Ilhom Moʻminjonov Ibrohimovich (1979-yil 21-yanvar; Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng futbol jamoalarida murabbiy bilan shugʻillangan.

Tarjimai holi Mehnat faoliyatini 1998-yilda Toshkent MHSK (Markaziy harbiy sport klubi)da boshlagan. Keyingi toʻrt mavsumni Toshkentning „Traktor“ jamoasida oʻtkazgan. Yana bir mavsum Namanganning „Navbahor“ jamoasida toʻp surgan. Yana ikki mavsum Toshkentning „Traktor“ jamoasida oʻynay boshlagan.

2006 va 2007-yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ va „Toshkent Quruvchi“ (klub nomi 2008-yilda „Bunyodkor“ deb oʻzgartirilgan) jamoalarida oʻynagan.

2007-yilda „Quruvchi“da Oʻzbekiston Oliy ligasi toʻpurari boʻlgan va oʻsha mavsumda Oʻzbekiston chempionati va kubogi kumush medallarini qoʻlga kiritgan.

2001-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida ikkita (Birlashgan Arab Amirliklari va Xitoy terma jamoalariga qarshi); 2007-yilda Estoniya terma jamoasiga qarshi bittadan oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Ikki yil davomida Toshkentning „NBU-Osiyo“ (Toshkentning sobiq oʻzbek futbol klubi, Oʻzbekiston Milliy banki jamoasi)klubini, 2013-yilda „Paxtakor-2“ jamoasini boshqargan.

2014-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabi aʼzosi boʻlgan Ilxom Muminjonov budet trenirovat molodix paxtakorovsev (in Russian). Championat.asia. 8 January 2013.}. 2016-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi zaxira jamoasi va „Paxtakor-2“ klubini boshqargan. 2016—2018-yillarda Namanganning „Navbahor“ klubi bosh murabbiyi, 2019-yilning yanvar oyidan „Surxon Termiz“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan, biroq fevral oyida u besh yilga diskvalifikatsiya qilingan. 2020-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasi kafilligi ostida, OʻFA Etika qoʻmitasi qaroriga koʻra diskvalifikasiyasi 2020-yilning 31-dekabriga qadar etib belgilangan.

2021-yilgi mavsumda diskvalifikatsiya muddati yakunlanganidan soʻng Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Dastlabki mavsumidayoq Fargʻona jamoasi Oʻzbekiston Pro ligasidan, Oʻzbekiston Superligasiga qaytardi. 2022-yilgi masvumda „Neftchi“ jamoasining Oʻzbekiston Superligasidagi natijalari yomonligi sababli yoz oyida bosh murabbiylikdan ozod qilingan.

Yutuqlar

Futbolchi sifatida

Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2007 Oʻzbekiston Kubogi ikkinchi oʻrin: 2007 Oʻzbekiston Superligasi toʻpurari: (1) 2007 Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi

Murabbiy sifatida

Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2018 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2021

Manbalar

Havolalar

Ilhom Moʻminjonov Footballfacts saytida futbolchi profili Ilhom Moʻminjonov National-football-teams saytida futbolchi profili

Ilhom Moʻminjonov Transfermarkt saytida futbolchi profili Ilhom Moʻminjonov Soccerway saytida futbolchi profili

Turkum:21-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Paxtakor-2 klubi murabbiylari Turkum:NBU-Osiyo futbol klubi murabbiylari Turkum:Navbahor klubi murabbiylari Turkum:Surxon murabbiylari Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:Metallurg Bekobod klubi bosh murabbiylari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2002 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari