link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e7/The_Ronettes_1966.JPG/280px-The_Ronettes_1966.JPG|thumb|350x350px|The Ronettes, 1966-yil The Ronettes — 1959-yilda opa-singillar Ronnie Spector Bennet () va Estelle Bennet () tomonidan tuzilgan rok’nʼroll, pop guruhi. Musiqiy prodyuser Phil Spector () bilan hamkorlikdan soʻng guruh mashhurlikka erishadi.
Tarixi 1959-yilda opa-singillar Ronnie Spector Bennet va Estelle Bennet hamda ularning amakivachchasi Nedra Talley (talaffuzi: Nedra Telli) bilan birgalikda „The Darling Sisters“ nomi ostida isteʼdodlar tanlovida gʻalaba qozonishadi. Natijada ularning musiqiy ijodiga ovoz yozish kompaniyalari qiziqib qolishadi va 1961-yilda guruh oʻzining birinchi qo‘shig‘i My Darling Angelni chiqarishadi. Tez orada guruh nomini „The Ronettes“ ga oʻzgartirishadi. 1963-yilda musiqiy prodyuser Phil Spector () bilan hamkorlik qila boshlashadi. Spector guruh qizlarining imijini „asalari uyasi“ni eslatadigan soch turmagi ega, tor yubka kiyadigan „yomon qizlar“ obraziga oʻzgartiradi. Ularning hammualliflikdagi birinchi qoʻshigʻi Be My Baby Spector tomonidan „Wall of Sound“ () musiqaviy texnika yordamida yozilgan. Bu qoʻshiq xalqaro mashhurlikni egallab, AQSh xit-paradida 2-oʻrinni, Buyuk Britaniya xit-paradida 4-oʻrinni egallaydi. Undan keyingi mashhurlikni AQSh xit-paradida 24-oʻrinni, Buyuk Britaniya xit-paradida 11-oʻrinni olgan Baby I Love you qoʻshigʻi egallagan . Oʻnlab qoʻshiqlar, shunigdek, uchta musiqiy albomlar muallifi boʻlgan guruh 1966-yilda tarqab ketadi.
1968-yilda Ronnie Spector Bennet Phil Spectorga turmushga chiqadi. U oʻzining musiqiy faoliyatini davom ettiradi va bir necha vaqt davomida ikkita uangi xonandalar bilan birga „Ronnie and the Ronettes“ guruhida faoliyat yuritadi.
Mukofotlari 2007-yilda „The Ronettes“ guruhi nomi „The Vocal Group Hall of Fame“ ()ga kiritiladi. Be My Baby qoʻshigʻi esa „The Rock and Roll Hall of Fame“ () hamda „Rolling Stone jurnalining tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar roʻyxati“ga kiritiladi.
Guruh tarkibi
Veronica „Ronnie“ Yvette Bennett (1943-yil 10-avgust — 2022-yil 12-yanvar) Estelle Bennet (1941-yil 22-iyul — 2009-yil 11-fevral) Nedra Talley (1946-yil 27-yanvarda tugʻilgan) Laverne „Chip“ Fields (1951-yil 5-avgustda tugʻilgan) Elaine Mayes Denise Edwards Diane Linton
Diskografiyasi
Qoʻshiqlari
1961 — My Darling Angel 1961 — I Want a Boy 1962 — Silhouettes 1962 — I’m Gonna Quit While I’m Ahead 1962 — The Memory 1963 — Be My Baby 1963 — Baby I Love You 1964 — (The Best Part Of) Breakinʼ Up 1964 — Do I Love You? 1964 — (Walking) In The Rain 1965 — Born To Be Together 1965 — Is This What I Get For Loving You? 1965 — He Did It 1966 — I Can Hear Music 1969 — You Came, You Saw, You Conquered! 1973 — Go Out and Get It 1974 — I Wish I Never Saw The Sunshine 1976 — Paradise
Musiqiy albomlari
1963 — A Christmas Gift for You 1964 — Presenting the Fabulous Ronettes Featuring Veronica 1965 — The Ronettes featuring Veronica
Manbalar
Havolalar
The Ronettes at the Vocal Group Hall of Fame
Turkum:Musiqa Turkum:Ingliz musiqiy guruhlari Turkum:Amerika pop guruhlari