Mumtaz Sorcar ( ; 1986-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) hind aktrisasi va modeli. U mashhur sehrgar PC Sorkar Junior va Joysri Sorcarning qizi. Mumtaz oʻz faoliyatini Bangladeshlik qoʻshiqchi Mehreen klipida suratga tushushdan boshlagan. U birinchi marta Birsa Dasgupta tomonidan suratga olingan 033 bengal filmida paydo boʻlgan.
Faoliyati Uning debyut filmi Birsha Dasgupta tomonidan suratga olingan 033 edi. U kino faoliyatining dastlabki kunlarida Shoumik Senning No Poblem filmida suratga tushgan. Shundan soʻng u koʻplab Tollivud filmlariga imzo chekdi va gilm hozirda post-prodyuserlikda va 2012-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan.
2010-yil U Bengal tilidagi Musalmanir Galpo (Musulmon qizining hikoyasi) filmida rol oʻynagan. U filmda taniqli dakoit „Madhumallar“ tomonidan oʻgʻirlab ketilgan goʻzal hindu qizi „Kamala“ rolini ijro etgan. Film Rabindranat Tagor yozgan soʻnggi hikoyasiga asoslangan. Filmda Biplab Chatterji uning hamkasblaridan biri edi.
2011-yil 2011-yilda Sunil Gangopadhyayning mashhur Kakababu sarguzasht seriyasiga asoslangan Kolkatar telefilmining Jongole va Rajbarir Raxasya telefilmlarida koʻrilgan. Ushbu telefilmlar Mahua Films tomonidan ishlab chiqarilgan.
2012-yil 2012-yil uning uchun katta muvaffaqiyat bilan, Bhooter Bhabishyat filmi orqali boshlandi. Qattiq romantikaga berilgan yosh qizning „Koel“ obrazi uning faoliyat tojiga yana bir yoqut qoʻshdi. Filming aktyorlari orasida Parambrata Chatterji, Sabyasachi Chakrabarti, Svastika Mukherji va Mir bor edi.
2013-yil U Somnath Senning Atmogopan filmida ham suratga tushgan. Mumtaz „Anu“ obrazini oʻynaydi, Subhash Chatterji esa uning otasini tasvirlagan.
2016-yil Mumtoz Dark Chocolate filmida Payal Mukherjee rolini ijro etgan.
2020-yil Tamil filmi C/O Kaadhal-da Mumtaz musulmon qiz Salima rolini oʻynadi, bu filmda sevgi yosh tanlamasligi va kerakli odamni uchratib qolsa, istalgan vaqtda sevib qolish mumkinligini koʻrsatadi. U, shuningdek, Charitraheen teleserialida va Hoichoi-da translyatsiya qilinadigan Shobdo Jobdo onlayn-serial trillerida paydo boʻlgan.
Filmografiyasi +YilFilmRolTil2009Ek Bar Bolo Uttam KumarBobbyBengal2009Bhorai: The Maladies of DawnBengal (Bangladesh)2010033RiaBengal2010Musalmanir GalpoKamala/MeherjaanBengal2011Kolkatar JongoleBengal2011Rajbarir RahasyaBengalUnreleasedShindukh RahasyaBengal2011Sudhu Tomake ChaiBengal2012Koyekti Meyer GolpoShaoniBengal2012Bhooter BhabishyatKoel DharBengalUnreleasedKolkata 20122013AtmogopanAnuBengal2013Jwala2013Half SeriousBengal2013No PoblemBengal2013The PlayIshikaBengal2013Ashchorjyo ProdeepMala MaalBengal2013Nayika SangbadAnuradhaBengal2013Meghe Dhaka TaraSupriya DeviBengal2014Shesh Anker KhelaBengal2014Kanchenjunga ExpressNandiniBengal2015Not A Dirty FilmBengal2016Irudhi SuttruLuxmi „Lux“TamilDark ChocolatePayal MukherjeeBengalNayikar MatoRaniBengalTeenankoBengalSaala KhadoosLakshmi (Lux)Hind2017GuruLakshmi (Lux)Telugu2017Life in ZeroKuhuBengal2017RaktokorobiNandini2018Jole Jongole2019Maya: The Lost MotherBengal (Bangladesh)2021C/O KaadhalSalimaTamil2022Shabaash MithuJhulan GoswamiHind
Onlayn-seriyalar + Yil Film Rol Til 2019 Charitraheen 2 Nirupama bengal 2020 Charitraheen 3 Nirupama bengal 2020 Shobdo Jobdo Sulagna bengal
Manbalar
Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar