link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/aa/Alfred Palmer Smokestacks.jpg/260px-Alfred Palmer Smokestacks.jpg|thumb| Kokslangan pech tutuni orqali havoning ifloslanishi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d7/2016_EPI_Environmental_Health_Objective_-_Air_Quality_%2826170609658%29.jpg/440px-2016_EPI_Environmental_Health_Objective_-_Air_Quality_%2826170609658%29.jpg|thumb| 2016-havo sifati koʻrsatkichi – ochiq ranglar havo sifati pastligini va havoning yuqori ifloslanganligini koʻrsatadi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/00/Air_pollution_death_rates.png/220px-Air_pollution_death_rates.png|thumb| Har 100 000 aholiga havo ifloslanishi oqibatidagi oʻlim (IHME, 2019) Havoning ifloslanishi – atmosferada odamlar va boshqa tirik mavjudotlar sogʻligʻiga hamda iqlimga zarar yetkazuvchi moddalarning mavjudligi sababli kelib chiqqan ifloslanish. Gazlar (shu jumladan ammiak, karbon monoksit, oltingugurt dioksidi, azot oksidi, metan, karbonat angidrid va xlorftorokarbonlar, qattiq zarralar (organik va anorganik) va biologik molekulalar kabi havoni ifloslantiruvchi moddalarning har xil turlari mavjud. Havoning ifloslanishi odamlarni kasalliklarga yoʻliqtirishi, ularda allergiyalarni paydo qilishi va hatto oʻlimga olib kelishi mumkin; u hayvonlar va oziq-ovqat ekinlari kabi boshqa tirik organizmlarga hamda tabiiy muhitga (masalan, iqlim o'zgarishi, ozon qatlamining yemirilishi yoki yashash muhitining buzilishi) yoki atrof-muhitga (masalan, kislotali yomg'ir orqali) zarar yetkazishi mumkin. Atmosferaning ifloslanishiga inson faoliyati ham, tabiat hodisalari ham sabab boʻla oladi.
Havoning ifloslanishi nafas olish yoʻllari infeksiyalari, yurak kasalliklari, KOAH, insult va oʻpka saratoni kabi ifloslanish bilan bogʻliq bir qator kasalliklar uchun muhim xavf omilidir. Mavjud muammo borasida olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, havo ifloslanishi IQ koʻrsatkichlarining pasayishi, idrokning buzilishi, ruhiy tushkunlik va perinatal salomatlikka zarar yetkazish kabi psixiatrik kasalliklar xavfining oshishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Havoning yomon sifati inson salomatligiga taʼsiri juda keng boʻlib, asosan tananing nafas olish tizimi va yurak-qon tomir tizimiga taʼsir qiladi.
Faqat qazib olinadigan yoqilgʻidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan tashqi havo ifloslanishi har yili 3,61 million kishining oʻlimiga sabab boʻladi, bu antropogen ozon va PM2,5 bilan birga (2,1 million) inson oʻlimiga eng koʻp hissa qoʻshuvchilardan biriga aylangan. Havoning sifati odatda havodagi PM2,5 zarralari konsentratsiyasi bilan oʻlchanadi, bu odatda diametri 2,5 mikrometr yoki undan kichik boʻlgan, nafas bilan yutiladigan mayda zarralarni tavsiflaydi. JSST standart meʼyori – 10 mkg/m3 ni tashkil qiladi.
Umuman olganda, har yili dunyo boʻylab 7 mln kishi havoning ifloslanishi oqibatida vafot etadi yoki oʻrtacha umr koʻrish davomiyligining qisqarishiga (2,9 yil) sabab boʻladi va bu kamida 2015-yildan buyon sezilarli progressga erishmagan dunyodagi eng katta ekologik xavf hisoblanadi. Ichki havoning ifloslanishi va shahar havosining yomon sifati dunyodagi eng zaharli ifloslanish muammolaridan ikkitasi sifatida Blacksmith Instituti tomonidan 2008-yildagi dunyoning eng ifloslangan joylari hisobotida qayd etilgan. Atmosfera ifloslanishi inqirozining koʻlami juda katta: dunyo aholisining 90 foizi maʼlum darajada toza boʻlmagan havodan nafas oladi. Sogʻliq uchun yomon oqibatlari keng boʻlsa-da, muammoni hal qilish usuli asosan tasodifiy yoki eʼtibordan chetda qolgan.
Havoning ifloslanishi natijasida hosildorlikning yoʻqolishi va hayot sifatining yomonlashishi jahon iqtisodiyotiga yiliga 5 trillion dollarga tushadi. Havo siatining yomonlashuvini kamaytirish uchun ifloslanishlarni turli xil nazorat qilish texnologiyalari va strategiyalari mavjudFensterstock, Ketcham and Walsh, The Relationship of Land Use and Transportation Planning to Air Quality Management, Ed. George Hagevik, May 1972.. Atmosfera ifloslanishining salbiy oqibatlarini cheklash uchun bir qancha xalqaro va milliy qonunchilik hamda meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Mahalliy qoidalar toʻgʻri bajarilganda, sog'liqni saqlash sohasida sezilarli yutuqlarga erishilgan. Ushbu saʼy-harakatlarning baʼzilari jumladan, ozonosferani buzuvchi zararli kimyoviy moddalarning chiqarilishini ozaytiradigan Monreal protokoli va oltingugurt emissiyasini kamaytiradigan 1985-yildagi Helsinki protokoli xalqaro darajada muvaffaqiyatli boʻlib, iqlim o'zgarishi bo'yicha xalqaro harakatlar bundan mustasno.
Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar
Antropogen (inson tomonidan yaratilgan) omillar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/8e/Avgaser_-_Exhaust_-_Ystad-2022.jpg/220px-Avgaser_-_Exhaust_-_Ystad-2022.jpg|thumb| Aviatsiya havo ifloslanishining asosiy manbai hisoblanadi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/52/BurningOffFieldsInTheEveningInSouthGeorgia.jpg/220px-BurningOffFieldsInTheEveningInSouthGeorgia.jpg|thumb| Bahorgi ekishga tayyorgarlik koʻrish paytida Jorjiya shtatining Statesboro shahridan tashqarida dala nazorat ostida yondirilgan link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a4/Fish_smoking_in_Ghana.jpg/220px-Fish_smoking_in_Ghana.jpg|thumb| Ganada ochiq olovda baliq pishirish, 2018-yil Bular asosan yoqilgʻining yonishi bilan bogʻliq.
Statsionar manbalarga quyidagilar kiradi: qazilma yoqilg'i elektr stansiyalari va biomassa elektr stansiyalari; ikkalasida ham tutun qatlamlari mavjud (misol uchun koʻmir sanoatining atrof-muhitga taʼsiriga qaran) Metan sizib chiqadigan neft va gaz hududlari yog'och, ekin chiqindilari va goʻng kabi biomassani anʼanaviy yoqish. (Rivojlanayotgan va kambagʻal mamlakatlarda biomassani anʼanaviy yoqish havoni ifloslantiruvchi moddalarning asosiy manbai hisoblanadi. Shuningdek, u Buyuk Britaniya va Yangi Janubiy Wales kabi rivojlangan hududlarda zarralar bilan ifloslanishning bosh omili hisoblanadi. Uning ifloslantiruvchi moddalariga PAU kiradi) ishlab chiqarish ob’ektlari (zavodlar) 2014-yilgi tadqiqot shuni koʻrsatdiki, Xitoyda asbob-uskunalar, mashinalar va qurilmalar ishlab chiqarish va qurilish sohalari havoni ifloslantiruvchi moddalar emissiyasining 50 % dan ortigʻiga hissa qoʻshgan. Bu yuqori emissiya intensivligi va uning sanoat tuzilishidagi yuqori emissiya omillari bilan bogʻliq. chiqindilarni yoqish (yoqish pechlari, shuningdek, qattiq yer usti chiqindilarining toʻrtdan bir qismini tashkil etuvchi nazoratsiz chiqindilarni ochiq va noqonuniy yoqishlar) pechlar va boshqa turdagi yoqilgʻi bilan ishlaydigan isitish moslamalari. Mobil manbalarga avtotransport vositalari, poyezdlar (xususan, teplovozlar va dizel-poyezdlar), dengiz kemalari va samolyotlar, shuningdek, raketalar hamda fazo chiqindilari kiradi. Avtoulovlar tufayli havo ifloslanishiga tashqi havoga chiqariladigan gazlar va avtoulov shinalari (shu jumladan mikroplastmassalar) kiradi. Maʼlumotlarga koʻra, avtoulov „AQSh havo ifloslanishining taxminan uchdan bir qismiga sabab boʻladi“ Nazorat ostidagi yoqishdan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi va oʻrmonlarni boshqarish strategiyalari. Amazonka kabi oʻrmonlarda koʻp miqdorda kesish va yoqish kabi amaliyotlar o'rmonlarning kesilishi bilan havoning katta ifloslanishiga olib keladi. Nazorat ostida yoki belgilangan yondirish – bu oʻrmonlarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi, dashtlarni tiklash va issiqxona gazlarini kamaytirishda qoʻllaniladigan amaliyotdir. Oʻrmonchilar boshqariladigan olovdan vosita sifatida foydalanishlari mumkin, chunki yongʻin oʻrmon va oʻtloq ekologiyasining tabiiy xususiyatidir. Nazorat ostida yonish baʼzi kerakli oʻrmon daraxtlarining oʻsishini koʻpaytiradi, natijada oʻrmon yangilanadi.
Yonishdan tashqari jarayonlarning boshqa omillar ham mavjud:
Boʻyoq, soch purkagich, lak, aerozol purkagich va boshqa erituvchilarning bugʻlari. 2010-yillarda Los-Anjeles havzasidagi organik birikmalar ifloslanishining deyarli yarmini ushbu omillardan hosil boʻluvchi chiqindilar tashkil etgani taxmin qilingan. Chiqindilarni poligonlarga joylashtirish metan hosil qiladi. Yadro qurollari, zaharli gazlar, mikroblar va raketa qurollari harbiy resurslarga misoldir. Qishloq xoʻjaligi chiqindilari va goʻsht yetishtirish yoki chorvachilikdan chiqadigan chiqindilar havoning ifloslanishiga katta hissa qoʻshadi. Urugʻlangan qishloq xoʻjaligi yerlari azot oksidlarining asosiy manbai boʻlishi mumkin. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d9/Dust_Storm_Texas_1935.jpg/220px-Dust_Storm_Texas_1935.jpg|thumb| 1935-yilda Stratfordga (Texas) yaqinlashib kelayotgan chang boʻroni
Tabiiy omillar Chang, odatda oʻsimliklari kam boʻlgan yoki oʻsimliksiz katta hududlar Hayvonlar, masalan, qoramollar tomonidan oziq-ovqat hazm qilish natijasida chiqariladigan metan Yer qobigʻidagi radioaktiv parchalanishdan kelib chiqqan radon gazi. Radon rangsiz, hidsiz, tabiiy ravishda paydo boʻluvchi, radiyning parchalanishidan hosil boʻladigan radioaktiv asil gazdir. Bu sogʻliq uchun xavfli deb hisoblanadi. Tabiiy manbalardan olingan radon gazi binolarda, ayniqsa podval kabi yopiq joylarda toʻplanishi mumkin va bu oʻpka saratonining sigareta chekishdan keyin ikkinchi eng koʻp uchraydigan sababidir. Oʻrmon yongʻinlaridan chiquvchi tutun va uglerod oksidi. Faol oʻrmon yongʻinlari davrida biomassaning nazoratsiz yonishi natijasida hosil boʻlgan tutun kontsentratsiyasi boʻyicha barcha havo ifloslanishining deyarli 75 % ni tashkil qilishi mumkin. Baʼzi hududlarda oʻsimliklar issiq kunlarda ekologik jihatdan muhim miqdorda uchuvchi organik birikmalar (inglizcha: votalitate organic compounds (VOC)) chiqaradi. Ushbu VOClar asosiy antropogen ifloslantiruvchi moddalar bilan reaksiyaga kirishadi- xususan, NOx, SO2 va antropogen organik uglerod birikmalari – ikkilamchi ifloslantiruvchi moddalarning mavsumiy tumanlarini hosil qiladi. Qora saqich, terak, eman va majnuntol koʻp miqdorda VOC hosil qilishi mumkin boʻlgan oʻsimliklarning baʼzi namunalaridir. Oltingugurt, xlor va kul zarralarini hosil qiluvchi vulqon faoliyati.
Emissiya omillari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a4/Beijing_smog_comparison_August_2005.png/450px-Beijing_smog_comparison_August_2005.png|thumb| Pekin havosi 2005-yilda yomgʻirdan keyin (chapda) va tutunli kunda (oʻngda) Atmosferani ifloslantiruvchi emissiya omillari – bu atrof-muhit havosiga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini ushbu ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishi bilan bogʻliq faoliyat orqali bogʻlashni maqsad qilgan reprezentativ qiymatlar. Ifloslovchining ogʻirligi, ifloslantiruvchi moddalarni hosil qiluvchi faoliyatning birlik ogʻirligiga, hajmiga, masofasiga yoki vaqtiga qarab boʻlinadi. Ushbu mezonlar turli xil ifloslanish omillaridan hosil boʻluvchi chiqindilarni baholashni osonlashtiradi.
Turg'un organik ifloslantiruvchi moddalar roʻyxatida 12 ta birikma mavjuddir. Dioksinlar va furanlar ulardan ikkitasi boʻlib, plastiklarning ochiq yonishi kabi organik moddalarning yoqilishi natijasida maqsadli yaratiladi. Bu birikmalar ham endokrin buzuvchidir va inson genlarini mutatsiyaga olib kelishi mumkin. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b7/Agbogbloshie%2C_Ghana_2019.jpg/263px-Agbogbloshie%2C_Ghana_2019.jpg|thumb|263x263px|Gananing Agbogbloshie shahrida mis kabi qimmatbaho metallarni ajratib olish maqsadida elektro-texnika buyumlarini ochiq xavoda yoqish orqali elektron chiqindilar qayta ishlanadi. Plastmassalarning ochiq xavoda yonishi dunyoning koʻp qismlarida keng tarqalgan boʻlib, bu asosan chiqindilarni qayta ishlash imkoniyati past boʻlgan davlatlarda amalga oshiriladi. Buning oqibatida ogʻir metallar va boshqa ifloslantiruvchi moddalar tuproqqa kirib, suv va havo ifloslanishini keltirib chiqarishi mumkin. Qo'shma Shtatlar atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi sanoat omillarining keng doirasi uchun havoni ifloslantiruvchi moddalar emissiyasi omillari toʻplamini nashr etgan.
Ifloslantiruvchilar