Loyiha sahfasini koʻrish uchun Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiOromgoh, Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiOromgoh 2-mavsum, Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiOromgoh 3-mavsum va Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiOromgoh 4-mavsum sahifalariga oʻting
WikiOromgoh – Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan „WikiStipendiya“ marafoni doirasida oʻtkazilgan tadbir boʻlib, u bir hafta davomida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Yoshlar ishlari agentligiga qarashli oromgohda oʻtkazilgan. Eʼlon qilinishi 2022-yil 19-iyul kuni Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev oʻzining telegram ijtimoiy tarmogʻidagi kanalida «WikiStipendiya» marafoni doirasida oʻtkaziladigan Wikioromgoh loyihasi haqida eʼlon qiladi va quyidagicha xabar qoldiradi:
Saralash Yuqorida keltirilgan shartlarni bajargan foydalanuvchilar saralab olindi va guruhlarga boʻlindi.
Tashkilotchilar + Tashkilotchilar FIOlavozimMehrinoz AbbosovaYIA direktori maslahatchisiKoordinatorlarShohrux RahimboyevKoordinatorGulbegim XolmirzayevaKoordinatorSadriddin Shamsiddinov1-guruhMurad Yuldashev2-guruhShohista Qayumova3-guruhShohrux Usmonov4-guruhMohira Eshpoʻlatova5-guruhAsadbek Murtazaev6-guruhOtabek Rasulov7-guruhHilola Joʻrakulova8-guruhBoshqa koordinatorlarSohibjamol BozorovaBekzod ToʻyqulovIlyos ShodiyevOrifjon Olimjanov Ushbu loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi bosh tashkilotchi vazifasini bajardi. Shuningdek, unga hamkorlikda AOKA, RYIK va Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi koʻmaklashishdi. thumb|left|350px|Agentlikdagi uchrashuv. 1-avgust 2022-yil.
Oromgoh haqida
Yoshlar oromgohi Toshkent shahridan 110 km uzoqlikda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashganhttps://www.facebook.com/Chimyon. Yoshlar. Oromgohi/. Oromgoh togʻ yonbagʻrida joylashgan boʻlib, maydoni 10 gektardan oshiq. Oromgohda 10 dan oshiq yotoqxona, oshxona, yozgi basseyn, amfiteatr, basketbol, futbol maydonlari, trenajyor zallari mavjud.
Tadbirlar YIAdagi uchrashuv
Ochilish marosimi Mahorat darslari Oʻzbek tilidagi vikipediya administratorlari Nodir Atayev, Mirzoulugʻbek Karimov, Aziz Sharipov, Jamshid Nurqulov, Umar Rahimov, Nikolay Artemovlar guruhlarga boʻlingan holda vikipediyaning yangi foydalanuvchilariga mahorat darslari oʻtib berishdi.
Zakovat WikiMehmonlar Ushbu loyiha doirasida oromgohga taniqli ijodkorlar, blogerlar, ishbilarmonlar tashrif buyurib, oromgoh ishtirokchilari bilan bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Ular quyidagilar: Ulugʻbek Ismatov – Loyihalar boshqaruvi markazi rahbari; Saida Rashidova – yozuvchi, Oʻzbek tili maktabi asoschisi; Shuhrat Daryo – xonanda, "Nihol" mukofoti sovrindori; Iroda Karimova – "Puma" shirkati xodimi (Zoom orqali); Shahnoza Soatova – Bloger, Adliya vazirining davlat tili va maʼnaviyat masalalari boʻyicha maslahatchisi.
Erishilgan natijalar
Ushbu loyiha doirasida Oʻzbekistonning turli burchagidan oromgohga kelgan 150 nafar foydalanuvchi qatnashdi. Ular Oʻzbekcha Vikipediyaga 2-avgust soat 00:00 dan 6-avgust 18:00 ga qadar jami 8726 ta yangi maqola yozib kiritishdi. Shulardan 7509 tasi, yaʼni 87,3 foizi oromgoh ishtirokchilari tomonidan yozildi va oʻzbekcha Vikipediya barcha tillardagi Vikipediyalar orasida gruzin va norveg tillaridan oʻtib, 57-pogʻonadan 55-pogʻonaga koʻtarildi.
Yopilish marosimi Yopilish marosimi oromgoh hududidagi amfiteatrda boʻlib oʻtdi. Unda guruhlar oʻz chiqishlari bilan qatnashishdi. Gʻoliblarni taqdirlash Yopilish marosimining soʻnggi qismida taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Unda har bir guruhdan eng koʻp maqola yozgan ishtirokchilarga sovgʻa sifatida notbuklar topshirildi.
Galereya Manbalar
Turkum:WikiStipendiya I marafoni