Temur tasmaqanoti (lat. Catocala timur) — Erebidae oilasiga mansub tungi kapalak. Qanot kengligi taxminan 40 mm.
Tarqalishi Tur quyidagi mamlakatlarda yashaydi: Oʻzbekiston (Zarafshon daryosining quyi oqimi), Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy (Sinszyan). Temur tasmaqanoti (Catocala timur richteri) kichik turi Eronda yashaydi.
Yashash joyi Toʻrangʻi toʻqay oʻrmonlarida, pasttekislik daryolari boʻyidagi toʻqaylarda yashaydi.
Hayot tarzi Yilda 1 marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qoʻyishi– iyun-iyulda, kechasi va tunlari faol. Kapalakda juftlashish sodir boʻlgach,urgʻochisi tunda tuxum qoʻyadi. Qurtlari aprelda toʻrangʻida (Populus pruinosa) rivojlanadi, katta yoshdagilari qishlaydi va kelgusi yilning aprelida qoʻshimcha oziqlanadi. Toʻrangʻining koʻchgan poʻstlogʻi ostida yumshoq pilla ichida gʻumbakka aylanadi.
Kichik turlari
Katokala timur timur (Kaspiy orti hududi) Catocala timur richteri (Janubiy Eron)
Soni Hamma joyda kam va muntazam ravishda kamayib bormoqda. Oʻzbekistonda kam topilmalar orqali ma’lum.
Muhofaza etish Tur Oʻzbekiston Qizil kitobiga zaif, kamayib borayotgan, mahalliy sharoitda tarqalgan tur sifatida kiritilgan.
Cheklovchi omillar Xoʻjalik faoliyati oqibatida toʻqaylarning kesib tashlanishi.
Muhofaza choralari Yashash joylari va sonini mukammal oʻrganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Qizil kitobi