Huan Shuqin (xitoycha 黃|蜀|芹, pinyin - Huáng shǔ qín 1939-yil 9-sentyabr – 2022-yil 21-aprel) — “ Ayol, jin, inson” (1987) filmi bilan tanilgan xitoylik rejissyor, dramaturg . Bu film tanqidchi va olimlar tomonidan birinchi feministik xitoy filmi deya e'tirof etilgan Kang, Kai. "Beyond New Waves: Gender and Sexuality in Sinophone Women‘s Cinema from the 1980s to the 2000s." PhD Dissertation, University of California, 2015. Shuningdek, “Eng yaxshi rejissyor” va “Eng yaxshi yozuv” nominatsiyasi boʻyicha 8-Oltin xo‘roz mukofoti bilan taqdirlangan. U qariyb oʻttiz yil Xitoyning eng iste'dodli ayol rejissyorlaridan biri sifatida faoliyat yuritgan.

Fortress Besieged ("Qamal qilingan qal'a", 1990) va Sinful Debt ("Gunohkor qarzi", 1995) teleseriallari ham mashhur boʻlgan.

Hayoti va faoliyati Huang Shuqin 1939-yil 9-sentyabrda Shanxayda Jin Yunji oilasida tugʻilgan. Oʻtgan asrning 20-yillarida Angliyada tahsil olgan. Otasining izidan yurgan Huang rejissyor boʻlishni orzu qilgan va o‘sha paytdagi Xitoyning yagona kino maktabi boʻlgan Pekin kino akademiyasining rejissyorlik fakultetini 1964-yilda tamomlaganYu, Wentao (6 May 1990). "Cinema Finds A Superwoman". The Beijing Review. 33 (18): 26.. Shanxay kinostudiyasiga ssenariy nazoratchisi sifatida ishga tayinlangan Ye, Tan; Zhu, Yun (2012). Historical Dictionary of Chinese Cinema. Rowman & Littlefield. p. 82. ., biroq madaniy inqilob tufayli faoliyatini to‘xtatishga majbur boʻlgan. Natijada oila ogʻir moliyaviy ahvolga tushib qoladi, Huang onasidan ayriladi. Boʻlajak adib 1966-yil yettinchi may kadrlar maktabi harakatda qatnashganligi uchun izolyatsiya va kuzatuv ostiga olinadi .

Mehnat faoliyati "Madaniy inqilob"dan soʻng rejissyor Xie Jin bilan hamkorlikda “Beshik” (1979) va “Tyanyun tog‘i afsonasi” (1980) filmlarini yaratgan. Uning "Zamonaviy odamlar" filmi keng omma e'tiborini tortgan boʻlsa-da, olim Yingjin Chjanning ta'kidlashicha, adibni rejissyor sifatida "Ayol, jin, inson" asari tanitgan Huangning koʻplab filmlari gender tengligi va ayol ruhiyati muommolarini oʻz ichiga olgan..

Abadiy yoshlik (1983) "Forever Young" ("Abadiy yoshlik", 1983) - 1950-yillarda Xitoy Kommunistik partiyasining dastlabki taraqqiyot davri tasvirlangan film. Film bir-biriga bogʻliq boʻlgan uchta hikoyani qamrab olgan. Jumladan, birinchisi, oʻrta maktabidagi qiz bola oʻquvchilar oʻrtasidagi ijtimoiy ziddiyatni, ikkinchisi, baxtsiz Su Ning va Yang Qiangyun oʻrtasidagi mustahkam doʻstlikni, uchinchisi esa katolik dindor Xu Mali va uning qavmi oʻrtasidagi munosabatlarni tasvirlagan.

Rassom tomonidan ta'qib qilingan ruh (1994) Huang 1990-yillarning boshida, ya'ni Xitoyda bozor iqtisodiyotiga oʻtilgan bir paytda " Rassom tomonidan ta'qib qilingan ruh" asari ustida ishlay boshladi. Unda fohishalik qilayotgan yosh ayol Pan Yuliangning oxir-oqibat taniqli Xitoy ta'lim muassasasi professori va mohir rassomga aylanganligi hikoya qilingan.

Manbalar:

Turkum:2022-yilda vafot etganlar Turkum:1939-yilda tugʻilganlar