Subbaraman VijayalakshmiframelessSubbaraman Vijayalakshmi 2018-yilda Mamlakatlink=|alt=|border|23x23px HindistonTugʻilgan1979-yil 25-mart (yoshi 43)Madras, Hindiston Sarlavha Xalqaro magistr (2001)Ayol grossmeyster (2001) FIDE reyting 2332 (2020-yil mart) Eng baland reyting 2485 (2005-yil oktyabr) Subbaraman Vijayalakshmi (1979-yil 25-martda tugʻilgan) — FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega boʻlgan hindistonlik shaxmatchi, oʻz mamlakatida ushbu unvonlarga erishgan birinchi ayol shaxmatchi. U shaxmat olimpiadalarida Hindiston sharafi uchun boshqa har oʻyinchilarga qaraganda koʻproq medal qoʻlga kiritgan. U deyarli barcha milliy yosh toifalarida, jumladan, kattalar unvonlariga ham erishgan.

Shaxsiy hayoti Madrasda tugʻilganD.K. Bharadwaj (13 May 2003). „A big boom in the brain game“. Press Information Bureau, Government of India. Subbaraman Vijayalakshmi, oʻyinni otasidan oʻrgangan. U hindistonlik grossmeyster Sriram Jhaga turmushga chiqqan. Uning opa-singillari Subbaraman Meenakshi (1981-yilda tugʻilgan, WGM) va S. Bhanupriya ham shaxmatchilardir.

Karyerasi Uning birinchi turniri 1986-yilda Tal Chess Open turnirida boʻlib oʻtgan. 1988 va 1989-yillarda u 10 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida Hindiston chempionatida gʻolib chiqdi. Shuningdek, U12 toifasida u ikki marta gʻalaba qozondi.

Madrasdagi Zone turnirida (1995) u ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. U 1997-yilda Tehronda, 1999-yilda Mumbayda oʻtkazilgan Osiyo mintaqasi turnirida gʻolib boʻlgan. 1996-yilda Kalkuttada u ayollar oʻrtasidagi Hamdoʻstlik oʻyinlarida chempion boʻldi, 2003-yilda Mumbayda yana bir bor bu unvonni qoʻlga kiritdi. Vijayalakshmi 1995 (Madras), 1996 (Kolkata), 1999 (Kojikode), 2000 (Mumbay), 2001 (Yangi Dehli) va 2002 (Lakhnau)-yillarda Hindiston ayollar chempionatida gʻolib boʻlgan. 1998-yilda Hindiston terma jamoasi bilan ayollar shaxmat olimpiadasida qatnashgan. 2000-yilda Istanbulda boʻlib oʻtgan 34-shaxmat Olimpiadasida qatnashgan, 2002-yilda Bledda birinchi doskadagi chiqishi uchun kumush medalga sazovor boʻldi. 2007-yilda u Italiyaning Kutro shahridagi Leonardo di Bona memorialida gʻoliblik shoxsupasiga koʻtariladi.

1996-yilda Chennayda boʻlib oʻtgan FIDE mintaqaviy turniridagi natijasi tufayli u ayol xalqaro usta (WIM) unvoniga sazovor boʻldi. 2001-yilda u ayol grossmeyster (WGM) unvoniga erishgan birinchi hindistonlik boʻldi. 2000-yilgi Shaxmat Olimpiadasidagi natijalari tufayli u xalqaro usta (IM) unvoniga ham erishdi. U IMga aylangan birinchi hind ayol shaxmatchisi boʻldi. 2006-yilda Kalamariyada u grossmeysterlik darajasiga erishdi, shuningdek, 2007-yilda Cutroda ham gʻalabaga erishgan.

2005-yil iyul oyida u Biel Accentus Ladies turnirida iishtirok etib, u yerda 6½ ochko bilan ikkinchi oʻrinni egalladi, bu tay -brekda Vijayalakshmini magʻlub etgan Almira Skripchenko bilan bir xildagi hisob koʻrsatkichi edi. Germaniyada u 2006-yilda Nyurnbergda boʻlib oʻtgan LGA Open musobaqasida qatnashgan va 2006—2007-yillarda NRW musobaqasida Brackweder SC uchun oʻynagan.

2016-yilda Vijayalakshmi 8-chi Chennai ochiq chempionatida rossiyalik grossmeyster Boris Grachev bilan ketma-ket 2-3-oʻrinlarni egalladi.

Mukofotlar va eʼtirof 2001-yilda Hindiston hukumati unga Arjuna mukofotini berdi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar