thumb|Irene Kharisma Sukandar

Irene Kharisma Sukandar (1992-yil 7-aprelda tugʻilgan) — indoneziyalik shaxmatchi. U ayol grossmeyster (WGM) va xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvonlariga erishgan, Indoneziyalik birinchi ayol shaxmatchidir. U Gunadarma universitetini tamomlagan. U 2013-yilda Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida ikkita oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/75/Irene_Kharisma_Sukandar_Raih_Medali_di_2019_Asian_Continental_Chess_Championship_02.jpg/220px-Irene_Kharisma_Sukandar_Raih_Medali_di_2019_Asian_Continental_Chess_Championship_02.jpg|thumb| Sukandar 2019-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻldi. Sukandar 2006-yildan 2010-yilgacha shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Indoneziya chempionatida, qatorasiga toʻrt marta gʻolib chiqqan. U 2004—2014-yillarda beshta ayollar shaxmat olimpiadalarida, 2009-yilda ayollar oʻrtasidagi jamoaviy Osiyo chempionatida, 2007-yilda 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon shaxmat olimpiadasida, 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida va 2009-yilgi Osiyo oʻyinlaridaIrene Kharisma Sukandar team chess record at Olimpbase.org Indoneziyani himoya qilgan. 2004-yilda 36-shaxmat olimpiadasida 3-bortda yakka tartibda kumush medal, blits-shaxmat boʻyicha jamoaviy bahsda bronza medalini qoʻlga kiritdiMusthofid (7 July 2013). „Indonesian chess team wins bronze“. The Jakarta Post..

Sukandar 2005-yil iyun oyida Tailandning Pattaya shahrida shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan, „Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi“ chempionatning 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida gʻolib boʻldi6th ASEAN Age-Group Chess Championships . Vietnamese Chess Federation.. U 2006-yilda Jakartada oʻtkazilgan „Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi“ chempionatida, 18 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida birinchi oʻrinni egalladi7th ASEAN Age Group Chess Championships . Vietnamese Chess Federation..

2008-yilning mart oyida Sukandar Ukrainaning Xarkov shahrida oʻtkazilgan „Rektor kubogi“ning ayollar oʻrtasidagi bahsida, ukrainalik shaxmatchi Galina Breslavskani tay-breykda magʻlub etdiAnastasiya Karlovich (13 March 2008). „Kharkiv: Rebellion of the Youngsters“. ChessBase.. 2010-yil iyul oyida Sukandar „Bruney Invitational IM“ turnirida Hindiston tashqi ishlar vaziri Ramnath Bhuvanesh bilan birinchi oʻrinni egaladi va Xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvonini qoʻlga kiritdi„Brunei Invitational IM Tournament“ . Chessdom. 30 July 2010..

2012-yili Vetnamning Xoshimin shahrida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi„Indonesian wins Asian chess tournament“ . The Jakarta Post. 13 May 2012.. Ushbu gʻalaba tufayli, u 2014-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi va bu huquqni qoʻlga kiritgan birinchi indoneziyalik boʻldi„Irene to make history after Asian victory“ The Jakarta Post. 16 May 2012..

2013-yilning may oyida Sukandar Gretsiyaning Xalkidiki shahrida boʻlib oʻtgan, „Buyuk Aleksandr“ ochiq chempionatida gʻolib chiqdi„Irene Kharisma Sukandar wins Alexander The Great Open“. FIDE.. 2013-yil dekabr oyida u Myanmaning Neypido shahrida boʻlib oʻtgan, 2013-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida tezkor va blits-shaxmat boʻyicha ikkita shaxsiy oltin medalni qoʻlga kiritdi„The 27th SEA Games — Results“. FIDE..

2014-yilda Sukandar oʻsha yili Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida oʻtkazilgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi bor gʻoliblikni qoʻlga kiritdiSagar Shah (1 May 2014). „Irene Sukandar Asian Womenʼs Champion“. ChessBase.. Ushbu gʻalaba unga 2016-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining finaliga yoʻl olchdi.

U 2015-yilgi Moskva ochiq chempionatining G boʻlimida (talaba qizlar oʻrtasida oʻn nafar oʻyinchidan iborat davra turniri) 7,5/9 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallagan, Alina Kashlinskayadan ikki ochko oldinda gʻolib chiqdiAlbert Silver (8 February 2015). „Moscow Open won by Inarkiev and Tingjie“. ChessBase..

2016-yilda u Virginia shtatining Herndon shahrida boʻlib oʻtgan „Continental Class chempionati“ning Master boʻlimida Julio Catalino Sadorra, Sergey Erenburg va Priyadharshan Kannappan„Continental Class Championships 2016 Standings — Master Section“ . CCA Chess Tournaments. bilan birinchi oʻrinni egalladiOpen Standing After Round 5 . Chess Stream..

2018-yilda u 5,5/9 ball toʻplagan holda „Doeberl Cup“ musobaqasining eng yaxshi ayol shaxmatchisi boʻldi. 2018-yil noyabr oyida u 7,5/9 ball toʻplagan holda 2018-yilgi „Hjorth Open“ turnirida gʻolib chiqdi.

Manbalar

Havolalar

.

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar