Alexandra Christine Schneiderman (; 1996-yil 9-dekabrda tugʻilgan), AleXa nomi bilan tanilgan Janubiy Koreyada yashovchi amerikalik qoʻshiqchi, raqqosa va aktrisa. Rising Legends realiti-shousining har ikki mavsumida ishtirok etgandan soʻng, AleXa 2018-yilda Zanybros 'ZB leybli bilan shartnoma tuzgan va u yerda taxminan ikki yarim yil davomida mashq qilgan. U 2019-yil oktyabr oyida K-pop qoʻshiqchisi sifatida debyut qilgan. 2022-yilda u NBC telekanalining Amerika qoʻshiq tanlovida „Wonderland“ qoʻshigʻi bilan oʻz vatani Oklahoma shtatini himoya qilgan va u yerda 710 ball bilan gʻolib chiqqan.

Yoshligi AleXa Alexandra Christine Schneiderman 1996-yil 9-dekabrda Oklaxoma shtatining Tulsa shahrida tugʻilgan. Otasi rus-amerikalik onasi esa Janubiy Koreyalik. AleXaning onasi besh yoshida amerikalik ota-onasi tomonidan Kyongi provinsiyasining Goyang shahridagi mehribonlik uyidan asrab olingan. AleXa uch farzandning eng toʻngʻichi.

Faoliyati 2016-yilda Alex Christine nomi ostida u Soompi vebsayti tomonidan oʻtkazilgan Rising Legends onlayn tinglovida ishtirok etgan. Tanlov JYP Entertainment bilan hamkorlikda tashkil etilgan. 2018-yilda AleXa Produce 48tanlovida ishtirok etgan va birinchi bosqichda 82-oʻrinni egallagan.

2019-yilda, AleXa 19-oktyabrda „Bomb“ nomli debyut singl albomini chiqargan. U Diablo rok guruhi bilan hamkorlikda 13-dekabrda qoʻshiqning rok versiyasini chiqargan.

2022-yilda AleXa oʻzining uchinchi Tattoo nomli singl albomini ommaga havola qilgan. 2022-yil 9-may kuni Amerika qoʻshiqlar tanlovida qatnashib gʻolib chiqqani eʼlon qilingan.

2022-yil iyul oyida Alexa Amerika Qoʻshma Shtatlarida muxlislar bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Diskografiyasi

Qoʻshiqlari NomYilPeak ChartAlbomKORUS PopUSWorld"Bomb"2019——7Bomb"A.I Trooper"2020———Do or Die"Do or Die"——23"Villain" ———Decoherence"Revolution"———"Xtra"———ReviveR"Tattoo"2022———Tattoo

Filmografiyasi

Filmlarda Yil Sarlavha Rol Izohlar 2022 Urban Myths Se-ri Film

Telekoʻrsatuvlarda YearTitleRoleNote2018Produce 48HerselfAs Alex Christine2022American Song ContestRepresenting Oklahoma

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar