Aydin Yilmaz (1988-yil 29-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, hozir Chexiya 1 klubida oʻynaydi.
Yoshlik yillari 1988-yil Istanbulda tugʻilgan Aydin Yilmaz 2001-yilda Galatasaroyning oʻsmirlar jamoasiga kirgan, 2002-yilda Danone qoʻl ostida Galatasaroy libosida chempionlik kurashida qatnashgan.
Klubdagi faoliyati
Galatasaroy 2006-yil 22-yanvarda Aydin Superligadagi debyut oʻyinida zaxiradan maydonga tushganidan soʻng „Konyaspor“ga qarshi oʻyinda soʻnggi daqiqada „Galatasaroy“ga gʻalaba keltiruvchi gol muallifiga aylangan. Bu gol 2006-yilgi mashhur „Galatasaroy“ chempionligining poydevor toshlaridan biri sifatida koʻrilgan. 2008-yil 4-iyunda u oʻzining „Galatasaroy“ klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaganAydın Yılmaz ile 5 yıllık sözleşme imzalandı.
Manisaspor 2007\08-yilgi mavsumni Manisasporda ijara asosida oʻtkazgan.
Istanbul BB 2007\08-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida ijara asosida Istanbul BB jamoasida yettita oʻyinda maydonga tushgan.
Eskishehirspor Aydin 2009\10-yilgi mavsumda sotib olish opsiyasi bilan Eskishehirsporga ijaraga berilgan, Eskishehirspor bu imkoniyatdan foydalanmagan va u Galatasaroyga qaytgan.
Galatasaroyga qaytish
2011\12-yilgi mavsum 2011\12-yilgi mavsumining 27-haftasida Mersin İdman Yurduga qarshi oʻyin tarkibiga kiritilgan bu oʻyinda keyinchalik penalti tepgan va jamoasining 3 ochkoni qoʻlga kiritishida eng katta sababchilardan biri boʻlgan.
2012\13-yilgi mavsum Aydin 2012\13-yilgi Superliga mavsumi uchun yaxshi muqobil oʻyinchi sifatida koʻrilgan. U 17 liga va 2 ta Turkiya kubogida oʻynagan. Jamoaga yangi super yulduzlar Uesli Sneyder va Dide Drogba qoʻshilganidan soʻng, Aydin zaxira oʻrindigʻiga tushib qolgan va u liga oʻyinlarida kamroq daqiqalar oʻtkaza boshlagan. U shuningdek, Chempionlar Ligasidagi „Sporting Braga“ga qarshi uy va safar oʻyinlarida jamoasini himoya qilgan va Aydin Municipal stadionida muhim golni urgan, bu Galatasaroyning pley-off bosqichiga chiqishini kafolatlagan.
Xalqaro faoliyati Aydin 2005-yili Peruda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 4-oʻrinni egallagan Turkiya U-17 terma jamoasida oʻynagan. 2008-yilning 4-oktyabrida u Bosniya va Estoniyaga qarshi oʻynash uchun Turkiyaga terma jamaosidan chaqiruv olgan.
Aydin 2012-yil 16-oktabrda 2014-yilgi Jahon chempionati saralashida Vengriyaga qarshi oʻyinda Turkiya terma jamoasi safida debyut qilgan.
Yutuqlar
Galatasaroy
Superliga (4): 2005-06, 2011-12, 2012-13, 2014-15 Turkiya kubogi (2): 2013-14, 2014-15 Super Kupa (3): 2008, 2012, 2013
Faoliyat statistikasi
Klub KlubMavsumLigaKubokSuper kubokYevropaJamiOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarGalatasaray2005-0612121—001422006-0730101010602008-0915132—202032009-1011020—401702010-1119150—112522011-1215220——1722012-131702110312322013-14604000101102014-151030000040Jami9952442012213711Manisaspor (Ijara)2007-080000——00Jami0000——00İstanbul B.B. (Ijara)2007-087000——70Jami7000——70Eskişehirspor (Ijara)2009-109000——90Jami9000——90Karyerada jami11552442012215311
Xalqaro Turkiya terma jamoasi YilOʻyinlarGollar 2012-yil 1 0 Jami 1 0
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar