link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a6/Valentina_Kozlovskaya_1968.jpg/220px-Valentina_Kozlovskaya_1968.jpg|thumb| Kozlovskaya 1968-yil Valentina Yakovlevna Kozlovskaya (; 1938-yil 18-aprelda tugʻilgan) rossiyalik shaxmatchi. U 1976-yilda FIDE tomonidan ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻlgan.
Shaxmatdagi faoliyati Valentina Yakovlevna Kozlovskaya 1965-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Sovet Ittifoqi mamlakatlari orasida oʻtkazilgan chempionatda gʻolib boʻlgan. U 1966-yilda Gavanada boʻlib oʻtgan ayollar oʻ`rtasidagi shaxmat olimpiadasida gʻoliblikka erishgan Sovet Ittifoqi jamoasining aʼzolari safida ediSoviet Union, Individual Record. Womenʼs Chess Olympiads, OlimpBase. Valentina Yakovlevna 1967-yilda ayol Kandidatlar turnirida ishtirok etib, ikkinchi oʻrinni egallaydi. Oʻsha yili Kiyevdagi ayollar oʻrtasidagi xalqaro turnirda ayollar oʻrtasida jahon chempioni Nona Gaprindashvilidan birozgina ortda qolib, ikkinchi oʻringa loyiq koʻriladi. 1973-yilda Kozlovskaya ayollar oʻrtasidagi hududlararo turnirda gʻalaba qozondi va keyingi yili u Irina Levitina bilan boʻlib oʻtgan yarim final uchrashuvida yutqazib qoʻydi. 1976-yilda Kozlovskaya RSFSR ayollar chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va 1979-yilda u Lyudmila Saunina bilan bir xil natija koʻrsatib birgalikda birinchi oʻrinni egalladi. Kozlovskaya 1996-yilda ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham gʻolib boʻldi. 2014-yilda esa u 65 yoshdan katta shaxmatchi ayollar toifasida Nona Gaprindashvilini ortda qoldirib, kattalar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib sifatida etirof etildi14th European Senior 65+ Ladies Chess Championship 2014. chess-results.com.. Uning eng yuqori reyting balli 1975-yil yanvarda qayd etilgan boʻlib, 2315 ga teng.
Shaxsiy hayoti Kozlovskaya — mutaxassisligi boʻyicha biokimyogar hisoblanadi. U grossmeyster Igor Bondarevskiy bilan oila qurgan va hozirgi kunda beva.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1938-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiya shaxmatchilari Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar