Linzey Louise Cocker(1987-yil 19-mayda tugʻilgan) britaniyalik aktrisa, BBC Three komediya-drama seriali Drop Dead Gorgeous dagi Jade Webb, 2008-yilda Wild Child filmidagi Josie va Waterloo Roaddagi Jess Fisher rollari bilan mashhur. Linzeyning 2011- va 2021-yillarda tugʻilgan ikki nafar farzandi bor va u Janubiy Xitoyning sobiq professional futbolchisi Adam Chi Keung Tse bilan unashtirilgan.
Yoshligi Boʻlajak aktrisa Eccles shahridagi Wentworth oʻrta maktabida (hozirgi Ellesmere Park oʻrta maktabi) tahsil olgan.
Faoliyati Drop Dead Gorgeous filmida Cockerning obrazi Ashley Webbning birodar egizagidir. Jade mashhur va xarizmatik singil boʻlganligi sababli, uyatchan opasining model sifatida tez muvaffaqiyat qozonishiga moslashish qiyin boʻladi, Jade har doim oʻzi model boʻlishni xohlagan, shuning uchun opasiga modellik ishi taklif qilinganida, bu ularning oilasi hayotini oʻzgartiradi. U, shuningdek, aktrisa Emma Roberts bilan Wild Childda va Jean-Claudr Van Damme bilan birga Enemies Closer filmlarida suratga tushgan.
Cocker shuningdek, BBC seriali, Waterloo Roadda uning ekrandagi onasi va yangi bosh oʻqituvchisi Karen Fisher rolini oʻynaydigan sobiq Silent Witness filmi aktrisasi Amanda Burton bilan birga yangi shogird Jess Fisher rolini oʻynadi. Aktrisa, shuningdek, BBC komedik dramasi White Gold.da Sem Swan obrazini gavdalantiradi. 2020-yilda u BBC One drama seriali Our Girlda Marie rolini oʻynadi, u yerda Georgie Lanening singlisi va Fingersning bevasi rolini oʻynadi.
Filmografiyasi +FilmlardaYilSarlavhaRol2008Clash of the SantasBrooke2008Wild ChildJosie2008Is Anybody There?Tanya2009SalvageJodie20104.3.2.1.Gwen2010McQueenBecky2013Enemies CloserKayla +Televizion rollariYilSarlavhaRol2004ConvictionMiriam Payne2006Drop Dead GorgeousJade Webb2006ShamelessZadie2006The Innocence ProjectRhiannan Hayes2006Northern LightsBrooke Armstrong2006The StreetLeanne McEvoy2007City LightsBrooke Armstrong/Sarah Shearer2010-2011Waterloo RoadJess Fisher2012LeavingKelly2014In the FleshHaley2015The MusketeersJeanne (epizod: 2.5 „The Return“)2016-2020Our Girl Marie Lane2017Tina and Bobby (mini-series)Kathy Peters2017-2019White GoldSam Swan
Manbalar
Havolalar
Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar