Asadjon Xodjayev — Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori, Oʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasi vitse prezidenti

Taʼlim Asadjon Azatbekovich Xodjayev 1970-yil 3-sentyabrda Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyatida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutining elektraloqa muhandisligi yoʻnalishini tugallagan Asadjon Xoʻdjayev 2001-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi — elektraloqa muhandisi, iqtisod magistri.

Karyera Asadjon Xodjayev 1995-yilda oʻz faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida boshlaydi. Shuningdek, 2001-yilgacha O‘zbekiston pochta va telekommunikasiyalar agentligi markaziy apparatida ham faoliyat koʻrsatgan.

2001-yildan boshlab bir qancha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida ishlay boshlaydi. +Yillar:Mansab2001-2003-yillarda"O‘zbekiston pochtasi" Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, „O‘zinfokom“ Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari2003-2004-yillardaOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish loyihasi rahbari oʻrinbosari2004-2011-yillardaOʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining oʻrinbosari2011-2012-yillardaOʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktori2012-2017-yillardaAlisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori2017-yil martidan avgustigaPrezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi2017-yildaOʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparati mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi oʻrinbosari2017-yilning dekabridanO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy memorial majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari2018-yil avgustidanAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga ko‘maklashish markazi direktori2019-yil noyabridanO‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i 2020-yil 29-iyuldanO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori2021-yil 16-avgustdanOʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasining konferensiyasida assotsiatsiya vitse prezidenti

Shaxsiy hayoti Asadjon Xoʻjayev oilali, 4 nafar farzandning otasi. Manbalar: