Won Min-ji (; 1991-yil 5-fevralda tugʻilgan), Anda sahna nomi bilan mashhur, Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. U 2012-yilda qoʻshiqchi sifatida debyut qilgan.

Hayoti va Ijodi

Yoshligi Anda yoshligidan qoʻshiqchi boʻlishni orzu qilgan. Dastlab, Anda universitetga kirish imtihonidan oʻta olmagan. Keyingi yili u yana universitetga kirishga urinib koʻrgan va Sungkyunkvan universitetining Ijro sanʼati boʻlimiga kirish imtihonini topshirgan. 

2012: Debyuti 2012-yilda Anda Trophy Entertainment leybli ostida Yang Dong-geun ishtirokidagi „Donʼt Ask“ raqsi bilan Andamiro nomi bilan debyut qilgan. Uning bu ijrosi unga „Koreyalik Lady Gaga“ laqabini bergan.

2015: „Mastering“, „Itʼs Goinʼ Down“ va „Touch“ bilan qaytishi. 2015-yilda Anda Emperor Entertainment Korea leybli ostida „Mastering“ nomli raqs singlini chiqargan. „Mastering“ — Choi Joon-young tomonidan ishlab chiqarilgan EDM beat va R&B uslubidagi oʻrta templi qoʻshiqdir. „Itʼs Goinʼ Down“ hip-hop janridagi qoʻshiq boʻlib, The Quiett bilan hamkorlikda ijro etilgan. Iyun oyida Anda „Touch“ singli va „Criminal“ qoʻshigʻi uchun Fiona Applening klipidan ilhomlangan musiqiy videosini chiqargan.

2017-yildan hozirgi kungacha 2017-yil avgust oyida Anda Esteem Entertainment bilan eksklyuziv shartnoma imzoladi. 2018-yil iyul oyida YG Entertainmentning YGX korxonasi bilan shartnomani yangiladi. 2019-yil 6-martda Anda oʻzining YGX ostida What You Waiting For nomli birinchi singlini ommaga havola qildi, qoʻshiq chiqarilishida YG Entertainment produseri R.Tee bilan hamkorlik qilgan. 2021-yil 31-dekabrda Anda YG Entertainmentdan ketganini va yangi leybl topishni rejalashtirayotganini eʼlon qilgan. Bir necha kundan keyin u Sublime Artist agentligi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.

Diskografiyasi SarlavhaYilPeak ChartAlbomKORBosh ijrochi sifatida"Donʼt Ask" 2012—Hypnotize"Hypnotize (Spanish Ver.)"2013—Albomsiz singllari"Waiting"—"Mastering" 2015—"Touch"—"Taxi"2016—"Like Family" —"Dressroom"2018—Do Worry Be Happy"Zeppelin"—"The open boat"—"Moonlight" —"What You Waiting For" 2019—Albomsiz singllari"—" oʻsha mintaqada chartda koʻrsatilmagan yoki chiqarilmagan relizlarni bildiradi.

Filmografiyasi

Teleseriallarda YilSarlavhaRol2017Saimdang, Memoir of ColorsAnna

Videolarda YilSarlavhaIzohlar2015MAXIM KoreaMagazine Photoshoot2015Glance TVICONIC LIVE Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar