Cengiz Ünder ((talaffuzi: Chingez Ünder) 1997-yil 14-iyulda tugʻilgan) — Turkiyalik futbolchi, Liga 1 ning „Olympique de Marseille“ klubi va Turkiya milliy terma jamoalarining oʻng qanot yarimhimoyachisi.
Faoliyati
Dastlabki faoliyati Ünder professional faoliyatini „Altinordu FC“ da boshlagan, keyinroq „Başakşehir FC“ga oʻtgan. Başakşehir bilan oʻtkazgan mavsumida Ünder Turkiya Superligasidagi debyut mavsumida 32 oʻyinda 7 ta gol urib, oʻzini liganing eng yaxshi oʻyinchilaridan biri sifatida koʻrsatadi.
Roma thumb| Ünder 2016-yilda İstanbul Başakşehir da oʻynagan 2017-yilning 16-iyulida u 13,4 million yevro toʻlov evaziga „Roma“ futbolchisiga aylanadi. U 2018-yilning 4-fevralida „Roma“ safidagi ilk golini A Seriyada „Hellas Verona“ ga qarshi oʻyinda (1:0) kiritadi Xuddi shu oyda u Chempionlar ligasidagi debyutini gol bilan nishonladi hamda Chempionlar ligasida gol urgan eng yosh turkiyalik futbolchiga aylandi.
Leicester City (ijara) 2020-yil 20-sentyabrda Ünder Premier-leaguening „Leicester City“ klubiga keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga berildi. U oʻz debyutini West Ham United bilan oʻyinda zaxiradan maydonga tushadi va 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchraydi. 25-oktabr kuni u Leicester City uchun birinchi golli hissasini qoʻshdi va u Jeymi Vardining Arsenal ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan goliga assistentlik qiladi, bu esa Leicester Cityning Arsenal maydonidagi 47 yillik kutilgan gʻalabasiga debocha boʻladi. 10-dekabr kuni Ünder UEFA Yevropa Ligasi doirasida Afinaning AEK bilan mezbondagi oʻyinda ilk golini kiritadi.
Olympique Marseille (ijara) Liga 1 klubi Olympique Marseille 2021-yilning 4-iyulida 9 million yevroga evaziga futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.
Milliy jamoada Ünder Turkiya yoshlar milliy futbol jamoasining U18 va U19 toifalarini himoya qilgan. Shuningdek Turkiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol terma jamoasiga ham chaqirilgan edi.
2016-yilning noyabrida Ünder Kosovoga qarshi oʻyin uchun Turkiya terma jamoasiga chaqiruv oladi. U milliy terma jamoadagi birinchi golini 2017-yilning mart oyida Moldova bilan oʻrtoqlik uchrashuvida terma jamoa libosidagi ikkinchi oʻyinida oʻyinida kiritadi.
Munozara Turkiya qurolli kuchlari tomonidan 2018-yilning yanvar oyida Suriya shimolidagi Afrin hujumidan soʻng, 11-fevral kuni A Seriya doirasidagi oʻyinida Romaning Benevento ustidan qozongan gʻalabasidan soʻng, Ünder golni harbiycha uslubda harbiycha salom bilan (chest) bilan nishonlaydi. 2019-yil oktabr oyida Turkiyaning Suriya shimoli-sharqidagi hujumidan soʻng Ünder Twitter’da yuqorida tilga olingan bayram suratini joylashtiradi. Uning bahsli posti ijtimoiy tarmoqlarda Roma muxlislarining tanqidiga sabab boʻladi.
Faoliyat statistikasi
Klub
KlubMavsumLigalarMilliy JamoaLiga KubikEuropeJamiLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAltınordu2014—2015-yilgiTFF First League20560——2652015—2016-yilgi31610——326Jami511170——5811İstanbul Başakşehir2016—2017-yilgiSüper Lig32772—40439Roma2017—2018-yilgiSerie A26710—513282018—2019-yilgi26310—633362019—2020-yilgi18320—30233Jami701340—1448817Leicester City (ijara)2020—2021-yilgiPremier League90210081192Marseille (ijara)2021—2022-yilgiLigue 1321031—1224713Marseille2022-2023-12000—60180Jami441031—1826513Umumiy natija206412340044727352
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Turkiya 2016-yil 1 0 201-yil 6 3 2018-yil 10 1 2019-yil 3 2 2020-yil 6 2 2021-yil 10 3 2022-yil 7 3 Jami 43 14 +Chengiz Ünder tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2017-yil 27-mart Yangi Eskishehir stadioni, Eskishehir, Turkiya 3-0 3-1 Doʻstona 2. 2017-yil 11-iyun Loro Borichi stadioni, Shkoder, Albaniya 2-1 4-1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 3. 2017-yil 13-noyabr Yangi Antaliya stadioni, Antaliya, Turkiya 1-2 2-3 Doʻstona 4. 2018-yil 27-mart Podgoritsa shahar stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya 1-0 2-2 5. 2019-yil 30-may Yangi Antaliya stadioni, Antaliya, Turkiya 1-0 2-1 6. 2019-yil 8-iyun Buyukshehir stadioni, Konya, Turkiya 2-0 2-0 UEFA Evro-2020 saralashi 7. 2020-yil 11-noyabr Vodafone Park, Istanbul, Turkiya 3-3 3-3 Doʻstona 8. 2020-yil 15-noyabr Shukru Saracogʻlu stadioni, Istanbul, Turkiya 2-1 3-2 2020-21 UEFA Millatlar ligasi B 9. 2021-yil 3-iyun Benteler-Arena, Paderborn, Germaniya 2-0 2-0 Doʻstona 10. 2021-yil 1-sentyabr Vodafone Park, Istanbul, Turkiya 1-0 2-2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 11. 2021-yil 7-sentyabr Yoxan Kroyff Arena, Amsterdam, Gollandiya 1-6 1-6 12. 2022-yil 29 mart Buyukshehir stadioni, Konya, Turkiya 1-0 2-3 Doʻstona 13. 2022-yil 4-iyun Boshakshehir Fatih Terim stadioni, Istanbul, Turkiya 1-0 4-0 2022-23 UEFA Millatlar ligasi C 14. 2022-yil 22-sentyabr Boshakshehir Fatih Terim stadioni, Istanbul, Turkiya 1-1 3-3
Yutuqlar
SHaxsiy Mukofotlar
2018-yilda Turkiyada yilning eng yaxshi futbolchisi
Manbalar
Havolalar
Marseille Profile
Cengiz Ünder veb-sayti
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serie A futbolchilari