Zeki Riza Sporel (1898-yil 28-fevral — 1969-yil 3-noyabr)Zeki Rıza Sporel’s profile at Sports Reference.com — turk futbolchisi . U oʻz faoliyatini Fenerbahche va Turkiya milliy futbol jamoasida hujumchi sifatida oʻtkazgan. Faoliyati Fenerbahche yoshlar jamoalarida boshlanib, kattalar jamoasiga koʻtarilgunga qadar davom etgan. Zeki butun faoliyatini klubda oʻtkazgan va koʻplab rekordlarni qayd etgan. U Turkiya terma jamoasi safida gol urgan birinchi futbolchiga aylangan. U koʻpincha turk futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri sifatida tilga olinadi. 1946-yilda Demokratlar partiyasiga aʼzo boʻlgach, siyosatda ham faol boʻlgan.

Zeki Riza Hasan Komil Sporelning ukasi edi, u ham Fenerbahche SK jamoasida oʻynagan va klub prezident boʻlib ishlaganFenerbahçe past presidents.

Klubdagi faoliyati 1898-yilda Istanbulda tugʻilgan Zekining faoliyati Fenerbahche yoshlar tizimida boshlangan va u yerda uch yil oʻtkazgan. U 1915—1916-yilgi mavsumda oʻn sakkiz yoshida kattalar tarkibiga koʻtarilgan. Uning chap oyogʻi ajoyib oʻynardi, shu sababdan oʻng oyogʻi va boshini deyarli ishlatmagan. Zeki Fenerbahcheda koʻplab gol urish boʻyicha rekordlarni oʻrnatgan, shu jumladan bitta oʻyinda eng koʻp gol va eng tez gol rekordlari ham Zekiga tegishlidur. 1931-yil 13-fevralda Fenerbahche Üsküdar Anadolu ustidan 16-0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Zeki rekord sakkizta gol muallifiga aylangan. Uning samarali gol urish qobiliyati uni bilan Üstad (Usta) deb nomlanishiga olib kelgan. Uning butun faoliyati Fenerbahcheda oʻtgan va oʻn sakkiz yillik faoliyatdan soʻng 1934-yilda nafaqaga chiqgan. Zekining Galatasaraydagi natijasi 352 oʻyinda 470 gol boʻlib bu mutloq rekord hisoblanadi. Agar terma jamoadagi va boshqa klublardagi gollari qoʻshib hisoblansa, gollarning umumiy soni 800 dan oshgan.

Xalqaro faoliyati Turkiyaning birinchi milliy futbol jamoasi aʼzosi Zeki, mamlakatning ilk xalqaro oʻyinida Ruminiyaga qarshi maydonga tushgan va gol urgan. U ikkinchi boʻlimda ikkinchi gol bilan oʻyinni yakunlagan. Oʻn oltita oʻyinda gʻalaba qozongan Zeki jamoani oʻn marta sardor sifatida maydonga olib tushgan va 15 ta gol urgan. 1924-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari va 1928-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham Turkiya terma jamoasi safida oʻynagan.

Faoliyat statistikasi

Xalqaro maydondagi gollar #SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa1.26.10.1923Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya2-2DurangOʻrtoqlik2.26.10.1923Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya2-2DurangOʻrtoqlik3.17.06.1924Töölön Pallokenttä, Helsinki, Finlandiya2-4GʻalabaOʻrtoqlik4.17.06.1924Töölön Pallokenttä, Helsinki, Finlandiya2-4GʻalabaOʻrtoqlik5.17.06.1924Töölön Pallokenttä, Helsinki, Finlandiya2-4GʻalabaOʻrtoqlik6.17.06.1924Töölön Pallokenttä, Helsinki,Finlandiya2-4GʻalabaOʻrtoqlik7.19.06.1924Reval Stadium (Kalevi aed), Tallinn, Estoniya1-4GʻalabaOʻrtoqlik8.19.06.1924Reval Stadium (Kalevi aed), Tallinn, Estoniya1-4GʻalabaOʻrtoqlik9.22.06.1924LSB Stadions, Riga, Latviya1-3GʻalabaOʻrtoqlik10.22.06.1924LSB Stadions, Riga, Latviya1-3GʻalabaOʻrtoqlik11.22.06.1924LSB Stadions, Riga, Latviya1-3GʻalabaOʻrtoqlik12.1.05.1925Stadionul Romcomit, Bucharest, Ruminiya1-2GʻalabaOʻrtoqlik13.2.10.1925Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya1-2MagʻlubiyatOʻrtoqlik14.14.10.1927Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya3-1GʻalabaOʻrtoqlik15.14.10.1927Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya3-1GʻalabaOʻrtoqlik

Yutuqlar

Turkiya futbol chempionati (1): 1933-yil Istanbul futbol ligasi (4): 1920-21, 1922-23, 1929-30, 1932-33 Istanbul Juma Ligasi (2): 1920-21, 1922-23 Istanbul qalqoni (1): 1930-yil General Harrington kubogi (1): 1923-yil

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar