Dvorkovich Arkadiy Vladimirovich (1972-yil 26-martda Moskvada tugʻilgan) — rossiyalik davlat arbobi va iqtisodchisi. Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti (2018-yil 3-oktyabrdan). „Rosselxozbank“ OAJ Kuzatuv kengashi raisi (2017-yil 1-sentyabrdan).

Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining oʻrinbosari (2012-yil 21-maydan 2018-yil 18-maygacha), Rossiya temir yoʻllari («RJD» OAJ) direktorlar kengashi raisi (2015–2018), Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi (2008-yil 13-maydan 2012-yil 21-maygacha) boʻlib ishlagan.

Dvorkovich 2018-yilda Rossiya hukumati bosh vaziri oʻrinbosari lavozimidan isteʼfoga chiqqanidan soʻng, bir qator shov-shuvli voqealarning bosh figurantiga aylandi va matbuotda u haqda keng muhokamalar qilindi.

Biografiyasi 1972-yil 26-martda Moskvada xalqaro shaxmat hakami Vladimir Yakovlevich Dvorkovich (1937–2005) va Galina Lvovna Dvorkovich oilasida tugʻilgan.

Moskva shahridagi matematika va amaliy matematika yo‘nalishini chuqurlashtirib oʻrgatuvchi 444-sonli o‘rta maktabni tugatgan. MDUning Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. M. V. Lomonosov nomidagi MDUning Iqtisodiy kibernetika fakultetini (1994) va shu bilan bir vaqtda Rossiya Iqtisodiyot maktabini iqtisod magistri sifatida tamomlagan (1994). Dyuk universitetining (Shimoliy Karolina, AQSh) iqtisod magistri darajasiga ega (1997). U Moskva davlat universitetida boʻlajak tadbirkor Ziyovuddin Magomedov bilan birga oʻqigan va u bilan ASU yotoqxonasida bir xonada yashagan.

Ekspertlik ishi 1994-yildan boshlab Rossiya Moliya vazirligining Makroiqtisodiy siyosat departamenti bilan bogʻliq bir qator odamlarni birlashtirgan «Iqtisodiy ekspertlar guruhi» YoAJning maslahatchisi, katta eksperti, bosh direktori, ilmiy direktori boʻlib ishlagan. Byudjet daromadlarini prognozlash bilan shugʻullangan, XVF bilan muzokaralarda ishtirok etgan.

2000-yildan boshlab German Gref qoʻl ostida „Strategik Tadqiqotlar Markazi“ (STM) eksperti boʻlib ishlab, u yerda byudjet va soliq siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etgan. 2000-yil mart oyida u Yegor Gaydar va Yevgeniy Yasin tomonidan „Liberal Missiya“ jamgʻarmasi tomonidan tayyorlangan „XXI asrning birinchi oʻn yilligida Rossiyaning iqtisodiy strategiyasi“ning (Yevgeniy Yasin, Sergey Aleksashenko va Yevgeniy Gavrilenkov bilan birgalikda) hammuallifi boʻldi. Ushbu ishning ayrim qoidalari Strategik tadqiqotlar markazida tayyorlangan hukumat dasturiga oʻtkazildi. „Kommersant“ gazetasining yozishicha, Dvorkovich ishtirok etgan ushbu dastur Aleksey Ulyukaev, Sergey Sinelnikov, Mixail Dmitriev, Oleg Vyugin, Mixail Krasnov tomonidan „qatʼiy maxfiylik“ asosida tayyorlangan. XVJ rasmiylari „Chikago maktabi“ uslubida yozilgan ushbu dasturni XVJ rahbarlari kuzatib borishgan. Dvorkovich dasturning soliqqa oid qismi uchun masʼul edi.

Davlat xizmati thumb|270px|«G20» sammiti. Dmitriy Medvedev va uning yordamchisi Arkadiy Dvorkovich. 25-sentabr, 2009-yil. Pitsburg 2000-yil avgustdan boshlab Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri German Grefning maslahatchisi boʻlib ishladi. 2001-yil 26-martda kuni hukumat rahbari Mixail Kasyanovning buyrugʻi bilan Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. U shu kuni 29 yoshga toʻlgan edi. U 13 foizlik daromad soligʻi miqdoridagi tekis shkalasini joriy etish bilan soliq islohotlarni ishlab chiqqanlardan biri edi.

2004-yil apreldan boshlab Rossiya Prezidentining Ekspertlar boʻlimi boshligʻi, 2004-yil 2-sentyabrdan esa „Uy-joy ipoteka krediti agentligi“ OAJ Kuzatuv kengashi raisi etib tayinlandi.

2008-yil 13-maydan — Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevning yordamchisi, 19-maydan boshlab Rossiya Prezidentining bir guruh yetakchi sanoat davlatlari ishlari va Katta Sakkizlikka aʼzo boʻlgan mamlakatlar (G8) vakillari bilan aloqalar boʻyicha vakili etib tayinlandi.

2009-yil 31-dekabrda Prezident Medvedevning buyrugʻi bilan tadqiqot va ishlanmalarni rivojlantirish va ularning natijalarini tijoratlashtirish uchun hududiy jihatdan alohida kompleks yaratish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi tarkibiga kiritildi.

2010-yildan Dvorkovich Skolkovo jamgʻarmasi vasiylik kengashi aʼzosi hisoblanadi.

2011-yil sentyabr oyida Putinning prezidentlik saylovlarida qatnashish qarori haqida oʻzining twitterida salbiy tvit yozdi. 2010-yilda Dvorkovich, BBCga bergan interyusida U Medvedev „ikkinchi muddatga qolishni istayotgani“ haqida fikr bildiradi. Rossiya iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va texnologik rivojlantirish komissiyasining kotibi ham boʻlgan.

2012-yil 21-mayda Dvorkovich Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi (yoqilgʻi-energetika kompleksini boshqargan). 4-iyuldan esa oziq-ovqat bozorlari monitoringi bo‘yicha hukumat komissiyasi raisi etib tayinlandiArkadiy Dvorkovich vozglavil komissiyu po monitoringu prodovolstvennix rinkov // Delovoy Peterburg — 2012. — 04 iyulya..

2015-yil 22-iyunda Dvorkovich „Rossiya temir yoʻllari“ direktorlar kengashi raisi etib tayinlanadi. 2018-yil iyun oyida Rossiya hukumatidagi lavozimidan boʻshatilganligi sababli bu lavozimni ham tark etadi. Uning mutaxassislar tomonidan temir yoʻl sohasi boʻyicha mutaxassis emasligi va tegishli maʼlumotga ega boʻlmagan holda ushbu sohada rahbarlik qilishi «yetarli darajada malakali va samarali emas» deb baholangan. Xususan, uzoq muddat davomida Rossiya boʻylab yuklarni, shu jumladan strategik yuklarni tashish uchun vagonlarning surunkali ravishda yetishmasligi, Moskva-Qozon tezyurar temir yoʻl liniyasini qurish boʻyicha davlat rejalarining buzilishiga sababchi sifatida tanqid qilingan.

2018-yil 24-yanvarda Bloomberg telekanalida shunday degan edi:

2018-yilning 25-yanvarida Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida Rossiyaning SWIFT banklararo tizimidan uzilishi ehtimolini izohlar ekan, u shunday dedi:

2018-yil may oyida Putinning prezidentlik inauguratsiyasidan so‘ng Dvorkovich yangi hukumat tarkibiga kiritilmadi, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlagan paytidagi ko‘plab lavozimlarini ham tark etdi. Rossiya temir yoʻllari direktorlar kengashi raisi boʻlishni toʻxtatishiga qaramay, Dvorkovich, direktorlar kengashi aʼzosi, kadrlar va mukofot pullari qoʻmitasining raisi boʻlib qoldi.

Boshqa tashkilotlardagi lavozimlar thumb|280px|«G8» sammitining afrika mamlakatlari yetakchilari bilan kengaytirilgan formatda oʻtkazilgan ishchi majlisi. Chapdan oʻngga: Germaniya kansleri Angela Merkel, Nigeriya prezidenti Umar Musa, Rossiya prezidenti yordamchisi Arkadiy Dvorkovich hamda Dmitriy Medvedov. Toyako-Onsen, Xokkaydo, Yaponiya. 2008-yil, iyul oyi. 2006-yildan Rossiya futbol ittifoqi boshqaruvi aʼzosi, Rossiya futbolini rivojlantirish dasturlari rahbari.

2007-yildan — Rossiya shaxmat federatsiyasining (RShF) birinchi vitse-prezidenti, RShFda bolalar shaxmatini rivojlantirish, Rossiyada shaxmatni rivojlantirish uchun moliyaviy yordamni ragʻbatlantirish va yaxshilashni nazorat qildi. 2009-yilda Dmitriy Medvedev davlat lavozimlari va sport federatsiyalaridagi lavozimlarni birlashtirishga qarshi chiqqanida, u isteʼfoga chiqdi. 2010-yilda u RShF Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi.

2010-2014-yillarda — Rossiya shaxmat federatsiyasi Kuzatuv kengashi raisi.

2015-yil iyul oyidan buyon Dvorkovich Rossiya Iqtisodiyot maktabi direktorlar kengashi raisiDvorkovich vozglavil sovet direktorov perejivayuщey trudnosti RESh.

2017-yil 1-sentyabrdan boshlab „Rosselxozbank“ OAJ Kuzatuv kengashining raisi boʻldi. U ushbu lavozimda Aleksandr Tkachev oʻrnini egalladi.

2020-yil martgacha Rossiya temir yoʻllari direktorlar kengashi aʼzosi, kadrlar va mukofot pullari qoʻmitasi raisi.

Isteʼfoga chiqqach 2018-yil 18-mayda Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining oʻrinbosari davlat lavozimini tark etgach, Dvorkovich Skolkovo jamgʻarmasi hamraisi etib saylandi.

2022-yil mart oyida Amerikaning „Mother Jones“ jurnaliga bergan intervyusida u Rossiyaning Ukrainaga harbiy bosqinini tanqid qildi, mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilishni yoqladi va Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni „qaxshatkich, ammo maʼnosiz“ deb atadi. Koʻp oʻtmay, „Yedinaya Rossiya“ () Bosh kengashi kotibi Andrey Turchak uni „milliy xoin“ deb atadi va uni Skolkovodan ishdan boʻshatish bilan tahdid qildi. Turchakning ushbu bayonotlaridan bir kun oʻtib, Dvorkovich „Skolkovo“ („Skolkovo“) jamgʻarmasi raisi lavozimini tark etishga qaror qildi.

FIDE prezidenti thumb|270px| Arkady Dvorkovich Vladislav Kovalev va uning raqibi Vladimir Kramnik (chapda) oʻrtasidagi baxsni oʻzining ilk yurishi bilan boshlab bermoqda. Dortmund, 2018-yil. thumb|235px|2022-yilgi FIDE prezidentligi uchun ovoz berish jarayonidan avval o‘zining nomzodini qaytarib olgan Bachar Kouatly. 2018-yil 3-oktyabrda Dvorkovich Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti etib saylandi. Qayta saylanishi 2022-yil 7-avgustda Hindstonning Chennay shahrida Xalqaro shaxmat fediratsiyasining (FIDE) Bosh assambleyasida federatsiya prezidentligiga boʻlib oʻtgan saylovlarda qayta saylandi.

Dastlab ushbu lavozim uchun uchta nomzod: tashkilotning amaldagi rahbari Arkadiy Dvorkovich (Rossiya), grossmeyster Andrey Baryshpolets (Ukraina) va FIDE birinchi vitse-prezidenti, grossmeyster Bashar Kouatly (Fransiya) kurash olib borishdi. Ovoz berishdan oldin Bachar Kouatly delegatlar uni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamaganini aytib, o‘zining nomzodini qaytarib oldi. Shunday qilib, saylov byulletenida faqat ikkitagina nomzod qoldi.

FIDE nizomiga ko‘ra, yangi prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashirin ovoz berish yo‘li bilan to‘rt yil muddatga saylanishi koʻrsatib oʻtilgan. Har bir aʼzo davlat bitta ovozga ega boʻlib, birinchi turda gʻalaba qozonish uchun 50 % dan ortiq ovoz toʻplash kerak boʻladi.

Markaziy osiyo Davaltlaridan delegat sifatida: Oʻzbekistondan Husan Turdialiev, Qozoqistondan Galim Husayinov, Qirgʻizistondan Bobur Tolbaev, Tojikistondan Hurshid Vatanov, Turkmanistondan Vepa Malikguliyev qatnashishdi. Rossiyalik delegat sifatida Rossiya yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi, grossmeyster Mixail Kobaliya ishtirok etdi.

Bosh Assambleyada 179 delegat ishtirok etdi. Amaldagi prezident Arkadiy Dvorkovich rekord darajadagi qoʻllab-quvvatlovga erishdi. Unga 157 delagat ovoz berdi va u FIDE prezidenti lavozimiga qayta saylandi. Sobiq jahon chempioni Viswanathan Anand (Hindiston) birinchi vitse-prezident lavozimiga saylandi. Ovoz berish natijalari eʼlon qilingandan so‘ng u shunday dedi:

Rossiya shaxmat federatsiyasi prezidenti Andrey Filatov Arkadiy Dvorkovichni yangi muddatga saylangani bilan tabrikladi:

Janjallar 2016-yil noyabr oyida Bosh vazir oʻrinbosari boʻlgan Dvorkovich FXX (ФСБ) tomonidan Ulyukaev ishi boʻyicha „Rosneft“ kompaniyasi rahbari Igor Sechindan katta miqdorda pora olishga tama qilish boʻyicha tergov ostida boʻlgan yuqori martabali federal amaldorlar orasida tilga olindi.

2018-yil noyabr oyida Bosh vazir oʻrinbosari Dvorkovichning uzoq yillik yordamchisi boʻlgan Anastasiya Alekseeva Rossiya hukumati apparatidagi ichki maʼlumotlar, vazirlar va bosh vazir oʻrinbosarlarining rasmiy yozishmalarini ruxsatsiz jurnalistlarga oshkor qilgani uchun ishdan boʻshatilgani maʼlum boʻldi. Ushbu janjalga sabab boʻlgan materiallar jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Dvarkovich 2020-yilda pora olgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.