Anda Šafranska (1960-yil 2-dekabrda Rigada tugʻilgan) — Latviyada tugʻilgan ayol shaxmatchi. U ayol grossmeyster unvoniga ega. Anda Šafranska koʻp yillar davomida Latviyadagi eng yaxshi ayol shaxmatchilaridan biri boʻlib kelgan. U sakkiz marta ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Latviya chempionatida gʻolib boʻladi, jumladan: 1982, 1984, 1990, 1991, 1993, 1994, 1996 va 1997-yillarda muvaffaqiyatli ishtirok etadi.
Shaxmatdagi faoliyati
Šafranska Latviya terma jamoasi safida shaxmat olimpiadalarida qatnashgan:
1992-yilda Maniladagi 30-shaxmat Olimpiadasida ikkinchi taxtada (+6, =0, −6); 1994-yilda Moskvadagi 31-shaxmat olimpiadasida birinchi taxtada (+3, =3, −5); 1996-yilda Yerevanda boʻlib oʻtgan 32-shaxmat Olimpiadasida birinchi taxtada (+6, =4, −4); 2006-yilda Turindagi 37-shaxmat Olimpiadasida qatnashib uchinchi oʻrinni egalladi (+1, =1, −4).
U Latviya terma jamoasi safida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoalar chempionatida oʻynagan:
1992-yilda Debrecendagi ikkinchi taxtada (+2, =2, −3); 1994-yilda Pulada birinchi taxtada (+3, =1, −3).
2000-yildan beri Safranska Fransiyaning Léon shahrida yashaydi va hozirda u Fransiya terma jamoasi safida oʻynaydi. Shu yili u oʻzining eng yuqori balli darajasiga erishgan (2367 ball).
Safranska Fransiya terma jamoasi bilan birga shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan:
2013-yilda Ostonada uchinchi taxtada (+0, =3, −3).
Safranskaya shaxmatning rapid va blits turlarida ham bir qator yuqori natijalarga erishgan. FIDE reytingidagi uning koʻrsatkichi 2102 ball rapid uchun va 2022 ball blits yoʻnalishi boʻyicha. 2014-yildan buyon u FIDE murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda. Safranskaya Anna oʻzining soʻnggi oʻyinini 2022-yilning iyun oyida oʻtkazib oʻz hisobiga 8.2 ball yozdirib qoʻydihttps://ratings.fide.com/profile/11600209. U hozirga qadar qora donalarda oʻynab 295 ta gʻoliblik, 138 ta durang va 155 ta magʻlubiyatli oʻyinlarni oʻtkazgan. Oq donalar bilan boʻlgan oʻyinlardagi natijasi ham qoralarnikidan u qadar farqlanmaydi, jumladan, 287 ta gʻoliblik, 179 ta magʻlubiyat hamda 128 ta durang oʻyinlari.
Shaxsiy hayoti Fransiyalik shaxmat boʻyicha grossmeyster Vladimir Lazarev bilan turmush qurgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar