Chester William Nimitz (; 1885-yil 24-fevral; 1966-yil 20-fevral) Qoʻshma Shtatlar dengiz flotining flot admirali edi. U AQSh Tinch okeani floti bosh qoʻmondoni va Tinch okeani hududlari bosh qoʻmondoni sifatida Ikkinchi Jahon urushi dengiz tarixida muhim rol oʻynagan, Ikkinchi Jahon urushi paytida Ittifoqdoshlarning havo, quruqlik va dengiz kuchlariga qoʻmondonlik qilgan.
Nimitz AQSh dengiz flotining suv osti kemalari boʻyicha yetakchi rahbari edi. U hayotining dastlabki yillarida suv osti kemalarida malaka oshirgan, keyinchalik bu kemalarning harakatlanishini benzindan dizelga oʻzgartirilishini nazorat qiladi va keyinchalik dunyodagi birinchi yadroviy suv osti kemasi USS ni qurish uchun ruxsat olishda muhim rol oʻynaydi. Uning harakatlantiruvchi tizimi keyinchalik AQShda dizel bilan ishlaydigan suv osti kemalarining faoliyatini butunlay oʻzgartiradi. 1939-yilda dengiz flotining Navigatsiya byurosi boshligʻi Nimitz 1945-yildan 1947-yilgacha dengiz operatsiyalari boshligʻi boʻlib ishlagan. U flot admirali unvonida xizmat qilgan Qoʻshma Shtatlarning omon qolgan soʻnggi zobiti edi. USS sinfida yetakchi kema boʻlgan USS supertashuvchisi uning nomi bilan atalgan.
Hayoti va taʼlimi Asli kelib chiqishi nemis boʻlgan texaslik Nimitz 1885-yil 24-fevralda Texasning Frederiksburg shahridaPotter, p. 26. Anna Josephine (Henke) va Chester Chester Bernhard Nimitz oilasida tug‘ilgan. Nimitz tugʻilgan va yashagan bobosining mehmonxonasi hozirda Tinch okeani urushi milliy muzeyi sifatida faoliyat olib boradi. Uning otasi Nimitz tugʻilishidan olti oy oldin 1884-yil 14-avgustda vafot etgan. 1890-yilda Anna Chester B. Nimitzning ukasi William Nimitzga (1864-1943) turmushga chiqadi. Unga tarbiyasida ota tomondan bobosi nemis Charles Henry Nimitz katta taʼsir koʻrsatgan va unga „dengiz — hayotning oʻzi kabi qatʼiy vazifani bajaruvchi“ deb oʻrgatgan. Uning bobosi 1851-yilda Texasda maxsus jamoa qoʻriqchisi boʻlgan va keyin Fuqarolar urushi paytida Konfederatsiya shtatlari armiyasida Gillespie kompaniyasi kapitani boʻlib xizmat qilganNational Park Service Civil War Soldiers and Sailors database. .
Dastlab, Nimitz armiya ofitseri boʻlish umidida West Pointga murojaat qilgan, ammo hech qanday natija boʻlmagan. Uning kongressmeni James L. Slayden unga Qoʻshma Shtatlar Harbiy-dengiz akademiyasida bitta ofitser oʻni borligini va uni eng yaxshi malakali nomzod sifatida koʻrsatishini aytgan. Nimitz bu uning qoʻshimcha taʼlim olishi uchun yagona imkoniyati ekanligini his qilgan. U 1901-yilda Texasning 12-kongress okrugidan Harbiy-dengiz akademiyasiga tayinlangan va 1905-yil 30-yanvarda 11-sinfni tamomlagan.
Vafoti link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/05/Chester_Nimitz_headstone_front.JPG/170px-Chester_Nimitz_headstone_front.JPG|thumb|Oltin darvoza milliy qabristonidagi Nimitzning qabri 1965-yil oxirida Nimitz pnevmoniya bilan asoratlangan insultni boshdan kechiradi. 1966-yil yanvar oyida u Oklenddagi AQSh harbiy-dengiz kasalxonasini (Oak Knoll) tark etib, uyiga qaytadi. U 20-fevral kuni kechqurun San-Fransisko koʻrfazidagi Yerba Buena orolidagi uyida, 81 yoshga toʻlishidan toʻrt kun oldin vafot etadi. Uning dafn marosimi 24-fevral kuni — 81 yoshga toʻlgan kuni — qoʻshni dengiz stansiyasi Treasure orolining ibodatxonasida boʻlib oʻtadi va Nimitz San-Brunodagi Oltin darvoza milliy qabristoniga toʻliq harbiy sharaf bilan dafn qilinadiPotter. — p.472.Borneman. .
Harbiy darajalari
70x70pxAmerika Qoʻshma Shtatlari dengiz akademiyasi harbiy kemachisi - 1905-yil yanvar
Ensin Kichik leytenant Leytenant Komandir leytenanti Komandir Kapitan O-1 O-2 O-3 O-4 O-5 O-6103x103px103x103px103x103px103x103px103x103px103x103px 1907-yil 7-yanvar Bu darajani olmagan 1910-yil 31-yanvar 1916-yil 29-avgust 1918-yil 1-fevral 1927-yil 2-iyun Komodor Kontradmiral Vitse-admiral Admiral Flot admirali O-7 O-8 O-9 O-10 Maxsus daraja103x103px103x103px103x103px103x103px103x103px Bu darajani olmagan 1938-yil 23-iyun Bu darajani olmagan 1941-yil 31-dekabr 1944-yil 19-dekabr
Nimitz hech qachon kichik leytenant unvoniga ega boʻlmagan, chunki u ensin sifatida uch yillik xizmat qilganidan soʻng toʻliq leytenant etib tayinlangan. Maʻmuriy sabablarga koʻra, Nimitzning dengiz flotida u xuddi shu kuni kichik leytenant va leytenant unvoniga koʻtarilgan. Nimitz toʻgʻridan-toʻgʻri kapitanlikdan kontradmiral darajasiga koʻtarilgan. Nimitz xizmati davomida faqat kontradmiral unvoni mavjud boʻlgan, keyinchalik komodor unvoni qoʻshilgan. Kongressning buyrugʻi bilan u vitse-admiral unvonini oʻtkazib yuboradi va 1941-yil dekabrda admiral boʻladi. Nimitzning flot admirali unvoni 1946-yil 13-mayda Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-dengiz kuchlari tomonidan umrbodga berilganArchival service record of Chester Nimitz, „Awards and dates of rank“, National Personnel Records Center, released 2008.
110x110px Submarine Warfare belgisi Harbiy dengiz flotining uchta oltin yulduzli xizmatlari uchun medali60x60px Harbiy xizmat uchun medal60x60px Hayotni qutqaruvchi kumush medali Birinchi jahon urushidagi gʻalaba medali dengiz floti kotibi yulduzi bilan60x60px Amerika mudofaa xizmati medali60x60px Osiyo-Tinch okeani medali60x60px Ikkinchi jahon urushi gʻalaba medali Xizmat yulduzi bilan Milliy Mudofaa xizmati medali
Xorijiy mukofotlar
Orderlar 60x60px Birlashgan Qirollik — Bath ordeni 60x60px Fransiya — Faxriy legion ordeni (fransuzcha: Grand-Officier de la Légion d’honneur)60x60px Niderlandiya — Orange-Nassau ordeni (Gollandiya: Ridder Grootkruis in de Orde van Oranje Nassau)60x60px Gretsiya — George I ordeni60x60px Xitoy — Pao Tingning Grand Kordoni (Tripod) maxsus klassi60x60px Gvatemala — Birinchi darajali harbiy xizmatlari uchun (ispancha: La Cruz del Merito Militar de Primera Clase)60x60px Kuba — Carlos Manuel de Sespedes ordeni60x60px Argentina — ozod qiluvchi general San Martin ordeni (ispancha: Orden del Libertador San Martin)60x60px Ekvador — Abdon Kalderon ordeni (1-darajali)60x60px Belgiya — Toj ordeni (fransuzcha: Grand Croix de l’ordre de la Couronne avec palme)60x60px Italiya — Italiya Harbiy ordeni (italyancha: Cavaliere di Gran Croce)60x60px Braziliya — Dengiz xizmatlari uchun ordeni (portugalcha: Ordem do Mérito Naval)
Koʻkrak nishonlari 60x60px Filippin — Filippin Jasorat medali60x60px Belgiya — Croix de guerre (fransuzcha: Croix de Guerre Avec Palme)
Xizmat medallari 60x60px Buyuk Britaniya — Tinch okeani yulduzi Filippin — bitta bronza xizmat yulduzi bilan ozodlik medali
Manbalar
Turkum:1966-yilda vafot etganlar Turkum:1885-yilda tugʻilganlar