alohida, boʻylama yoʻnalishdagi mushak tolalaridan iborat. Boʻylama tolalar fibroz halqadan boshlansa, aylanma tolalar boʻlmachaga quyilgan venalarni oʻrab turadi. Qorinchalar miokardi uch qavatdan iborat. Tashqi qiyshiq qavat fibroz halqadan boshlanib, yurak uchida yurak girdobini hosil qilib, ichki boʻylama qavaiga oʻtib ketadi. Bu ikkala qavat qorinchalar uchun umumiy boʻlib, ular oʻrtasida joylashgan halqasimon qavat esa qorinchalar uchun alohida hisoblanadi. Qorinchalararo toʻsiq shu qavat mushak tutamlaridan iborat.
Yurak topografiyasi Yurak koʻkrak qafasida joylashgan (anatomik hamda klinik tasnifiga qarab mediastinal boʻshliq pastki, oʻrta va old qismlardan iborat) boʻlib, nisbatan pastki chap qirrasi bilan chap tomonga siljigan boʻladi. U va uni oʻragan yurak xaltasi koʻkrak qafasida pastki koʻks oraligʻida oʻrta chiziqdan chaproqda yurakning uchdan ikki qismi, oʻngroqda uchdan bir qismi joylashgan. Yon va qisman old tomondan yurak o‘pka bilan, oldingi ozgina qismi esa toʻsh suyagi va qovurg‘a togʻaylariga tegib turadi. Tananing oʻrta chizigʻiga nisbatan yurak assimetrik tarzda – chap tomonida taxminan 2/3 va oʻngda taxminan 1/3 qismi joylashgan. Vertikal oʻqning (chiziq asosining oʻrtasidan yurak choʻqqisigacha) oldingi koʻkrak devoriga proeksiya yoʻnalishiga qarab, yurakning koʻndalang, qiya va vertikal holati farqlanadi. Vertikal holat – koʻkrak qafasi tor va uzun boʻlgan odamlarda, koʻndalang holat – keng va qisqa koʻkrak qafasiga ega boʻlgan odamlarda koʻproq uchraydi Betts J. G., Desaix P. , Johnson E. W., Johnson J. E., Korol O., Kruse D., Poe B., Wise J., Womble M. D., Young K. A. Anatomy and Physiology (angl.). – OpenStax, 2013. – 1410 p. – ISBN 978-1-947172-04-3.. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda yurak biroz vertikalroq, boʻlmachalari katta va qorinchalari yaxshi rivojlanmaganligi uchun yumaloq shaklda va nisbatan yuqoriroq joylashadi. Balogʻot yoshiga yaqinlashgan sari yurak yuqorida bayon etilgan holatni egallaydi.
Yurak kameralari Yurak kameralar deb ataladigan toʻrtta alohida-alohida boʻshliqlardan iborat: Chap boʻlmacha (atrium sinistrum), Oʻng boʻlmacha (atrium dextrum), Chap qorincha (ventriculus sinister), Oʻng qorincha (ventriculus dexter). Ular boʻlmachalararo (septum interatriale) va qorinchalararo (septum interventricularae) toʻsiq bilan bir-biridan ajratilgan Prives M. G., Lisenkov N. K., Bushkovich V. I. Anatomiya cheloveka. – 11-e pererabotannoe i dopolnennoe. – M.: Meditsina, 1985.. Yuqori va pastki kovak venalaridan keladigan tomirlar oʻng boʻlmacha (atrium)ga, oʻpka venalaridan keladigan tomirlar esa chap boʻlmacha (atrium)ga quyiladi. Soʻngra oʻng qorinchadan oʻpka arteriyasi (oʻpka magistrali) tomiri, chap qorinchalardan esa aorta tomiri chiqadi. Oʻng qorincha bilan chap boʻlmacha oʻpkada kichik qon aylanish doirasini, chap qorincha va oʻng boʻlmacha esa butun tana boʻylab (oʻpkadan tashqari) katta qon aylanish doirasini hosil qiladi Ardashev, 2009, Anatomiya i fiziologiya provodyaщey sistemi serdsa, s. 35—41.. Yurak koʻkrak qafasida, oldingi koʻks oraligʻida oʻrta chiziqdan chaproqda yurakning ikki qismi, oʻngroqda bir qismi joylashgan boʻlib, old yuzasining katta qismini kovak hamda oʻpka venalarining kiruvchi boʻlimlari, shuningdek, yuqori qismini koʻtariluvchi aorta, oʻpka magistrallari bilan qoplangan. Perikard boʻshligʻida oz miqdorda seroz suyuqlik mavjud boʻlib, bu suyuqlik yurak urishida yengilik yaratib beradi Patofiziologiya zabolevaniy serdechno-sosudistoy sistemi / pod red. L. Lilli; Per. s angl.. – M.: BINOM, 2003. – 598 s. – 3000 ekz. – ISBN 5-94774-080-X..
Chap qorincha devori oʻng qorincha devoriga nisbatan taxminan 3 baravar qalinroq. Boisi, chap qorincha butun organizmga asosiy qonni tizimli aylanishiga chiqarib berish uchun yetarlicha kuchli boʻlishi kerak (tizimli qon aylanishida qon oqimiga qarshilik bir necha baravar baland va qon bosimi oʻpka qon aylanishidan bir necha baravar yuqori boʻladi) Patofiziologiya zabolevaniy serdechno-sosudistoy sistemi / pod red. L. Lilli; Per. s angl.. – M.: BINOM, 2003. – 598 s. – 3000 ekz. – ISBN 5-94774-080-X..