Gulmira Bekzatovna Dauletova (1988-yil 13-aprel, Qozogʻiston SSR, Chimkent viloyati, Leninsk, SSSR) — Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE 2007-yilda Dauletbayevaga Xalqaro usta (WIM) unvonini berdi.Qozogʻiston Respublikasi ayollar terma jamoasining doimiy aʼzosihttps://ratings.fide.com/card.phtml?event=13702971. Hozirda u Qozogʻiston shaxmat federatsiyasining ijrochi va turnir direktori lavozimida ishlaydi.

4 yoshli Gulmiraning birinchi murabbiyi uning otasi (dasturchi va shaxmat boʻyicha sport ustaligiga nomzod) edi. Chunki Gulmiraning bolaligi oʻtgan Qozigʻurta qishlogʻida shaxmat seksiyasi boʻlmagan. 12 yoshida otasi bilan qoʻshni Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan xalqaro turnirga borib, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Oʻsha turnirda yosh shaxmatchi chimkentliklar ustozi Grigoriy Kimning nazariga tushdi.

M.Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universitetining „Huquq va xalqaro munosabatlar“ fakultetini, 2014-yilda esa Olmaota shahridagi Qozogʻiston Milliy universitetining „Xalqaro munosabatlar“ fakulteti magistraturasini tamomlaganhttps://forbes.kz/life/style/kletchatoe_zazerkale_1/. Ispaniyada akademik mobillik dasturi boʻyicha oʻqigan va „V Open International St Casablanca“ turnirida gʻolib boʻlgan. Ayni paytda u Qozogʻistonning kuchli 5 nafar shaxmatchisi qatoridan joy olganhttps://www.voxpopuli.kz/main/2320-top-5-shakhmatistok-kazakhstana.html.

Yutuqlari

2001-yil — 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni; 14, 18, 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Qozogʻiston chempioni; 2004-yil — 16 yoshgacha boʻlgan Osiyo chempionati bronza medali sovrindori;

Gulmira 3 ball toʻplab, xalqaro shaxmat ustasiga aylandi.

1). 2005-yil 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida (Belfort, Fransiya ,);

2). 2006-yil Butunjahon shaxmat olimpiadasida (Turin,Italiya);

3) 2006-yil 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida birinchi oʻrin uchun (Bishkek,Qirgʻiziston);

2006-yil — 18 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida Osiyo chempioni; 2007-yil — yopiq inshootlardagi Makaodagi Osiyo oʻyinlarining bronza medali sovrindori; 2007-yil — „Aeroflot C-2007“ turniri gʻolibi (erkaklar toifasi)

Ayollar oʻrtasida uch karra Qozogʻiston chempioni (2007, 2008, 2010);

2010-yil — Anqaradagi turkiy tilli davlatlar talabalari Universiadasida vitse-chempion;https://www.kaznu.kz/ru/3/news/one/1631/ 2013-yil — jamoa bilan Qozogʻiston chempioni (Astana uchun oʻynagan); 2014-yil — blits boʻyicha Qozogʻiston chempioni; 2014-yil — blits boʻyicha Osiyo Millatlar Kubogining ikki karra gʻolibi (Tabriz, Eron): kumush (yakka tartibda), bronza (jamoa); 2014-yil — 41-Jahon shaxmat olimpiadasining bronza medali sovrindori (Tromse, Norvegiya);https://vesti.kz/sportsout/213526/ 2016-yil — U Bokuda (Ozarbayjon) 6-Olimpiadada qatnashgan (2006 — 2016).

Asosiy xalqaro turnirlar:

Moskvadagi erkaklar oʻrtasidagi "Aeroflot-Open C" xalqaro turniri gʻolibi (2007), Serbiyadagi "IM Round Robin Third Saturday" erkaklar oʻrtasidagi xalqaro turnir (2020), Ayollar oʻrtasidagi xalqaro turnirlar gʻolibi: Chexiyadagi “Czech Open A” (2007), Oʻzbekistonda “Trud” (2001), Ispaniyadagi “V Open International St Casablanca” (2011), Astana Open A (2018), Olmaota Ochiq (2019), Germaniyadagi Bad Woerishofen (2020), Angliyadagi London Chess Classic turnirida kumush medal sovrindori (2018).

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:13-aprelda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Qozogʻiston shaxmatchilari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:SSSRda tugʻilganlar