Ba Jin (; taxallusi - Li Yaotang, ) — 1904—2005-yillarda yashab ijod etgan xitoy yozuvchisi. 26 jildlik asarlar toʻplami chop etilgan. Ba Jin 1904-yil 25-noyabrda Sichuan provinsiyasining Chengdu shahrida badavlat oilada tavallud topgan. Uning otasi Sichuan shimolida qozilik qilgan. Oilasi juda katta boʻlib, xonadonida 80 dan 100 gacha odam, jumladan, bobosi, jiyanlari va xizmatkorlari yashagan. Onasi ilmli ayol boʻlgan. Farzandlarini sheʼriyatga, adabiyotga qiziqtirgan va ularning taʼlim olishi uchun maxsus oʻqituvchilar yollangan.

1920-yilda boʻlajak yozuvchi Chengdudagi chet tillar maktabiga qabul qilindi. 1921-yil aprel oyida U taxallusi ostida „Qanday qilib chinakam erkin va teng imkoniyatli jamiyatni qurish mumkin?“ nomli birinchi maqolasi chop etildi.15 yoshida anarxistik siyosiy harakatga qoʻshildi. Unga anarxist mualliflar, ayniqsa, Pyotr Kropotkin va Emma Goldman kuchli taʼsir koʻrsatdi. Shu sababli Aleksandr Berkman bilan uchrashdi, Sakko va Vanzetti bilan Birdamlik kampaniyasida qatnashib, Pyotr Kropotkin, Emma Goldman, Rudolf Roker asarlarini xitoy tiliga tarjima qildi. Hatto oʻz taxallusini anarxist mualliflar Mixail Bakunin (Ba) va Pyotr Kropotkin (kin = Jin) ismlarining ikki boʻgʻinidan oldi. 1923-yilda Nankin milliy institutiga oʻqishga kirdi. 1927—1928-yillarda Fransiyada, 1934—1935-yillarda Yaponiyada tahsil olgan. 1944-yilda rus adabiyoti namoyondalari, jumladan, Pushkin va Turgenev asarlarini xitoy tiliga tarjima qilgan. Syao Shan ismli qizga uylangan. 1957-yil iyul oyidan u „Shouho“ adabiy jurnalining bosh muharriri boʻlib ishlagan. 1960-yil avgust oyida esa Butun Xitoy adabiyoti va sanʼati federatsiyasi raisi oʻrinbosari etib saylandi. “Madaniy inqilob” davrida unga “aksilinqilobiy” tamgʻasi qoʻyilgan va kanal tozalash brigadasida “qayta tarbiyalangan”. 1977-yilda reabilitatsiya qilingan.1979-yilda Xitoy Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari etib saylangan boʻlsa, 1985 - yildan 2005 - yilgacha unga raislik qilgan. Umrining soʻnggi yillarida parkinson kasalligidan aziyat chekkan. 2005-yil 17-oktyabrda Ba Jin 100 yoshida Shanxay kasalxonasida vafot etdi. Yozuvchi shuhrati 4-may harakati, yaʼni til va madaniyat sohasidagi islohotlar taʼsirida ortib borgan. Uning sodda va ravon uslubi asarlarining barcha uchun birdek sevimli boʻlishini taʼminladi. Yozuvchining ilk yirik asari “Sayohat paytidagi yozuvlar”dir. Ba Jin taxallusi ostida chiqqan birinchi asari esa 1929-yilda yozilgan boʻlib, „Halokat“ (roman) nomi bilan chop etilgan. Uning ijodida koʻproq XX asr birinchi yarmidagi Xitoy siyosiy hayotidagi voqeliklar va ijtimoiy islohotlar aks etgan. Biroq bundan tashqari jahon adabiyoti anʼanalari elementlarini ham uchratish mumkin. Masalan, adib “Maratning oʻlimi”, “Dantonning qaygʻusi”, “Robespyerning siri” qissalarida fransuz inqilobi mavzusiga murojaat qiladi.

Yozuvchining Gʻarbda mashhur boʻlgan asarlaridan biri 1931-yilda yozilgan “Oila” romani hisoblanadi. Bu asar „Shoshqin oqim“ deb nomlangan trilogiyaning bir qismi boʻlib, “Bahor” va “Kuz” boblaridan iboratdir. Roman avtobiografik xarakterga ega, unda yozuvchining bolaligi, oilasi va u bilan bogʻliq xotiralar tasvirlangan. Romanning markaziy mavzusi avtoritar otaning oilasi oʻrtasidagi ziddiyati, shuningdek, anʼanaviy tuzum va yangi jamiyat oʻrtasidagi qarama-qarshiliklardir. Yana bir mashhur asari – “Muhabbat trilogiyasi” boʻlib, unga “Tuman”, “Yomgʻir”, “Chaqmoq” (1931—1933) qissalari kiradi. 1978—1984-yillarda «Duma» («Suyanlu») nomi ostida birlashtirilgan 5 ta publitsistik ocherklar toʻplamini yaratdi. Unda daho yozuvchining jamiyatdagi oʻzgarishlarga, oʻziga qadrdon insonlarga qarata bildirilgan chuqur tanqidiy mulohazalari aks etgan.

Asarlari Hikoyalar toʻplamlari

Qasos, 1931-yil Elektr stul, 1933-yil Xudolar, arvohlar va odamlar, 1935-yil Momaqaldiroq, 1937-yil Kichik odamlar, kichik voqealar 1943 Qahramonlik eʼlonlari, 1953-yil

Romanlari Oʻlim, 1929-yil Sevgi trilogiyasi Tuman, 1931-yil Yomgʻir, 1933-yil Chaqmoq, 1935-yil Dengiz sayohati paytida eslatmalar, 1932-yil Konchilar, 1933-yil Shoshayotgan oqim trilogiyasi Oila, 1933-yil Bahor, 1938-yil Kuz, 1940-yil Toʻrtinchi palata, 1946-yil Sovuq kecha, 1947-yil

Avtobiografik asarlari Ba Jin: Avtobiografiya Bolalikni eslash, 1984-yil

Ilmiy tadqiqotlari Kapitalizmdan anarxizmgacha, 1930-yil Men ayblayman, 1937-yil Ajdarlar, yoʻlbarslar va itlar, 1941-yil Natsistlarning oʻlim fabrikasi: Osventsim, 1951-yil Qahramonlar orasidagi hayot, 1953-yil Chexov haqida, 1955-yil Boshqa fikrlar, 1995-yil

Faxriy legion ordeni (Fransiya) Xalqlar doʻstligi ordeni (SSSR) Dante mukofoti (1982, Italiya) 1990-yil Fukuoka Osiyo madaniyati mukofoti (Yaponiya) Katta yozuvchilarga hurmat bildirish uchun Osiyo mukofoti

link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c0/%E4%B8%8A%E6%B5%B7%E5%A4%9A%E4%BC%A6%E8%B7%AF%E6%96%87%E5%8C%96%E5%90%8D%E4%BA%BA%E8%A1%97%E5%B7%B4%E9%87%91%E8%B6%B3%E5%8D%B0.JPG/220px-%E4%B8%8A%E6%B5%B7%E5%A4%9A%E4%BC%A6%E8%B7%AF%E6%96%87%E5%8C%96%E5%90%8D%E4%BA%BA%E8%A1%97%E5%B7%B4%E9%87%91%E8%B6%B3%E5%8D%B0.JPG|right|thumb| Shanxayning Dolun koʻchasida Ba Jinning izlari

Yozuvchi umrining soʻnggi yarim asrida yashagan uyda muzey ochilgan. Asteroid 8315 Ba Jin sharafiga nomlangan.

Rus tilidagi nashrlar

Ба Цзинь. Избранное: Сборник / Сост. и предисл. В. Ф. Сорокина; Пер. с кит. — М.: Радуга, 1991. — 432 с. - (Мастера современной прозы). [Содерж.: Холодная ночь: Роман; Повести: Гибель; Туман; Рассказы: Сердце раба; В шахте; Больше пятидесяти; Падение; Пагода долголетия; Марсельские ночи; Мона Лиза; Скорбь Дантона; Думы, эссе]. - ISBN 5-05-002531-1, 15000 экз. Ба Цзинь. Семья: роман. Эссе. / пер. с кит. В.В. Петрова, Д.Н. Воскресенского. – М.: ИВЛ, 2016. — 381 с. (Библиотека китайской литературы)

Petrov V., Ba Jin ijodi va uning „Oila“ romani, kitobda: Ba Jin, Oila, trans. Kitdan, M., 1956; Nikolskaya L. A. Ba Jin (ijodkorlik eskizi) M., 1976-yil. Jeloxovtsev A. N. Ba Jin: vatanparvar yozuvchi // Uzoq Sharq muammolari. 1983-yil. No 4. P.139-148. Gao Man. Ba Jin va rus adabiyoti // Uzoq Sharq muammolari. 2004. No 5. S. 147-155. Olga Lang, Pa Chin va uning yozuvlari: Urushlar orasidagi Xitoy yoshlari (Kembrij, Mass.: Garvard universiteti nashriyoti, 1967). Chen Tan-chen. (1963). Yozuvchi Pa Chin: intervyu. » Xitoy adabiyoti. 6:84-92. Bonnie S. McDougall, Kam Louie (1999): Yigirmanchi asrda Xitoy adabiyoti, Kolumbiya universiteti nashriyoti. Mey-li Chay - Tarjimonning Ba Jinning tarjimai holiga kirishi (2008)

Turkum:Yuz yoshdan oshganlar Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:2005-yilda vafot etganlar Turkum:17-oktabrda vafot etganlar Turkum:1904-yilda tugʻilganlar Turkum:25-noyabrda tugʻilganlar