Umut Bulut (1983-yil 15-martda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, Eyüpspor jamoasida oʻynaydi. 2007—2018-yillar oraligʻida u Turkiya terma jamoasi safida 39 ta oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan.

Klub faoilyati

Trabzonspor Koʻp gol urgan Fotih Tekke klubni tark etgani va klubning natijalar bilan bogʻliq qiyinchiliklari tufayli „Trabzonspor“ Bulutni 1,8 million yevro evaziga 4 yillik shartnoma imzolagan. Unga avval Hami Mandirali kiygan 10-raqamli libos berilgan. Uning birinchi oʻyini 2006-yilning 5-avgustida Kayserisporga qarshi oʻtkazilgan. Keyingi hafta u „Manisaspor“ga qarshi oʻyinda (1:1) klub uchun birinchi golini urgan. Umuman olganda, Bulut „Trabzonspor“ safida 197 ta rasmiy oʻyinda 88 ta gol urgan, 2010-yilgi Turkiya Superkubogi va 2009-10-yilgi Turkiya kubogini qoʻlga kiritgan va finalda raqibi „Fenerbaxche“ ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan.

Toulouse 2011-yilning 28-iyunida Bulut Fransiyaning „Tuluza“ klubi bilan 4,8 million yevro evaziga shartnoma imzolagan. U 2011-yilning 6-avgustida „Ajaccio“ga qarshi Liga 1da debyut qilgan. Bir hafta oʻtgach, u „Dijon“ga qarshi oʻyinda klub uchun birinchi golini urgan, 1:0 hisobida „Nansi“ga qarshi oʻyinda „Tuluza“ uchun ikkinchi golni urgan. Mavsumning oʻn ettinchi haftasida Bulut Evianga qarshi oʻyinda 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. U klub uchun urgan ikkita golning ikkalasi ham „Lyon“ga qarshi oʻyinda kiritlgan.

Galatasaroy link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a9/Umut_Bulut_2012_%281%29.JPG/180px-Umut_Bulut_2012_%281%29.JPG|right|thumb|247x247px| Bulut 2012-yilda „Galatasaroy“ tarkibida link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/56/Umut_Bulut_%281%29.JPG/170px-Umut_Bulut_%281%29.JPG|left|thumb|252x252px| Bulut 2013-14-yilgi mavsumda. 2012-yilning 26-iyunida Bulut mavsum oxirigacha ijara asosida „Galatasaroy“ga oʻtgan. U 2012-yilgi Turkiya Superkubogida raqibi Fenerbahchega qarshi klubdagi debyutida ikkita gol urgan. Oʻyinda „Galatasaroy“ 3:2 hisobida gʻalaba qozongan, Bulut „Eng yaxshi futbolchi“ deb topilgan.

2012-yilning 20-avgustida Bulut Superliganing 2012-13-yilgi mavsumida ilk oʻyinini Kasımpashaga qarshi oʻtkazgan, u boshlangʻich oʻn birlikdan joy olgan va oʻyin 2:1 hisobida yakunlangan. Bulut Galatasaroy uchun dubl qayd etgan. Bulut „Beshiktosh“ga qarshi oʻyinda 3:3 hisobida yakunlangan oʻyinda hisobni tenglashtirgan golni urgan. 2012-yilning 2-sentyabrida u „Galatasaroy“ning „Bursaspor“ga qarshi oʻyinda (3:2) yana oʻyinning birinchi golini kiritgan, bu klub tarixidagi minginchi liga gʻalabasi boʻlgan. Bulutning navbatdagi goli 2012-yilning 15-sentabrida, 90-daqiqada „Galatasaroy“ „Antalyaspor“ ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonganida kiritilgan. Uning mavsumning dastlabki toʻrt haftasida ligadagi beshta goli Sasha Ilich oʻrnatgan rekordni yangilagan.

Muvaffaqiyatli ijara muddatidan soʻng, Galatasaroy Bulutni Tuluzadan rasman 2,7 million yevro evaziga 3+1 yillik shartnoma asosida transfer qilgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/73/U.Bulut_RM.JPG/170px-U.Bulut_RM.JPG|right|thumb|224x224px| Bulut 2013-yilda „Galatasaroy “ safida „Real“ga qarshi oʻynagan.

Eyüpspor 2021-yil 18-iyunda Bulut Eyüpspor bilan 1+1 yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyat Bulut terma jamoadagi debyutini 2007-yilning 5-iyunida Turkiyaning Braziliyaga qarshi oʻyinida oʻtkazgan. U 2012-yilning 2-iyunida Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 3:1 hisobida gʻalaba qozongan holda oʻzining xalqaro maydondagi birinchi dublini qayd etgan. Bulut 2013-yilning 6-sentyabrida Turkiya terma jamoasi tarkibida JCh saralashida Andorraga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan.

Shaxsiy hayoti 2016-yilning 14-martida Umut Bulutning otasi Kemalning „Galatasaroyning“ „Gençlerbirligi“ga qarshi oʻyinini tomosha qilganidan koʻp oʻtmay, Anqaradagi avtomobil portlashi oqibatida halok boʻlganThe Guardian.

Faoliyat statistikasi

Klub link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/09/Umut_Burak.JPG/170px-Umut_Burak.JPG|right|thumb|220x220px| Bulut „Galatasaroy“ga gol urganidan keyin bayram qilmoqda KlubMavsumLigaDomestic kubogiLiga kubogiYevropaJamiDivisionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolPetrol Ofisi1999-2000TurkiyaIkkinchi Ligasi20———202000-0126500——265Jami28500——285Ankaragücü2001-02Süper Lig1000——102003-04221120——24112004-0534920——3692005-06331633——3619Jami903673——9739İnegölspor (Ijara)2002-03Turkiya Ikkinchi Ligasi30600——306Trabzonspor2006-07Süper Lig311584—3142202007-08331443—3240192008-09331440——37142009-10311197—2042182010-11331343—103816Jami161672917—9319987Toulouse2011-12Liga 13151000—325Galatasaray2012-13Süper Lig2712001210138152013-1427510110834692014-15331151005043122015-162741031080467Jami114322553231417343Kayserispor2016-17Süper Lig31462——3762017-18321421——34152018-1928220——3022019-2011300——113Jami10223103——11226Yeni Malatyaspor2019-20Süper Lig17320——1932020-2131232——344Jami48552——537Karyerada jami604179773032407734218

Xalqaro link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/61/Umut_Bulut.jpg/180px-Umut_Bulut.jpg|right|thumb|295x295px| Bulut 2011-yilda Turkiya terma jamoasi bilan. Turkiya YilOʻyinlarGollar 2007 1 0 2008 0 0 2009 0 0 2010 1 0 2011 7 0 2012 11 3 2013 9 6 2014 5 1 2015 4 0 2018 1 0 Jami 39 10

Xalqaro maydondagi gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.2.06.2012 Estádio da Luz, Lissabon, Portugaliya 1-0 3-1Oʻrtoqlik 2. 2-1 3.11.09.2012 Shukrü Saracogʻlu stadioni, Istanbul, Turkiya 2-0 3-0 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 4.14.08.2013 Otaturk olimpiya stadioni, Istanbul, Turkiya 2-0 2-2Oʻrtoqlik 5.6.09.2013 Kadir Has stadioni, Kayseri, Turkiya 1-0 5-0 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 6. 2-0 7. 4-0 8.11.10.2013 Le Coq Arena, Tallin, Estoniya 1-0 2-0 9.19.11.2013 Tevfik Sirri Gur stadioni, Mersin, Turkiya 1-0 2-1Oʻrtoqlik 10.10.10.2014 Shukru Saracogʻlu stadioni, Istanbul, Turkiya 1-0 1-2 UEFA Yevro-2016 saralashi

Yutuqlar Trabzonspor

Turkiya kubogi : 2009-10 Turkiya Superkubogi : 2010-yil

Galatasaroy

Superliga : 2012-13, 2014-15 Turkiya kubogi: 2013-14, 2014-15, 2015-16 Turkiya Superkubogi: 2012, 2013, 2015

Shaxsiy yutuqlar

Turkiya kubogi toʻpurari: 2009-10 (7 gol)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:MKE Ankaragücü futbolchilari Turkum:İnegölspor futbolchilari Turkum:Trabzonspor futbolchilari Turkum:Toulouse FC futbolchilari Turkum:Galatasaray S.K. futbolchilari Turkum:Kayserispor futbolchilari Turkum:Eyupspor futbolchilari Turkum:Sarıyer S.K. futbolchilari