Qarajeri — Buxoro viloyati, Buxoro tumanidagi qishloq. Qarajeri „qorajoʻxori“ atamasining buzilgan shakli hisoblanadi. Chorva mollari uchun qora joʻxori ekini etishtiradigan qishloq. Boshqa maʼnoni berishi toʻgʻrisidagi rivoyatga koʻra, uning paydo boʻlishi amir choʻrisi bilan bogʻliq. Amirga beminnat xizmat qilib eʼzozga erishgan qora tanli choʻriga hukmdor tarafidan qishloq maydonlari inʼom qilingan. Mazkur joy „qora choʻrining yerlari“ deb atala boshlagan va zamonlar oʻtishi bilan „qorajeri“ga aylangan.
Manbalar
Turkum:Buxoro viloyati Turkum:Buxoro tumani Turkum:Buxoro viloyati qishloqlari