Rebecca Gayheart (1971-yil 12-avgustda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa va model. Oʻz faoliyatini 1980-yillarda oʻsmirlik paytida model sifatida boshlagan. Keyinchalik, u bilan keng aloqada boʻlgan Brett Ratnerning talabalar haqidagi qisqa metrajli filmida suratga tushgan.
Yoshligi Gayheart 1971-yilning 12-avgust sanasida Kentucky shtatining Hazard shahrida Mary Kayda goʻzallik boʻyicha mustaqil maslahatchi boʻlib faoliyat yuritgan Floneva „Flo“ Gayheart () va konchi va koʻmir tashuvchi avtomobil haydovchi Curtis Gayheartlar oilasida tugʻilgan 4 nafar farzandni uchinchisi boʻlganRebecca Gayheart Biography at FilmReference.com. Uning ikki nafar Elizabeth va Rachel ismlari opa-singlisi hamda Curtis Wayne Gayheart ismli ogʻasi bor.
Rebecca nemis, ingliz, shotland va shotland-irland millatiga mansub ayoldirSalzberg, Charles. . Aktrisa oʻzining yoshligini Kentucky shtatidagi Pine Top shahrida oʻtkazgan. Oʻrta maktabning birinchi yilida Lizzi Bordenning hayotini aks ettiruvchi sahna spektaklida rol oʻynagan.
Faoliyati Gayheart oʻzining dastlabki filmlardagi rolini Brett Ratnerning New York universiteti qisqa metrajli filmi Whatever Happened to Mason Reese? (1990)da Mason Reese obrazini gavdalantirish orqali amalga oshirgan. U, shuningdek, Ratner tomonidan suratga olingan hamda Heavy D va Boyz tomonidan ijro etilgan Nuttin' But Love musiqiy videosida ham koʻrinish bergan.
2019-yilda Gayheart kinodagi faoliyatini davom ettirish uchun Quentin Tarantinoning Bir paytlar Hollywoodda filmida Bred Pitt tasvirlagan obrazning rafiqasi Billie Booth rolini oʻynadi.
Shaxsiy hayoti Gayheart 1986-yilda New York shahriga koʻchib oʻtgan kuni Brett Ratner bilan tanishib qoladi hamda ikkalasi 13 yil davomida ishqiy munosabatlarini davom ettiradi. Aktirsa va Ratner 1997-yilda unashtirilgan edi, lekin er-xotin oxir-oqibat 1999-yilda ajralishdi.
Filmografiyasi Filmlarda Yil Sarlavha Rol Izohlar 1990 Whatever Happened to Mason Reese? Model Qisqa metrajli film 1996 Somebody Is Waiting Lilli 1997 Nothing to Lose Danielle 1997 Scream 2 Sorority Sister Lois 1998 Hairshirt Jennifer Scott 1998 Urban Legend Brenda Bates 1999 Puppet Lori Myers "[T]hat summer [of 1996], I booked my first role, in an independent movie called Puppet. […] This film, which to this day I have never seen because I donʼt think itʼs possible to purchase a copy of it anywhere at any price, starred Rebecca Gayheart and Fred Weller […] I donʼt know anyone who has ever seen or even heard of Puppet. All I can say is that it was screened in a theater at least once, because my manager went to see it." Lange, Artie, with Anthony Bozza and Howard Stern (2009). Too Fat to Fish, Random House Digital, Inc, , p. 172 1999 Jawbreaker Julie Freeman 2000 From Dusk Till Dawn 3: The Hangman's Daughter Mary Newlie 2000 Shadow Hours Chloe Holloway 2000 Urban Legends: Final Cut hamshira Brenda Bates Cameo/Akkreditivsiz 2001 Doppelganger Brianning dugonasi Qisqa metrajli film 2001 Harvard Man Kelly Morgan 2002 Pipe Dream Marliss Funt 2005 Santa's Slay Gwen Mason 2007 Bunny Whipped Beatriz Magdalene Johnson 2013 G. B.F. xonim Daniels 2015 Grey Lady Maggie Wynn 2019 Once Upon a Time in Hollywood Billie Booth
Televizion rollari Yil Sarlavha Rol Izohlar 1992-1993 Loving Hannah Mayberry Bosh rol: 1992-yil 2-mart – 1993-yil 30-iyun 1994 Vanishing Son Clair Armstrong Televizion film 1994 Vanishing Son III Clair Armstrong Televizion film 1994 Vanishing Son IV Clair Armstrong Televizion film 1994-1995 Earth 2 Bess Martin 21ta epizod 1995 Beverly Hills, 90210 Antonia „Toni“ Marchette 8ta epizod 1996 Sliders Natalie 1ta epizod 1997 Invasion Cassy Winslow Televizion film 1998 Hercules Medea (ovozli) 1ta epizod 1999 Wasteland Samantha „Sam“ Price 13ta epizod 2001 Inside Schwartz Nadia 1ta epizod 2003 Dead Like Me Betty Rhomer 5ta epizod 2003 What I Like About You Dana 1ta epizod 2004 The Division Suzanne Richland 3ta epizod 2004-2006 Nip/Tuck Natasha Charles 3ta epizod 2005 The Christmas Blessing Meghan Televizion film 2006 Scarlett Scarlett Televizion film 2006 Medium Jessica Delaney 1ta epizod 2006 Vanished Judy Nash 13ta epizod 2007 CSI: Miami Claire Gibbs 1ta epizod 2007 Ugly Betty Jordan Dunn 1ta epizod 2009 The Cleaner Carey Kern 1ta epizod
Manbalar
Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar