Medina Warda Aulia (1997-yil 7-iyulda Jakartada tugʻilgan) — indoneziyalik shaxmatchi ayol. U xalqaro usta, ayol grossmeyster unvonlariga ega. thumb|Medina Warda Aulia Shaxmatdagi karyerasi Shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida koʻp marotaba ishtirok etgan. U oʻzining eng yaxshi natijasini 2012-yilda 4-oʻrinni egallagan holda koʻrsatdi.
2021-yil iyul oyida Medina Wrda Aulia Sochida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogida ishtirok etdi, u yerda 1-raundda nemis shaxmatchisi Yan Shnayderni 2:0 hisobida magʻlub etdi va 2-raundda hindistonlik shaxmatchi Harika Dronavalliga 0:2 hisobida yutqazib qoʻydi.
Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE Medina Warde Auliaga 2012-yilda ayollar xalqaro ustasi (WIM) va 2013-yilda ayollar xalqaro grossmeysteri (WGM) unvonlarini berildi. 2020-yilda u hatto erkaklar xalqaro ustasi (IM) unvonini ham oldi.
Yutuqlar
Medina Warda Aulia 2008-yilda maktablar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha 4-jahon chempionati 11 yoshgacha boʻlgan qizlar turnirida gʻolib boʻlgan. 2010-yilgi 10-ASEAN+ yosh shaxmatchilar guruhlari chempionatining 12 yoshli qizlar orasida boʻlgan baxslarda 1-oʻrinni egallagan. Shaxmat boʻyicha 2-Asean chempionati-2011 ayollar oʻyinlarida ham gʻolib boʻladi. 2011-yil Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarining ayollar oʻrtasidagi shaxsiy blits shaxmatida kumush medali sohibiga aylanadi. 2013-yil Janubi-Sharqiy Osiyoda Ayollar oʻrtasidagi xalqaro tezkor va xalqaro blits shaxmat oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritadi. 2021-yili Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida ayollar jamoasida rapid shaxmat uslubi oʻyinlarida oltin medalga loyiq koʻriladi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar